8-Mavzu: Pul bozorida muvozanat Reja


Pulga talabning klassik nazariyasi


Download 90.96 Kb.
bet2/5
Sana30.03.2023
Hajmi90.96 Kb.
#1310252
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-amaliyot (1)

8.2. Pulga talabning klassik nazariyasi.

Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo’lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi:


M · V = P · Y
Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi;
P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM.
V doimiy bo’lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo’ladi:
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
P · Y
M= -----------
V*
Muomaladagi pul massasining o’zgarishi, klassik nazariyaga ko’ra, Y sekin o’zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu holat “pulning neytralligi” nomini olgan.
Monetaristlar qoidasiga ko’ra hukumat pul massasining o’sish sur’atini, real YaMMning o’rtacha o’sish sur’ati darajasida ta’minlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo’ladi.
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi:
M=k×PY
Bu yerda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor.
k - koeffisiyentni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini ko’rsatadi.
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo’lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko’rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko’zda tutadi.
Pulga real talab quyidagi ko’rinishda hisoblanadi:
(M/P) D = k Y
Bu yerda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zahirasi” deb nomlanadi.


8.3. Pulga talabning keynscha nazariyasi.

Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd ko’rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko’rsatadi:



  1. transaksion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab);

  2. ehtiyotkorlik sababli (ko’zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda naqd pullarni saqlash);

  3. spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun pulga talab).

Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko’rsatadiki pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog’liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo’lda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo’lda ushlab turgan sharoitda yo’qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo’lda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi.


R

Md=f(R)
M/R



Download 90.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling