8-Mavzu. Shaharlarning hududiy tizimlari. O‘zbekiston shahar aglomerasiyalari. Reja


Download 28.66 Kb.
bet2/5
Sana20.01.2023
Hajmi28.66 Kb.
#1104435
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Ma\'ruza Shaharlar hududiy tizimlari

iqtisodiy makon. Shahar aglomerasiyalari mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasidir. Ular kichik, ixcham bir hududda ishlab chiqarishni ijtimoiy va hududiy tashkil etishshakllari: ixtisoslashuv, kooperasiya, kombinatlashuv va mujassamlashuv asosida tarkib topadi. Turli tarmoqlarga ixtisoslashgan va o‘zaro yaqin joylashgan markazlar o‘rtasida aloqalar kuchayadi, ulardan unumli foydalanib,qisqa masofalarda vaqt va transport xarajatlarini tejagan holda, ular bir-birini to‘ldiradi va aglomerasiya samaradorligini ta’minlaydi.Aglomerasiyalar lokal hududiy tizim sifatida nafaqat aholi, balki iqtisodiyot tarmoqlarini hududiy tashkil etishning ham yuqori darajada takomillashgan shakli bo‘lib hududning asosiy iqtisodiy tayanch areallari hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlardagi shahar aglomerasiyalari yalpi ishlab chiqarishning 2/3 qismini beradi. Respublikamizda esa ular hissasiga ishlab chiqarish va eksportning 70 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Bunday tizimlar hozirgi modernizasiya sharoitida o‘zgarishlarga tez moslasha oladi. Chunki ularda juda ko‘p tarmoqlar mavjud, biri inqirozga uchragan holatda, ikkinchisi rivojlanishi mumkin.
investisiya muhiti.Yirik shahar va aglomerasiyalar o‘zining qulay geografik o‘rni, boy tabiiy resurslar va sharoitlari, ishchi kuchi va malakali kadrlarining ko‘pligi, keng iste’mol bozorining mavjudligi, transport va ilmiy-texnik salohiyatning yuqoridarajada mujassamlanganligi bilan o‘ziga xos investisiya makonini hosil qiladi. Bu yerda moliya, kredit, savdo shahobchalari, takomillashgan transport tizimi mavjud bo‘lib, xorijiy sarmoyadorlarni o‘ziga ko‘proq jalb etadi. Masalan, mamlakatimizdagi kiritilayotgan xorijiy sarmoyalarning 80 foizi aynan shu joylarga to‘g‘ri keladi.
sosial muhit.Aglomerasiya doirasida aholining haftalik, oylik, epizodik hayot faoliyati shakllanadi, mehnat qilish, o‘qish, dam olish, davolanish, uy-joy, kommunal xizmatlardan umumiy foydalaniladi. Eng avvalo aglomerasiya “yadro”sining yuqori salohiyati aholini o‘z ta’sir doirasiga tortib turadi. Mazkur hududda o‘ziga xos turmush tarzi, shahar madaniyati shakllanadi va rivojlanadi. Inson shaxsining har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib yetishishi uchun keng imkoniyatlar yuzaga keladi. Ularning bunday nufuzi chetdan aholini yanada o‘ziga jalb etadi va u kengayib, rivojlanib boradi. Moskva aglomerasiyasi 80-90 km masofadan aholining kundalik qatnovini ta’minlaydi. Toshkent aglomerasiyasi kuniga 25 mingga yaqin, Buxoro aglomerasiyasi 15 ming aholini (Mavlonov A., 2010) turli maqsadlarda o‘ziga jalb etadi.

Download 28.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling