8-mavzu: O‘zbekiston respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzining ortib borishi. Reja: Xalqaro reyting va indekslar tizimining mamlakat istiqbolida tutgan о‘rni


Download 52.58 Kb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi52.58 Kb.
#1334304
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu. Ўзбекистон рейтинги (2)

2. О‘zbekiston Respublikasida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimining yо‘lga qо‘yilishi.
Mamlakatimizda iqtisodiy о‘sishning ishonchli bazasini yaratish va aholi farovonligini oshirish biz uchun, hozirgi kundagi jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy jarayonlar fonida, ayniqsa, dolzarb ahamiyatga ega. Binobarin, investitsiyalar oqimini sezilarli darajada oshirish, institusional va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasidagi muammolarni hal qilishning samarali usullaridan biri bu yurtimizning umume’tirof etilgan xalqaro reytinglarda faol ishtirokini ta’minlash va ushbu tadqiqotlarda muayyan natijalarni qо‘lga kiritishdir. Bu, о‘z navbatida, nafaqat О‘zbekistonga bо‘lgan ishonchning ortishiga, balki dolzarb masalalarni aniq belgilab olib, eng maqbul xalqaro amaliyotga asoslangan biznes va innovatsion faoliyat sharoitlarini shakllantirish borasida ham muvaffaqiyat omili bо‘ladi.
Shuning uchun ham 2017-2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Harakatlar strategiyasida “О‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar tо‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish” nazarda tutildi. Prezidentimizning 2017-2022-yillarda Parlamentga yo’llagan Murojaatnomalarida ham ushbu masalaga bir necha bor muhim ustuvor yo’nalish sifatida e’tibor qaratildi.
Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 25-fevralda imzolangan “О‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi о‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qaror (PQ-4210) bu yо‘nalishdagi islohotlarning yana bir yangi bosqichini boshlab berdi.
Qarorga muvofiq, О‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi о‘rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimi yaratiladi. Milliy monitoring tizimini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida tadqiqot institutlariga xalqaro reytinglar biriktirilib, ular zimmasiga xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, О‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi past kо‘rsatkichlariga sabab bо‘layotgan asosiy omillarni aniqlash vazifasi yuklatildi.
2019-yil internet tarmog‘ida “О‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushirildi. Mazkur portalda xalqaro reytinglar bо‘yicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni о‘rganish va e’lon qilish muddatlarini kо‘rsatgan holda tegishli yо‘nalishlar bо‘yicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari yoritib boriladi. О‘z navbatida, О‘zbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan reytinglar metodologiyasi tasdiqlanib, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi о‘rnini, shu jumladan, tadqiqot institutlarining ma’lumotlari va о‘rganish natijalarini hisobga olgan holda yaxshilash bо‘yicha har yili “Yо‘l xaritalari” ishlab chiqish tizimi yо‘lga qо‘yildi.
Ushbu Qaror ijrosini ta’minlashda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ham faol ishtirok etmoqda. Markazning dasturiy maqsad-vazifalaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizning jahon reytinglaridagi rivojlanish jarayoni tо‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yо‘nalishlar bо‘yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini о‘z ichiga olgan axborot-ma’lumotlar bazasini yaratish, ustuvor xalqaro reytinglardagi о‘rnimizni yaxshilashga tо‘sqinlik qilayotgan mavjud muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish bu yо‘nalishda ustuvor vazifalar hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik о‘rnatish va konstruktiv muloqotni yо‘lga qо‘yish, tegishli tarmoqlardagi muammolarni aniqlash va ahvolni о‘rganish uchun ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazish, keng kо‘lamli islohotlarni amalga oshirish doirasida turli sohalarda yuz berayotgan tub о‘zgarishlar tо‘g‘risida jamoatchilik va xalqaro reyting agentliklarini xabardor qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda xalqaro reyting va indekslarda ildamlash maqsadida, ushbu reyting va indekslar doirasidagi indikatorlar bilan cheklanib qolmay, parallel ravishda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan barcha sohalardagi vazifalarni amalga oshirish bо‘yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorning rolini kuchaytirish, sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish va boshqa masalalarda qator chor-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq qilindi. Ayniqsa, kichik biznes subyektlarining muammolarini hal etishda sudlar tomonidan adolat о‘rnatish, iqtisodiy sudlar faoliyatini takomillashtirish, umuman, aholining sud-huquq tizimiga bо‘lgan ishonchini mustahkamlash davlat faoliyatida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Umuman 2017-2018-yillarda davlatimiz rahbarining sohaga oid о‘ndan ortiq muhim xalqaro tashabbusi tо‘liq amalga oshirildi. Masalan, AQSH Davlat departamenti О‘zbekistonni “Diniy erkinlikni tizimli, davomiy va jiddiy ravishda buzishda ishtirok etuvchi mamlakatlar rо‘yxatidan” chiqardi. 2018-yil oxirida BMT Bosh assambleyasining yalpi sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbusning dunyo hamjamiyati tomonidan qо‘llab-quvvatlanganligining yaqqol isbotidir.
О‘zbekiston 2022-yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga intilmoqda. Bu maqsad Prezidentimizning 2018-yil 13-iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida О‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarorida о‘z ifodasini topgan.
Isloxotlar davomi sifatida 2019-yilning 2-iyunida “О‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi о‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish tо‘g‘risida”gi 6003-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bо‘yicha respublika kengashi tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub о‘zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning о‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash Kengash vazifalaridan etib belgilandi. Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilandi.
Farmon bilan shuningdek, О‘zbekiston uchun ustuvor bо‘lgan xalqaro reyting va indekslar bо‘yicha samaradorlikning eng muhim kо‘rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi. Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.
Ushbu yo’nalishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yо‘lga qо‘yildi.
Davlatimiz rahbarining 2020-yil 2-iyunda e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi Farmon (PF-6003) ana shu say-harakatlarni yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Farmon asosida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilib, davlat organlarining birinchi rahbarlari (vazirlar, davlat qo‘mitalari va agentliklar direktorlari) ushbu kengashning a’zolari sifatida kiritildi. Shuningdek, mazkur hujjat bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etildi.
2022-yil 18-mayda “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-246) qabul qilindi. Unda ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bо‘yicha о‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish rejasi tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra 2022-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida davlat organlarining boshqaruv kadrlari uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari joriy etildi. Bunda davlat xizmatini rivojlantirish agentligi har yili 1-yanvarga qadar ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida baholanadigan sohalar bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etadigan davlat xizmatchilari kontingentini Akademiyaga taqdim etish tartibi belgilandi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish modellarini ishlab chiqish, dunyoning yetakchi xalqaro tahlil va ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash orqali О‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada yuksaltirish dolzarb masaladir. Bu borada samarali va keng kо‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlarini yо‘lga qо‘yish, milliy turistik brendni yaratish, xorijiy nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari bilan о‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish, xalqaro tashkilotlar vakillarini yurtimizga taklif qilish va ularni yuz berayotgan о‘zgarishlar bilan tanishtirish kabi jihatlar alohida о‘rin tutadi. Zero, О‘zbekistonni dunyoga kо‘rsatish, xalqaro reytinglar va indekslardagi о‘rnini yuksaltirish faqat va faqat xalqimiz farovonligi, mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti hamda davlatimiz kuch-qudratining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.



Download 52.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling