8-mavzu. Qiyosiy pedagogik tizim. Reja


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana03.01.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1076348
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-ma\'ruza

Arad universiteti «Aurel Vlayku» bu Ruminiya Konstitutsiyasi va oliy ta‘lim 
to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq ish olib boruvchi ilmiy hamjamiyat. Universitetda 
yuqori malakali o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Hozirgi kunda universitetda 9 ta 
kafedra va 11 ta ilmiy markaz, 3 ta institut va 1 ta biznes-inkubator mavjud bo‘lib, unda 
47,903 m2 didaktik maydonlar, zamonaviy kompyuter laboratoriyalari, konferents va 
ma‘ruza zallari mavjud. Ushbu unievrsitetda o‘qish Yevropa Ittifoqi doirasida 
beriladigan diplomlar kabi Yevropa Kredit To‘plash Tizimi (ECTS) bo‘yicha olib 
boriladi. Erasmus + dasturi talabalarga chet el yoki mahalliy universitetda ta‘lim olsh 
imkoniyati mavjud. 
Sannio universiteti Salerno universiteti tarkibida 1986-90 yillarda tashkil topgan. 
1990 yil 10 sentyabrdagi rektor qarorlari bilan quyidagi kafedralar tashkil etildi: 
Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar fakulteti (hozirda Iqtisodiyot fakulteti), Bank iqtisodiyoti, 
moliya iqtisodiyoti, sug‘urta iqtisodiyoti va statistika, muhandislik fakulteti, kompyuter 
injiniringi. 1991-93 yillarga mo‘ljallangan uch yillik rejada Tabiiy fanlar fakulteti 
qoshida biologiya va geologiya mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil 
etildi. 2005 yildan beri Sannio universiteti Yevropa-O‘rta yer dengizi iqlim o‘zgarishi 
markazining (CMCC) hamkori hisoblanadi. Sannio universiteti 4 fakultetga bo‘lingan: 
Huquqshunoslik, Muhandislik, Iqtisodiyot va biznes fanlari hamda tabiiy fanlar 
fakulteti. 
Porto Universiteti  Birinchi Portugaliya Respublikasining Vaqtinchalik Hukumati 
tomonidan 1911 yil 22 martdagi farmoni bilan tashkil etilgan. Porto universiteti doimiy 
ravishda Portugaliyaning eng yaxshi universitetlari qatoriga kiradi. Webometrics 
Ranking Web of Universities reytingiga ko‘ra, u Yevropaning eng nufuzli 100 ta 
universiteti qatoriga kirgan. 2018 yilda ARWU tashkiloti universitetni dunyoning eng 
nufuzli 301–400 universitetlari qatoriga kiritdi. 2019 yilda QS World University 
Rankings universiteti reytingida sifatida dunyodagi eng yaxshi 328-chi universiteti deb 
tan olindi. 
Piza Universiteti  20 dan ortiq kafedra: qishloq xo‘jaligi, astrofizika, informatika
muhandislik, tibbiyot va veterinariya sohalarida yuqori darajadagi ilmiy markazlarga 
ega bo‘lgan jamoat muassasasidir. Piza universiteti rasman 1343 yilda tashkil etilgan. 


Ushbu Universitet talabalarining 4% ni chet ellik talabalar tashkil etadi. Universitetda 
2300 dan ziyod o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Universitet, talabalar va universitet 
professor-o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan xalqaro almashinuv dasturlarida faol 
qatnashadi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling