8-mavzu: Qishloq xo’jaligida moliyaviy munosabatlarni boshqarish Reja


Download 190.5 Kb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi190.5 Kb.
#1131194
1   2   3
Bog'liq
Qishloq xo’jaligida moliyaviy munosabatlarni boshqarish (1)

Amaliy topshiriqlar
1-Topshiriq: Qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko’rsatuvchi banklarda boshqaruvning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.






1-rasm. Viloyat «Paxtabank»ning tashkiliy boshqaruv tarkibi.
2-Topshiriq: Quyidagi 2- va 3- rasmlardan foydalangan holda «Biznes-fond» va «Ko’chmas mulk agentliklari»ning vazifalarini tushuntirib bering.


2-rasm. «Biznes fond» boshqarmasining tashkiliy boshqaruv tarkibi.


3-rasm. Ko’chmas mulk agentligi
3-Topshiriq: Amaliyot o’tagan xo’jalik misolida xo’jalik moliyaviy resurslarini hisoblab chiqing va ularning shakllanish tartibini yozing.


4-Topshiriq: Xo’jalik jamg’armalarini o’rganib chiqing va xulosalaringizni yozing.


5-Topshiriq: Quyidagi qarorni o’qib, xulosa yozing:
Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida (O’zR VM 27.11.2002 y. 413-son Qarori)
"Sug’urta faoliyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug’urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2002 yil 31 yanvardagi PF-3022-son Farmoniga muvofiq hamda sug’urta tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish, sug’urtalovchilarning moddiy-texnika bazasini va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning mintaqaviy vakolatxonalarini kengaytirish va aholining sug’urta tashkilotlariga bo’lgan ishonchini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Belgilansinki, ustav fondining eng kam miqdori:
- hayotni sug’urta qilish tarmog’ida ixtisoslashayotgan sug’urtalovchilar uchun - 250 ming AQSh dollariga teng miqdordagi summada;
- umumiy sug’urta tarmog’iga ixtisoslashayotgan sug’urtalovchilar uchun - 150 ming AQSh dollariga teng miqdordagi summada;
- qayta sug’urta qilish faoliyatiga ixtisoslashayotgan sug’urtalovchilar uchun (agar faoliyat mavzusi faqat qayta sug’urta qilish bo’lsa) - 2 mln AQSh dollariga teng summada belgilanadi.
- Majburiy sug’urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug’urtalovchilar uchun ustav fondining eng kam miqdori 500 ming AQSh dollariga teng miqdordagi summada belgilanadi.
2. Belgilab qo’yilsinki:
- O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatuvchi va mazkur qaror bilan belgilangan miqdordan kam ustav fondiga ega bo’lgan sug’urtalovchilar uni 2003 yil 1 avgustgacha belgilangan miqdorlarga yetkazishlari kerak;
- ustav fondlari miqdori 2003 yil 1 avgustgacha belgilangan eng kam talablarga muvofiq bo’lmagan sug’urtalovchilar sug’urta faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega emas;
- mazkur qaror chiqqan vaqtdan boshlab ushbu qarorda belgilangan talablardan kam ustav fondi miqdoriga ega bo’lgan sug’urtalovchilar tashkil etilishi taqiqlanadi.
3. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.
4. Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini lisenziyalash to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Yuridik shaxslar uchun sug’urtaning ixtiyoriy turlari bo’yicha yillik xarajatlar normativi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan tushum yillik hajmining ikki foizi miqdorida belgilansin.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi idoraviy normativ hujjatlarga tegishli o’zgartirishlar kiritsinlar.
6. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Download 190.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling