8-Mavzu: Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi


Yangi o‘quv materialini mustahkamlash


Download 192.35 Kb.
bet3/3
Sana09.10.2023
Hajmi192.35 Kb.
#1695874
1   2   3
Bog'liq
8-mavzu

Yangi o‘quv materialini mustahkamlash

(3-ilova)

Yangi o‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilarni o‘zlashtirishini tekshirish uchun savol-javob o‘tkaziladi

Mustahkamlash uchun savollar
1.Xitoy va Hindistonning so‘nggi yillarda iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlatlarga aylanishida qanday omillarning ahamiyati katta deb o‘ylaysiz? Ushbu davlatlar hozirgi vaqtda YIM hajmi bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlarda tursa ham iqtisodiy rivojlangan davlatlar guruhiga kiritilmasligiga sabab nima?
2 Quyidagi davlatlar nomini aniqlang va ular orasidan iqtisodiyoti eng qoloq agrar davlatlarni toping. Ushbu davlatlardan qaysilari iqtisodiy taraqqiyoti sustligiga tabiiy sharoiti va relyef tuzilishidagi murakkabliklar katta ta’sir ko‘rsatadi?

3.Nima uchun o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar xo‘jaligi asosan xomashyoni yetkazuvchi tarmoqlarga ixtisoslashgan? Sizningcha, xomashyo eksporti foydaliroqmi yoki ularni qayta ishlab, tayyor
mahsulotlarni sotishmi? Fikringizni misollar bilan tushuntiring.
4 Osiyoning turizm va xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan davlatlarini xaritadan ko‘rsating. Iqtisodiyotning juda tor ixtisoslashganligi qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin? Nima uchun so‘nggi yillarda turizm eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan biri bo‘ldi?
(4-ilova)
Baholash mezoni

Berilgan savollarga to‘liq javob bersa, mavzu bilan bog‘liq hayotiy misollar keltirsa

“5”

Berilgan savollarga javob bera olsa

“4”

Berilgan savollarga qoniqarli javob bersa

“3”

Berilgan savollarga javob bera olmasa

“2”

(5-ilova)
Uyga vazifa.Mavzuni o‘qib o‘rganib kelish
Download 192.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling