8-Mavzu. Qishloq xo’jaligida yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanishni boshqarish reja


Yer (ekin) maydonlarining hosildorligi


Download 88.39 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi88.39 Kb.
#1623030
1   2   3   4   5   6
Yer (ekin) maydonlarining hosildorligi. Bu ko’rsatkich asosan ekin turlari hamda umumiy maydon bo’yicha, natural hamda qiymat ko’rinishlarida aniqlanadi, ya’ni ular 1 gektar foydalanilgan maydondan qanday mahsulotlarni qancha miqdorda (kg, tsentnYer, tonna) hamda necha so’mlik mahsulot yoki foyda olinganligi aniqlanadi. Buning uchun quyidagi ifodadan foydalanish mumkin:
EX = (8.7)
bunda: EX – 1 ga ekin maydonidan olingan hosil miqdori, ts;
YaX – ekin ekilgan maydondan olingan yalpi hosil miqdori, ts. yoki tonnada;
EM – ekin ekilgan haqiqiy maydon, ga.
Bu ko’rsatkich yordamida 1 gektar ekin ekilgan maydondan qancha miqdorda hosil olinganligi ekin turlari bo’yicha alohida-alohida aniqlanadi. Uning miqdori qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Bu ko’rsatkich u yoki bu ekin ekilgan maydonning mahsuldorligini isbotlaydi. Jami ekin maydonlari mahsuldorligini aniqlash uchun ko’rsatkichni quyidagi qiymat ko’rsatkichlarida aniqlash, buning uchun har bir ekinning yalpi hosili qiymatini aniqlab olish lozim. So’ngra ularning yig’indisini aniqlash kYerak.
EM = : : (8.8)
bunda: YeM – foydalanilgan yerlarning mahsuldorligi. Ya’ni, bir gektar ekin ekilgan yoki yaylov, pichanzor maydondan necha so’mlik yalpi mahsulot, yalpi daromad hamda sof foyda olinganligi aniqlanadi;
YaMK – olingan yalpi mahsulot qiymati, so’mda;
EM – ekinlar ekilgan maydon, ga;
YaDK – olingan yalpi daromad summasi;
SF – olingan sof foyda summasi.
Taqqoslanadigan xo’jaliklarda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholashda qishloq xo’jaligiga yaroqli yer turlari (haydaladigan yer, pichanzor, yaylov) o’rtasidagi, ya’ni tuproq unumdorligi o’rtasidagi farqni hisobga olish zarur. Buning uchun yerni iqtisodiy baholash ballaridan foydalaniladi. Taqqoslama (kadastr) yer maydonidan olingan u yoki bu mahsulotni yoki hosildorlikni aniqlash uchun haqiqiy ko’rsatkichni 100 ga ko’paytirib va yer bahosi balliga bo’lish kYerak. Masalan: 1 ga yerdan olingan paxta hosildorligi 25 tsentnYer bo’lib, shu yerning iqtisodiy bahosining balli 90 ga teng bo’lsa, u holda 1 gektar kadastr maydonidan olingan hosildorlik 27,7 (25x 100:90=27,7) tsentnYerni tashkil etadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirishning zaruriy sharti, hozirgi vaqtda ayni dolzarb masala bo’lgan, yer resurslaridan foydalanish samarador-ligini sezilarli darajada oshirish hisoblanadi.
Yer resurslaridan samarali foydalanish o’z navbatida suv resurslaridan ham oqilona foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. CHunki o’simlik dunyosini suvsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Buni issiq o’lka hisoblangan bizning respublikamizda yaqqol ko’rish mumkin. SHuning uchun suvni tejash, undan oqilona foydalanish qonun bilan belgilab qo’yilgan.

Download 88.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling