8-Mavzu: Pul bozorida muvozanat Reja
Download 90.96 Kb.
|
8-amaliyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.5. Pul taklifining kengaytirilgan modeli. Pul multiplikatori
- MB=C+R. Pul taklifining kengaytirilgan modelini quyidagicha yozish mumkin: Cr +1 Ms =------------- · MB yoki Ms = m · MB Cr + rr
- 8.6. Pul bozorida muvozanat
M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ; D - dastlabki depozit. Keltirilgan formuladan ko’rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffisentiga bog’liq bo’lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarining eng ko’p miqdorini bildiradi. 8.5. Pul taklifining kengaytirilgan modeli. Pul multiplikatori Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli hamda pulning bir qismini depozitlardan naqd pullarga oqib o’tishni hisobga olgan holda yoziladi. Bu model bir qator yangi o’zgaruvchilarni o’z ichiga oladi.Bular: - pul bazasi (rezerv pullar, yuqori quvvatli pullar) – bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saqlaydigan depozitlar summasi; - deponentlash koeffisiyenti - Cr = S/ D Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak, MB=C+R. Pul taklifining kengaytirilgan modelini quyidagicha yozish mumkin: Cr +1 Ms =------------- · MB yoki Ms = m · MB Cr + rr (Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so’mlik pul bazasi hisobiga necha so’mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko’rsatadi rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo’ljallanayotgan ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog’liq. Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog’liq ekan.Pul multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday o’zgarishini ko’rsatadi. 8.6. Pul bozorida muvozanat Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. 8.2.-chizma real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog’liq bo’lmagan vaziyatni ko’rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko’rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. Bu holat foiz stavkasi qanchalik o’zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o’zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi. Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to’g’ri chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proporsional egri chiziq ko’rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pulga talab va pul taklifi o’zaro teng, (8.3.-chizma). O’zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o’zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o’z aktivlari tarkibini o’zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib uni o’zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori bo’lsa, pul taklifi unga bo’lgan talabdan yuqori bo’ladi. Iqtisodiy agentlar o’zlarida to’planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aksiya va obligasiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi. R R Ms
Re
M*/P* M/P M*/P* M/P 8.2.-chizma. Real pul vositalari zahi- 8.3.-chizma. Pul bozorida muvozanat rasi taklifi grafigi modeli Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligasiyalar kursining pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligasiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o’sishini ko’zda tutib) sotib olish foydali bo’ladi. Banklar, Ms> Md bo’lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iqtisodiy agentlar o’z avtivlari tarkibini o’zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o’zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro’y beradi. R Ms2 Ms1 R Ms R2
R2 M2d(Y2) R1 R1 M1d(Y1) Md M*/P* M/P M*2/P* M*1/P* M/P 8.4-chizma. Daromadlar darajasining 8.5.- Pul taklifining kamayishi oshishi natijasida pulga natijasida pul bozorida muvo- talabning o’zgarishi. zanatning o’zgarishi. Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o’zgarib turishi pul bozorining ekzogen o’zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o’zgarishi natijasida ham ro’y beradi. Grafik ko’rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziqlarining siljishi sifatida namoyon bo’ladi (8.4. va 8.5. chizmalar). Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga qadar o’sishi pulga talabni M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga qadar ko’tarilishiga olib keladi.Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko’tarilishiga va muvozanat nuqtasining o’zgarishiga olib keladi. Pul bozorida muvozanatni o’rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli qog’ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir. Download 90.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling