8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja


O‘zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish


Download 435.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana16.08.2023
Hajmi435.2 Kb.
#1667530
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Rej

O‘zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi 
va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga 
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish
O‘zbekistonining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr 
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” 
asarining “Xavfsizlikka tahdid” deb nomlangan birinchi qismida yangi asr 
bo‘sag‘asida halqaro vaziyat, kuchlar nisbatidagi tub o‘zgarishlar tahlil etilgan, 
umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlik masalalari, ularning o‘zaro bog‘liqligini


ko‘rsatib berilgan va har tomonlama teran ochib bergan. Ayni shu asarda uyushgan 
jinoyatchiliq mahalliychiliq qarindosh urug‘chiliq korruptsiyaning davlat va 
jamiyat, qo‘yinki insoniyat uchun ulkan xavf ekanligi dalillangan. 
Har bir davlat o‘z tarixida yangilanish yoki ijtimoiy sifat bosqichi 
o‘zgarayotganda, siyosiy – iqtisodiy jihatdan “o‘tish davri” bosqichida afsuski, 
qator jinoiy illatlar, korruptsiya va uyushgan jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa 
bilan birga yuz bergan. SHu bilan birga, jinoyatchilikning o‘sishi nafaqat islohotlar 
yo‘liga jiddiy to‘siq, bilki o‘tish davrida belgilangan maqsadlariga erishishga ham 
qarshi bevosita tahdid tug‘dirishi o‘zining isbotini topgan.
Darhaqiqat, O‘zbekiston tarixida yangi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar davri 
boshlandi. Va o‘z-o‘zidan aniqki bu o‘zgarishlar osonlik bilan bormaydi, ichki va 
tashqi g‘ayrli kuchlar yangilanishlarga yo‘l qo‘ymasligi tabiiy. Bunday jarayonda 
hushyorlik muhim bo‘lsada, aksariyat davlatlarda korruptsiya vujudga kelib, eng 
avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishni 
boshlaydi. Bu esa jinoyatchilik va korruptsiyaning jamiyatga yetkazadigan zararini 
xavfsizlik va barqarorlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid sifatida baholash imkonini 
beradi. Ayniqsa, davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo‘g‘inlari va turli 
darajalari vakillari ham uning yo‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushganini sezmay 
qoladi. Korruptsiya domiga ilingan mansabdorlar shaxsiy boylik orttirish 
maqsadlarini va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini davlat va umummilliy 
manfaatlardan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga 
hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish korruptsiyaga 
qarshi kurashishning asosiy choralari bo‘lmish huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya 
tizimini takomillashtirishni, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar tomonidan qonun va huquqqa bo‘lgan ijobiy munosabatga yetishish
aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy 
faolligini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev o‘z 
ma’ruzalarida davlat ishida faoliyat olib boruvchi har bir rahbarining lavozim 
doirasidagi burchini xis etgani holda quyidagi muhim vazifalarni ta’kidlab: 
“Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu 
Bosh vazir yoki uning o‘rinbosalari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar 
hokimi bo‘ladimi ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak” degan 
edi 
Korruptsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor 
shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan 
o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid 


ravishda foydalanishini anglatadi. SHuningdek korruptsiya bilan bog‘liq 
vakolat, imkoniyatlar, shaxsiy manfaatlar uchun urinishlar, qonun va va ahloqiy 
printsplarga zid bo‘lgan xatta-harakatlar yig‘indisini ham qamrab oladi . 
Korruptsiyaning tizimli tabiati shundaki, u mamlakatning muhim sohasi bo‘lgan 
iqtisodiyotga va uning rivojiga to‘sqinlik qiladi, halq ruhiyatida davlat 
idoralariga nisbatan ishonchsizlik xissini orttiradi. 
Transparency International, Jahon banki va boshqa halqaro tashkilotlar 
korruptsiyani shaxsiy manfaatlar uchun ishonchli hokimiyatni suiistemol qilish 
deb tushunadilar. Bu siyosiy jarayonlarda yirik monopoliyalarning byurokratik 
apparatiga qarata ishlatilishi mumkin. Korruptsiya dunyoning barcha 
davlatlarida jinoyat sifatida qonunchilikda huquqqa qarshi xati-harakat sifatida 
qaraladi. Siyosiy va iqtisodiy tadqiqotlar natijalariga e’tibor qaratsaq 
davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga korruptsiya ulkan to‘siq 
ekanligini tasdiqlaydi.
Mamlakatimiz hukumati yirik bir siyosiy tashkilot sifatida jamoatchilik 
organlari bilan hamkorlik qilar ekan, avvalo inson va uning manfaatlarini ustun 
qo‘yadi. Bu yo‘lda tushuntirish, targ‘ibot usullarini jadallashtirib, davlat 
idoralarining 
faoliyatini 
ochiqligi 
va 
shaffofligi 
ta’minlashning aniq 
mexanizmlarini yaratib bormoqda. SHu maqsadda davlatimizda bir qancha qonun 
hujjatlari ishlab chiqilgan. Jumladan, O‘zbekiston o‘zining taraqqiyot dasturida 
2014 yil 18 iyunda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik” to‘g‘risidagi Qonunning 4-
moddasida ijtimoiy sheriklikning printsiplari bayon etilgan bo‘lib, unda ijtimoiy 
sheriklikning asoiy printsplari etib, qonunga bo‘ysunish, teng huquqliliq ochiqlik 
va shaffofliq hammabopliq mustaqilliq xolisliq o‘zaro hurmat, manfaatlarning 
inobatga olinishi va ma’suliyat, majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi kabilar 
belgilab berilgan. 
2017 yil 17 yanvarda mamlakatimizda “Korruptsiyaga qarshi kurash 
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, unda korruptsiyaga qarshi kurashishning eng 
maqbul usullari tartibga solingan. Ularga qonuniyliq fuqarolar huquqlari, 
erkinliklari va va qonuniy manfaatlarining ustivorligi, ochiqlik va shaffofliq 
tizimliliq davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korruptsiyani oldini olishga 
doir chora tadbirlar ustivorligi hamda javobgarlikning muqarraligi kabi 
tushunchalar kiritilgan. Bugun yurtimizda ham asosiy maqsad davlatda adolat, 
tengliq qonunning ustuvorligiga erishish yo‘lida tegishli chora tadbirlar amalda 
qo‘llanilmoqda. Korruptsiyaga qarshi kurashda avvalo, hukumat idoralari 
xodimlari, ishchi va xizmatchilari shaxsiy na’muna ko‘rsatmas ekan, qonunlar o‘z 
ijrosini ta’minlay olmaydi va u hech kimga foyda bermaydi deb o‘ylaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-35 moddalarida mamlakat 
hayotida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish va har bir shaxs 


bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, 
muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat 
qilish huquqilari belgilab berilgan. 
O‘zbekiston antikorruptsion siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, 
korruptsiyani oldini olish uchun instituttsional bazani mustahkamlash maqsadida 
muhim bo‘lgan qadamlarni tashladi. Ushbu choralarni amalga oshirish natijasida 
mamlakatimizda qonuniylik va huquqiy tartibot ishlari mutloq ta’min etildi, 
davlat xizmati organlarining faoliyati ochiqligi va shaffofligiga erishish uchun 
jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xalq orasida korruptsiyaga nisbatan murosasiz 
madaniyat shakllandi, eng muhimi odamlarning davlat idoralariga nisbatan 
ishonchi mustahkamlandi. 

Download 435.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling