Yuvuvchi quduqlardagi qumli tiqinlarnn bartaraf qilish. Yuvuvchi quduqlardagi qumli tiqinlarnn bartaraf qilish. - Past qatlam bosimli quduqlarda filtr zonasini yuvishda, yuvuvchi suyuqliklarning yutilishi sarf bo’ladi, natijada debit kamayadi. Yuvuvchi suyuqliklarni qatlamga kirib qolishi natijasida, neft quduqlarida qatlam bosimi past bo’lganda holat yomonlashadi.
- Qum suyuqlikda muallaq holatda turib, kunlik yuzaga chiqib ketmaydi. Yuvish tugagandan keyin bu qumlar yana quduq tubiga tushadi va filtrning ma’lum qismini yopib qo’yadi.
- Neft quduqlari suv bilan birinchi marta yuvilganda, quduqni ishlatishda debit tezda pasayadi, ba’zi bir holatlarda suvning uchi quduqqa kirib keladi. Undan keyin neft parda shaklida paydo bo’ladi.
Quduqni qayta yuvish amalga oshirilganda ham ko’p holatlarda ijobiy natijalar olinmaydi. Kunlik yuzaga qumlar, ishlatish tizmasini filtrlarida o’tirib qolgan qumlar chiqib keladi. - Quduqni qayta yuvish amalga oshirilganda ham ko’p holatlarda ijobiy natijalar olinmaydi. Kunlik yuzaga qumlar, ishlatish tizmasini filtrlarida o’tirib qolgan qumlar chiqib keladi.
- Quduqni ishlatish davom ettirilganda, bu holat noqulay aks etadi. Yuvuvchi suyuqliklarning qatlamga yutilishini oldini olish va qum tiqinlarini bartaraf qilish uchun past qatlam bosimida, suvning qatlamga yutilishini oldini olishda jelonkalar yordamida havo purkaladi yoki aeratsiyali yuvuvchi suyuqliklarga SFM qo’shimchalar qo’shib haydash qo’llaniladi.
Quduqni siqilgan havo yordamida tozalash. - Bu usulning mohiyati shundaki, siqilgan havo quduq tubiga quvur halqa oralig’i orqali haydaladi, tiqinni yumshatadi va uni quduqdan suyuqlik orqali kunlik yuzaga olib chikadi.
- Siqilgan havo orqali quduqdan qumni olib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Quduqda joylashgan suyuqlikni havo haydab siqilgandai, halqa oralig’idan ishlatish tizmasiga va yuvuvchi quvurga yo’naltiradi.
- Suyuqlikning ustun balandligiga va kompressor quvvatiga bog’liq holda suyuqlikni siqish alohida porsiyada bajariladi.
- Quduq usti quyidagi sxemada jihozlanadi, teskari yuvish uchun quduq ustining kallagiga olib ketib chiqargich o’rnatiladi. Tiqinlarni bartaraf qilish uchun chuqurlik nasoslaridan va nasos quvurlaridan yoki plunjerli nasoslardan foydalaniladi.
- Suyuqlik sathi pasaytiriladi, NKQ quvur qumli tiqinning ustiga tushiriladi va bunda ishchi bosim kuzatiladi. Quvurning uchiga oldindan nasadka o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |