Kirish tiqinlarini to’lib qolishini oldini olish uchun nasadkaning uchidan 10-15 sm masofada 4-6 ta yoriklar kesiladi, har birining uzunligi 5 sm bo’ladi. - Kirish tiqinlarini to’lib qolishini oldini olish uchun nasadkaning uchidan 10-15 sm masofada 4-6 ta yoriklar kesiladi, har birining uzunligi 5 sm bo’ladi.
- Ketma-ket filtr ochiladi, yuvuvchi quvurning uchi quduq tubigacha olib boriladi. Quduqqa havo haydash to’xtatiladi, quvurni ko’tarish boshlanadi, lekin halqa oralig’idagi bosim tushirilmaydi.
- Chuqurlik nasosli quduqlarda quvurlar odatda nasosning osilib turadigan joyigacha ko’tariladi, undan keyin quduqdagi bosim pasaytiriladi.
Aeratsiyali suyuqlikka SFM lar qo’shib quduqni yuvish Aeratsiyali suyuqlikka SFM lar qo’shib quduqni yuvish - Bu usul qatlam bosimi past bo’lgan quduqlarda qo’llaniladi, ishlatish davrida tiqin shakllanishi tufayli murakkabliklar ko’p sodir bo’lgan, tiqinlarni paydo bo’lishi yuvuvchi suvlarning qatlamga yutilishi bilan bog’liqdir.
- Bunday holatlarda tiqinni yuvish uchun suvning gidrostatik bosimi pasaytiriladi va quduq tubidagi gidrostatik bosim ham pasaytiriladi. Shu bilan birgalikda yuvuvchi suv asosli suyuqlikni yutilishini oldini olish uchun suv-havoli aralashma SFM bilan birgalikda qo’llaniladi.
- SFM lar neft-suvni tutash chegaralaridagi tortishish kuchlarini pasaytirish uchun qo’llaniladi (2.54-rasm).
- Quduqlarni yuvishda qatlamga qattik suvlarni kirib qolishi natijasida suv neftni quduq tubining zonasidan qatlamning chuqurroq joyigacha siqadi. Natijada ko’p holatlarda g’ovaklik muhitini suv egallaydi va neftning o’tkazuvchanligi esa keskin kamayadi. Shuning uchun neft quduqning tubi tomonga harakatlanishda katta qarshilikka uchraydi.
quduqdagi qumli tiqinlarni sfm qo’shimchali aeratsiyali eritmalar bilan yuvish 1- havo haydaladigan tizim; 2- sarf o’lchagich; 3- jo’mrak; 4- teskari klapan; 5- aerator; 6- olib ketuvchi quvur; 7- manometr; 8- germetiklash salniki; 9- teskari klapan; 10- yuvuvchi quvur; 11- haydab chiqariluvchi quvurlar; 12- qumli tiqinlar; 13- yuvuvchi agregat nasosi; 14- idish.
Do'stlaringiz bilan baham: |