8-mavzu: O‘zbekiston respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzining ortib borishi. Reja: Xalqaro reyting va indekslar tizimining mamlakat istiqbolida tutgan о‘rni
Download 52.58 Kb.
|
8-mavzu. Ўзбекистон рейтинги (2)
Iqtisodiy erkinlik ko‘rsatkichi:
O‘zbekistonning iqtisodiy erkinligi 53,3 ballga teng bo‘lib, 2019-yilgi ko‘rsatkichga binoan 140-o‘rinda. Biznes erkinligi, mehnat erkinligi hamda investitsiya erkinligi yuqorilab, O‘zbekiston iqtisodiy erkinligi umumiy hisobda 1,8 ballga o‘sgan. O‘zbekiston Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 43 mamlakat orasida 36-o‘rinni egallab turibdi. Ammo uning umumiy reytingi mintaqaviy va jahon o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan past. So‘nggi 4 yil mobaynida mamlakat “Iqtisodiy erkinlik” indeksia 52, “Logistika samaradorligi” indeksida 19, “Doing Business” indeksida 18 pog‘onaga, IHTTning “Mamlakatlarga xatarlarni tasniflash” tizimida 6-guruxdan 5-guruxga ko‘tarildi. Inson taraqqiyoti indeksi: O‘zbekistonning Inson taraqqiyoti indeksi qiymati 2017-yil uchun 0,710 ni tashkil etdi. Bu mamlakat inson taraqqiyotining yuqori toifasiga kirib, 189 ta mamlakat va hudud ichida 105-o‘rinnni band etdi deganidir. 2000-2007-yillar oralig‘ida O‘zbekistonning inson taraqqiyoti indeksi qiymati 19,3 foizga oshgan xolda 0,595 dan 0,710 ga ko‘tarildi. Shu o‘rinda reyting nima uchun kerak? degan tabiiy savol tug‘iladi. Reyting turlicha bo‘lishi mumkin. Biznes reytingi, investitsiyaviy jozibadorlik reytingi va boshqalar. Har qanday davlat reytinglarda ishtirok etsa, va u yuqori o‘rinda bo‘lsa, bu ushbu davlatning ochiqligi, shaffofligi hamda iqtisodiy salohiyatini namoyon etadi. Shu ma’noda iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash uchun keng ko‘lamli islohotlar olib borayotgan va rivojlanish pallasida bo‘lgan davlatlar albatta, reytinglarda munosib o‘rinlarni egallashga intilishlari tabiiy. Bugun O‘zbekiston ochiqlik siyosatini olib borishi natijasida xalqaro maydonda o‘z obro‘-e’tiborini mustahkamlab bormoqda. Bu avvalo, qo‘shni davlatlar bilan va nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyati, shuningdek, davlat organlarining xalq manfaatlarini to‘la ifoda etishiga qaratilayotgan e’tiborning samarasidir. 2019-yilda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining (YUNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bо‘yicha hisoboti chop etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-о‘rinni, MDHga a’zo davlatlar orasida 5-о‘rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-о‘rinni egalladi. Iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy о‘sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020-yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-о‘rindan 69-о‘ringa kо‘tarilishimizga, “Transparency International”ning Korrupsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz о‘rni yaxshilanishiga olib keldi. Yutuqlar bilan birga bugungi kunda sohada bartaraf etilishi lozim bо‘lgan yо‘nalishlar ham bor. Xususan, siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz о‘rinlari nisbatan quyi pog‘onalarda. Masalan, Sо‘z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-о‘rinda, Normativ sifat indeksida 184-о‘rinda, Korrupsiyani nazorat qilish indeksida 183-о‘rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-о‘rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-о‘rinda turibmiz. 2017-2019-yillarda ushbu sohalarni tartibga soluvchi kо‘plab qonun hujjatlari qabul qilindi, turli institusional о‘zgarishlar rо‘y berdi. Xususan, mamlakatimizda sо‘z erkinligi hamda ommaviy axborot vositalarining cheklov va tо‘siqlarsiz faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalari uchun media bozorida teng sharoit yaratish va ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida Milliy mass-mediani qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etildi. “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etildi. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini yurituvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzildi. 2022-yil 14-aprel kuni Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston 2021-yilda e’lon qilingan va o‘zi uchun ustuvor deb bilgan jami 19 ta xalqaro reytingdan 11 tasida o‘z pozitsiyasini yaxshiladi. Xususan, global innovatsiyalar indeksida O‘zbekiston 2021-yilda 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 132 ta davlat orasida 86-o‘rinni egalladi va eng tez yuqorilagan mamlakatlar top-10 taligiga kirdi. Transparency International xalqaro tashkilotining 2021-yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston o‘z o‘rnini 6 pog‘ona yaxshilab, 180 ta davlat ichida 140-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston uchun ustuvor reyting hisoblanmagan, BMT Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining 2021-yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston keng polosali internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik foydalanish ko‘rsatkichini bajargan holda 4 ta yangi ishtirokchi (mamlakat) qatoridan joy olgan. Oliy Majlis Senati raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi raisi T. Norboyevaning qayd qilishicha, “Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi”ning 2021-yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan reytingda O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini 5 pog‘onaga yaxshilab, 150-o‘rinni egallagan. Yana bir e’tiborli jihat shundaki, Jahon banki tomonidan yuritiladigan Boshqaruv sifati indikatorlarining 2 tasida mamlakatimizning o‘rni yaxshilangan bo‘lsa, 2 tasida pasaygan. Ya’ni, O‘zbekiston “Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik” hamda “Huquq ustuvorligi” indikatorlarida mamlakatimiz o‘z pozitsiyasini yaxshilay olmagan. Shuningdek, yig‘ilishda xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlariga (KPI) erishishdagi mavjud muammolar ham sanab o‘tildi. Xususan, “Meros” jamg‘armasining Iqtisodiy erkinlik indeksida O‘zbekistonning o‘rni pasaygan. “O‘zbekiston 177 ta davlat orasida 117-o‘rinni egallab, 2021-yilga nisbatan 9 pog‘onaga pasaygan va mamlakatimiz iqtisodiyoti “asosan erkin bo‘lmagan mamlakatlar” guruhida qolgan. Indeksning “Erkin savdo” ko‘rsatkichida O‘zbekistonning o‘rni rekord darajada yaxshilangandi: 2021-yildagi 163 ta o‘rindan 67-o‘ringa ko‘tarildi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, investitsiya, moliyaviy erkinlik va monetar erkinlik ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish qayd etildi”, – deb ta’kidlab o‘tdi Tanzila Norboyeva. O‘zbekiston indeksning ayrim ko‘rsatkichlarida samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI)ga erisha olmagan. “Eng yomon ko‘rsatkich Oliy sud mas’ul bo‘lgan “Sud faoliyati samaradorligi” yo‘nalishi bo‘ldi. Amaldagi 50,8 balldan 13,1 ballga (-37,7) pastlagan. Moliya vazirligi mas’ul bo‘lgan “Soliq yuki” va “Fiskal salomatlik” ko‘rsatkichlarida ham ballarimiz pasayganligi hisobiga KPIga erishilmadi. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi mas’ul bo‘lgan “Biznes erkinligi” ko‘rsatkichida mamlakatimiz o‘rni 14,4 ballga pasayib, KPI ga erishilmadi. Bandlik vazirligi mas’ul bo‘lgan “Mehnat bozori erkinligi” indeksida ham KPI ga erisha olmadik. Yuqoridagi statistik ma’lumotlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, davlat imidjini xalqaro darajada oshirishga bel bog‘lagan va xalq taqdirini o‘ylagan liderlarimizning o‘z salohiyatlarini namoyon etish fursati keldi. 2022-2026-yillarda mamlakatimizning xalqaro reyting agentliklaridagi pozitsiyalarini yaxshilash borasida ishlarning yangi va samarali vositalarini qo‘llash lozimligini ko‘rsatadi. Bu esa, jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuv jarayonlarida muhim omil hisoblanadi. Download 52.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling