8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja
Download 435.2 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Rej
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Konstituttsiyaning 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida jamoatchik nazoratini, avvalo, huquqni muhofaza qilivchi va nazorat idoralari, moliya, banq ta’lim, sog‘liqni saqlash, komunal ho‘jaliq energetika va trasport sohalarida joriy etilishining zarurligini aytib o‘tdi. SHuningdek ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali mansabdor shaxslarning o‘z ishini qonuniy asosda to‘g‘ri tashkil etish va davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka to‘liq va tezkor yetkazish maqsadida ularning har birida matbuot hizmatining tashkil etilishi aytib o‘tildi. “Jamoatchilik nazorati – bu faqatgini davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o‘zini-o‘zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhum omillaridan biri” ekanligini ta’kidladi. SHuningdek ommaviy axborot vositalarning ish faoliyatidagi ochiqlik hamda tsenzurasiz faoliyat davlatimiz konstituttsiyasida ham mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu huquq o‘z navbatida Respublikadagi barcha axborot va davlat faoliyatining bevosita halq oldida ochiq va oshkora xisobot berishlari, halq muhokamasiga qo‘yish imkonini beradi. Davlat idoralari endigi navbatda halqga va halq manfaatlariga hizmat qilishi, demokratik tamoyillarning ustuvorligi va fuqarolik jamiyatining asosiy shartlari bajarilayotganligidan dalolat beradi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb e’lon qilingan 2017 yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘” degan g‘oya asosida amalga oshirildi va bu jarayon davom ettirilib borilmoqda. Mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlash, huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar negizida yutuq va kamchiliklar ochiq aytilib, unda hokimiyat tizimida mutlaqo yangi tizim joriy etildi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, joylarda Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Ushbu tuzilmalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalq bilan hamkorlik qilishi, aholining eng dolzarb muammolarini hal etilishi va jamoatchilik nazorati institutlarining jadallashuviga olib keldi. Davlat idoralari ochiqligi va shaffofligi, OAVning keng tarmoqlardagi faoliyati va mamlakatimizdagi tub islohotlarni amalga oshirilishiga sabab bo‘ladi, avvalo, yurt ravnaqi, rivoji uchun hizmat qiladi. Mansabdor shaxslarning o‘z lavozimidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishga imkon bermaydi. SHaxsiy daxlsizliq huquqiy savodxonliq davlat idoralari mansabdor shaxslarining o‘z ishiga mas’uliyati ortadi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi” Qonunda ko‘rsatilganidek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy printsplariga davlat idoralari tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hamma foydalanishi mumkinligi belgilab o‘tilgan. Ushbu qonunda axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchliligi, faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi kafolatlangan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etishda avvalo, fuqarolarning o‘z sha’ni va qadr-qimmatini tajovuzlardan, o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo‘lgan huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek fuqarolar, yuridik shaxslarning o‘z ishchanlik obro‘sini himoya qilishga bo‘lgan huquqlariga rioya etish kabi muhim vazifalar belgilandi va tizimli amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu qonuning 7-moddasida davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi ekanligi hamda u ba’zi huquqlarga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Ushbu huquqlarga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli axborotni olish va tarqatish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishni rad etish yoki axborotdan foydalanuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishi ko‘rsatib o‘tilgan. SHuningdek ushbu Qonunning 12-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari, rasmiy veb- saytlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari amalga oshirishi belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning strategik salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 9 apreldagi qarori bilan axborotlarning umumfoydalanish uchun ochiqlik holati, ochiq ma’lumotlarning oshkoralik va sifat darajasi, ularni fuqarolarga va jahon hamjamiyatiga yetkazishning amaldagi mexanizmlari qabul qilingan xalqaro talablarga to‘liq javob bermaydi va natijada mamlakatimizning statistika salohiyati indeksidagi o‘rni pastligicha qolmoqda. “Elektron hukumat” Portalini rivojlantirish uchun davlat statistika Qo‘mitasiga bir qator huquqlar berildi. Portalni takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi, ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini tuzish, ustuvor xalqaro ma’lumotlar bazalarini o‘rganib chiqishga mas’ul vazirlik va idoralar ro‘yxati, ma’lumotlarning ochiqlik holatini o‘rganish, “Ochiq ma’lumotlar indeksi” va «Ochiq ma’lumotlar barometri” talablariga muvofiqligi, tegishli indikatorlarni joylashtirish bo‘yicha vazirlik va idoralar ro‘yxati, Statistika salohiyati indeksida mamlakat o‘rnini yaxshilashga oid “Yo‘l xaritasi”, Jahon bankining statistika salohiyati indeksida mamlakat reytingini yaxshilashning maqsadli ko‘rsatkichlari, Xalqaro byudjet hamjamiyatining Byudjet ochiqligi indeksida 2020 yildan boshlab Respublikamizning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, 2020-2021 yillarda Davlat statistika qo‘mitasida yangilanishi lozim bo‘lgan axborot-kommunikatsiya tizimlari uskunalari ro‘yxati ushbu qaror asosida tasdiqlandi. Portalda e’lon qilinadigan axborotlarning to‘liqligi, ishonchliligi, o‘z vaqtida shakllantirilishi, mamlakatimizga oid axborotlarning oshkoraligi va foydalanish erkinligi, axborotni shakllantirishda xalqaro metodologik standartlarga javob berish, tavsiyalarni o‘rganish va amalda qo‘llashda, Portalda e’lon qilinadigan ro‘yxatni muntazam yangilab turishda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining vazifalari belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida “Korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi”, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” kabilardir. Adliya organlari rahbarlarining korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida tizimli ravishda fuqarolar va tadbirkorlar bilan sayyor tarzdagi uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Korruptsiya holati ko‘p sodir etilishi mumkin bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, notarial idoralar faoliyatida korruptsiya va huquqbuzarliklarni sodir etilishining oldini olish hamda sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida alohida choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasida korruptsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalar: soliq, sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi, davlat xaridlarini amalga oshirish, yerdan foydalanish, paxta va don konlari ajartib olinib ular faoliyati tizimli ravishda kuzatib, taxlil etilib borilmoqda va bu tadbirlar o‘z natijasini berdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling