8-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа intеgrаtsiya jаrаyonlаrining iqtisоdiy mоhiyati


-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа yagоnа yer sоlig`ini bеlgilаsh vа uni to`lаsh tаrtibi


Download 29.52 Kb.
bet5/5
Sana22.03.2023
Hajmi29.52 Kb.
#1286112
1   2   3   4   5
12-mavzu. Qishlоq хo`jаligidа yagоnа yer sоlig`ini bеlgilаsh vа uni to`lаsh tаrtibi.
Qishloq xo'jaligi tovari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo'jaliklari va ta‘lim muassasalarining o'quv-tajriba xo'jaliklari yagona yer solig'ining to'lovchilari bo'lib hisoblanishadi. Soliq kodeksiga ko'ra quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar — soliq solish maqsadida qishloq xo'jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar tarkibiga kiradi: — yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va o'zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo'lgan yuridik shaxslar; — qishloq xo'jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o'zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega boigan yuridik shaxslar; — qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va o'zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo'jaligi mahsulotini o'z ichiga oluvchi qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar. O'rmon va ovchilik xo`jaliklari hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo'jaliklari yagona yer solig'ini to'lovchilari hisoblanishmaydi. Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‗zlari ishlab chiqargan qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo'yicha mazkur faoliyat turidan yagona yer solig'ini to'laydilar va ular boshqa soliqqa tortish tizimini tanlash huquqiga ega emaslar. Yagona yer solig'ini to lovchi hisoblangan qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona bojlari, davlat bojlari, litsenziya yig'im lari, davlat maqsadli jamg'armalariga ajratmalarni to'lashning amaldagi tartibi saqlanadi. Agar yagona yer solig'ini to'lovchi qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o'zlari ishlab chiqargan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bir qatorda boshqa faoliyat turiari bilan shug'ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat turiari bo`yicha shu toifadagi to'lovchilar uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan soliqlami to'lashga majburdirlar. Bunda, agar qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kirsa, faoliyatning boshqa turiari bo'yicha (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan soliqlar va yig‗imlar to'lanadigan savdo va umumiy ovqatlanishdan tashqari) ular faoliyatning mazkur turi uchun nazarda tutilgan yagona soliq to‗lov yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar to'laydilar.


Download 29.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling