8-mavzu: O‘zbekiston respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzining ortib borishi. Reja: Xalqaro reyting va indekslar tizimining mamlakat istiqbolida tutgan о‘rni


Download 52.58 Kb.
bet3/4
Sana06.04.2023
Hajmi52.58 Kb.
#1334304
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu. Ўзбекистон рейтинги (2)

3. О‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi mavqeining о‘sish suratlari.
Keyingi yillarda mamlakatimiz kо‘pgina ustuvor reytinglarda yuqorilab borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni ta’minlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir.
Jahon miqyosidagi xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy reytinglar orasida, birinchi navbatda, Jahon bankining “Biznes yuritish” reyting turadi. “Biznes yuritish” reytingi hisoboti Jahon bankining har yili о‘tkazadigan tadqiqotlari natijasi hisoblanib, unga kо‘ra, 190 mamlakatda 10 kо‘rsatkich bо‘yicha biznes yuritish qulayligi baholanadi. Hisobot kichik va о‘rta biznesning hayotiy faoliyati davomida uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni baholashga, amaliyotda qо‘llash tartibiga yо‘naltirilgan. Ushbu hisobot Jahon banki tomonidan 2003-yildan beri tayyorlanib kelinadi va har yili kuzda e’lon qilinadi.
Quvonarlisi shundaki, “Biznes yuritish” reytingida О‘zbekiston jahonning 190 mamlakati orasida 2012-yildagi 166-о‘rindan 2017-yilda 74-о‘ringa kо‘tarilib, biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish kо‘rsatkichi bо‘yicha islohotchi mamlakatlarning birinchi о‘ntaligidan joy oldi.
Biroq, shu kunga qadar bizda tegishli yо‘nalishlar bо‘yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi yaratilmagani sababli mamlakatimiz xalqaro reytinglarda pastki о‘rinlarni egallab kelayotganini ham yodda tutishimiz lozim.
Misol uchun, BMT tomonidan ishlab chiqilgan, inson salohiyatining asosiy xususiyatlari sifatida turmush darajasini, savodxonlikni, ta’limni va uzoq umr kо‘rishni о‘zaro taqqoslash va baholashni о‘z ichiga oluvchi Inson kamoloti indeksida О‘zbekiston 2018-yilda 189 davlat orasida 105-о‘ringa munosib topilgan. Vaholanki, bu hisobotda Rossiya Federatsiyasi – 49, Qozog‘iston – 59-pog‘onada turibdi. Yoki Meros jamg‘armasining Iqtisodiy erkinlik indeksi bо‘yicha 2016-yilgi hisobotida О‘zbekiston 178 davlat ichida 166-о‘rinni band qilib, erkin iqtisodiyotga ega bо‘lmagan davlat sifatida baholangan. Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida esa, О‘zbekiston mavjud emas.
Bu borada olib borilgan islohotlar natijasida 2017-2021-yillar mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga kо‘tarildi. О‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga kо‘tarildi.
2019-yil sentabr oyida Jahon Bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018-yil uchun e’lon qilingan hisobotida O‘zbekiston Respublikasining bir qator ko‘rsatkichlari yaxshilangani ma’lum bo‘ldi. Xususan, “Korrupsiyani nazorat qilish” indeksida 1 pog‘onaga, “Hukumat samaradorligi” indeksida 3 pog‘onaga, “Normativ sifat” indeksida 7 pog‘onaga, “Qonun ustuvorligi” indeksida 4 pog‘onaga, “So‘z erkinligi va hisobdorlik” indeksida 5 pog‘ona ko‘tarildi.
О‘tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020-yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi о‘rni sezilarli darajada о‘sdi. Jahon banki “Biznes yuritish 2020” yangi yillik hisobotida (Doing Business 2020) sо‘nggi bir yilda О‘zbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan tо‘rtta islohotni amalga oshirgani tо‘g‘risidagi axborotni tarqatdi.
2020-yilning 2-sentabrida Global innovatsiyalar indeksining 2020-yilgi hisoboti e’lon qilindi. Ushbu hisobotga kо‘ra, sо‘nggi yillarda statistik ma’lumotlarning ochiqligi va nashr etilishi uchun infratuzilmaning sezilarli yaxshilanishi tufayli 2016-yildan buyon О‘zbekiston birinchi marta indeksga kiritilgan. Respublika dunyoning 131 mamlakati orasida 93 ball bilan 24-о‘rinni egalladi. “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklarining bahosiga ko‘ra, 2019-yilda mamlakatimizning suveren kredit reytingi “BB-” barqaror darajada saqlanib qolayotganligi e’tirof etildi.
Jahon Bankining “Biznes yuritish 2020” yillik hisobotida (Doing Business 2020) O‘zbekiston biznes hisobotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishiga imkon bergan to‘rtta islohotni amalga oshirgani to‘g‘risida axborot tarqatildi. Shuningdek, 2019-yilda O‘zbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 ta mamlakati orasida 69-o‘rinni egallab, 7 pog‘onaga ko‘tarildi.
Dunyodagi Doing Business reytingi kichik va o‘rta biznesni yuritish osonligi darajasini ifodalaydi. Hozirgi paytda bunda jami 11 indikator baholanadi: yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, qurilishga oid ruxsatnomalar olish, elektroenergiyaga ulanish, mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kredit olish, investorlarni himoyalash, soliqlarni to‘lash, transchegaraviy savdo, shartnomallarga rioya qilish mexanizmlari, bankrotlik, shuningdek, mehnat bozorini tartibga solish osonligi.
Doing Business – mamlakatlar investitsiyaviy iqlim holatini tavsiflovchi eng ommaviy reytinglardan biri. 2019-yilda O‘zbekistonga 76-o‘rin berilgan edi. 2012-yilga taqqoslanganda O‘zbekiston 78-pozitsiyaga ko‘tarildi.

Download 52.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling