Nafas olish gigiyenasi. Nafas olish gigiyenasi deganda, tug`ri nafas olishni ta'minlash tushuniladi. Nafas jarayonida atmosfera havosi burun bo`shlig`iga kirib isiydi, namlanadi, ancha changdan tozalanadi. Burun bo`shlig`ida tukchalarning bo`lishi bunga yordam beradi. Demak burun bilan nafas olish gigiyenik jixatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Og`iz bilan nafas olganda kalla suyagining yuz qismi va ko`krak qafasi rivojlanishida kamchiliklar yuz beradi. Tez-tez shamollash xalqum va traxeyaning shilliq qavatining yallig`lanishiga olib keladi. Ammo gapirganda, ashula aytilganda og`iz bilan nafas olishga majbur bo`linadi. Shuning uchun ashula darslari o`tkaziladigan xonalar ozoda, havosi esa iliq bo`lishi kerak.
Bolalarga tug`ri nafas olishni o`rgatish fizkultura mashqlari o`tkazish vaqtida pedagoglar bajaradigan ishlardan biridir. Ular yurish, yugurish va boshqa turdagi faoliyat vaqtida, shuningdek, o`tirganda tug`ri nafas olishni bolalarga o`rgatish kerak.
Tekshirish savollari: Qonning vazifalari. Qonning fizik va kimyoviy xususiyatlari. Qonning bola va katta yoshli odamda miqdori va qon tomirlarda harakatlanishi. Qon xususiyatlarining yoshga qarab o`zgarishi. Qon plazmasining xususiyatlari. Eritrotsitlarning tuzilishi va ahamiyati. Qonning cho`kish reaksiyasi (SOE) nima? Leykotsitlarni organizm ichki muhitidagi tutgan o`rni. Trombotsitlarni ahamiyati. Qon aylanishi, katta va kichik doirasi. Yurakning tuzilishi va yoshga qarab rivojlanishi.
Nafas olish organlarining ahamiyati haqida tushuncha bering.
Nafas olish organlarining tuzilishi hadida tushuncha.
Nafas olish organlarining yoshga xos xususiyatlari haqida tushuncha bering.
O`pkaning tiriklik sig`imi deb nimaga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |