8-mavzu: O‘zbekiston respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzining ortib borishi. Reja: Xalqaro reyting va indekslar tizimining mamlakat istiqbolida tutgan о‘rni


Download 52.58 Kb.
bet1/4
Sana06.04.2023
Hajmi52.58 Kb.
#1334304
  1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu. Ўзбекистон рейтинги (2)


8-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI O‘RNI VA NUFUZINING ORTIB BORISHI.


Reja:
1. Xalqaro reyting va indekslar tizimining mamlakat istiqbolida tutgan о‘rni.
2. О‘zbekiston Respublikasida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimining yо‘lga qо‘yilishi.
3. О‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi mavqeining о‘sish suratlari.


1. Xalqaro reyting va indekslar tizimining mamlakat istiqbolida tutgan о‘rni.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan uzoq istiqbolni kо‘zlovchi pragmatik siyosat natijasida keyingi qisqa davr mobaynida mamlakatimizning xalqaro maydondagi obrо‘-e’tibori ancha mustahkamlandi. Dadil islohotlar, kreativ yondashuvlar, kutilmagan qarorlar va shiddatli odimlar tufayli О‘zbekistonning tashqi siyosati jahon hamjamiyatining e’tirofiga sazovor bо‘ldi. Xorijiy davlatlar bilan о‘zaro manfaatli aloqalarimiz keskin kengayib, yurtimizning dunyo miqyosidagi ijobiy imiji shakllandi.
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash nima uchun kerak? Ta’kidlash joizki, xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institusional muhitning sifatini baholash – iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida dunyoda umum qabul qilingan vosita hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar hukumatlari, xorijiy investorlar va keng xalqaro jamoatchilik u yoki bu davlat haqidagi ma’lumotlarni xalqaro reyting va indekslardan oladi. Ushbu davlat bilan hamkorlik qilish, investitsiya kiritishdan avval ushbu davlatning turli reyting va indekslardagi о‘rni bu indekslarning aniq indikatorlaridan kelib chiqib batafsil о‘rganiladi. Shu bilan birga xalqaro reyting va indekslardagi davlatning о‘rni uning xalqaro obrо‘-e’tiboriga ham ta’sir qiladi.
Bugungi kunda xorijiy reytinglar xalqaro iqtisodiy munosabatlar darajasiga bevosita ta’sir kо‘rsatuvchi yetakchi omillardan biri ekanligi hech kimga sir emas. Mustaqil ekspertlar xulosasi sifatida xalqaro reytinglar mamlakatlarning xalqaro imijiga, ularga kirib kelayotgan investitsiyalar miqdoriga jiddiy ta’sir kо‘rsatadi. Shu bois, rivojlanib borayotgan va о‘z iqtisodiyotiga investitsiyalarni keng jalb qilishdan manfaatdor bо‘lgan davlatlar ushbu reytinglarga kirish va о‘z о‘rnini bosqichma-bosqich kо‘tarib borishga alohida urg‘u bermoqda. Sо‘nggi paytda Sharqiy Yevropa hamda MDHga a’zo ayrim mamlakatlarda eng muhim xalqaro reytinglarga kirish va ularda yuqori darajaga kо‘tarilish yuzasidan maxsus dasturlar asosida ish olib borilayotgani fikrimiz tasdig‘idir.
Ma’lumki, har qanday chet ellik investor xulosa chiqarganda о‘zi qiziqayotgan davlatdagi mavjud iqtisodiy holat tо‘g‘risida obyektiv, mustaqil baho beruvchi omillarga ham e’tibor qaratadi. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, unga birgina xalqaro reyting kо‘rsatkichi kamlik qiladi. Sarmoyadorga, shuningdek, mahalliy indikatorlar ta’siri ham sezilmog‘i kerak. О‘z navbatida xalqaro reytinglarni belgilab beruvchi xalqaro agentliklar iqtisodiy va moliyaviy kо‘rsatkichlarni baholashda turli xil usullardan foydalanadilar. Usullarning turliligi sababli investorlar о‘z tahlillarida faqatgina bitta reyting agentligining ma’lumotlariga tayanib qolmaydi, balki bir qator reyting kо‘rsatkichlarini kompleks tahlil qilishga harakat qiladilar.
Soha vakillarining ma’lumotlariga kо‘ra, hozir jahonda 160 dan ortiq xalqaro reytinglar mavjud bо‘lib, ulardan 50 ga yaqini ta’sir doirasi yuqori reytinglar sanaladi. Masalan, raqobatbardoshlik, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini baholab borish bо‘yicha, global raqobatbardoshlik indeksi, biznesni yuritish yengilligi indeksi, sanoat raqobatdoshligi indeksi, global innovatsion indeksi, inson salohiyati rivojlanishi indeksi, transchegaraviy investitsiyalash indikatorlari, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish indeksi, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlik indeksi kabilar shular jumlasidandir.
Ana shu reytinglarda munosib o’rin egallash Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning pirovard maqsadi hisoblanadi.



Download 52.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling