8-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа intеgrаtsiya jаrаyonlаrining iqtisоdiy mоhiyati
-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа tаbiiy rеsurslаr vа ulаrdаn fоydаlаnish iqtisоdiy sаmаrаdоrligi
Download 29.52 Kb.
|
9-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа tаbiiy rеsurslаr vа ulаrdаn fоydаlаnish iqtisоdiy sаmаrаdоrligi.
Qishloq xo’jaligida yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi xo’jaliklarga berkitilgan yer resurslardan foydalanish samaradorligi sifatida ham, qishloqxo’jaligiga yaroqli yer va uning alohida turlari bo’yicha foydalanishning samaradorligi sifatida ham xarakterlaydigan ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanishi mumkin. Ko’rsatkichlarning bir qismi turli xil yer resurslari maydonlari hajmining miqdoriy o’zgarishlarini xarakterlaydi va ma’lum darajada ulardan foydalanishning ekstensiv xarakterini aks ettiradi, boshqa qismi yerdan foydalanishning intensiv darajasini xarakterlaydi, ya’ni 1 gektar maydon hisobiga to’g’ri kelgan u yoki bu ishlab chiqarish samarasini aks ettiradi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlardan foydalanish samaradorligini xarakterlaydigan ko’rsatkichlarga, shuningdek dehqonchilik, chorvachilik alohida mahsulotlarini ishlab chiqarishning, shuningdek tarmoqlar va butun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining rentabelligi ham kiradi. Taqqoslanadigan xo’jaliklarda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholashda qishloq xo’jaligiga yaroqli yer turlari (haydaladigan yer, pichanzor, yaylov) o’rtasidagi, ya’ni tuproq unumdorligi o’rtasidagi farqni hisobga olish zarur. Buning uchun yerni iqtisodiy baholash ballaridan foydalaniladi. Taqqoslama (kadastr) yer maydonidan olingan u yoki bu mahsulotni yoki hosildorlikni aniqlash uchun haqiqiy ko’rsatkichni 100 ga ko’paytirib va yer bahosi balliga bo’lish kerak. Masalan: 1 ga yerdan olingan g`alla hosildorligi 42 sentner bo’lib, shu yerning iqtisodiy bahosining balli 90 ga teng bo’lsa, u holda 1 gektar kadastr maydonidan olingan hosildorlik 46,7 (42x 100:90=46,7) sentnerni tashkil etadi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishning zaruriy sharti, hozirgi vaqtda ayni dolzarb masala bo’lgan, yer resurslaridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish hisoblanadi. Chunki hozirgi vaqtda respublikada ham, viloyatda ham asossiz ravishda qishloq xo’jaligidagi unumlm yerlar oborotdan chiqarilib, sanoat va grajdan qurilishiga, aholiga uy-joy qurish uchun berib yuborilmokda. Tuproq erroziyasi, yerdan xo’jasizlarcha foydalanish va boshqa omillar ham yerdan foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatmokda. Bozor munosabatlariga o’tish, yerga nisbatan davlat mulki monopoliyasini va markazlashtirishni bekor qilish, yer munosabatlarining bozor iqtisodiyoti tizimiga faol kirib borishini taqozo etadi. Yer resurslaridan yuqori, samarali foydalanish—qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini ko’paytirish va tuproq unumdorligini oshirish ta’siri ostida bo’ladi. Unga ko`ra tuman fermer xo`jaliklarida hosildorlik darajasi turli darajada o`zgargan. 2012-yilda bug`doyning hosildorligi 57,4 ts/gani tashkil etib, 2010-yilga nisbatan 13,2 tsentnerga oshgan. Download 29.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling