8-Mavzu. Shaharlarning hududiy tizimlari. O‘zbekiston shahar aglomerasiyalari. Reja


Download 28.66 Kb.
bet4/5
Sana20.01.2023
Hajmi28.66 Kb.
#1104435
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Ma\'ruza Shaharlar hududiy tizimlari

geoekologik muhit.Shahar aglomerasiyalari inson tomonidan yuqori darajada o‘zlashtirilgan, tabiat va jamiyat bir-biriga eng faol ta’sir etuvchi o‘ziga xos ekologik hudud hisoblanadi. Urbanizasiyalashgan hududlar Yer shari maydonining 1 % maydonini egallagani holda, jami chiqindi va iflos gazlarning 80 foizini chiqaradi. Sanoat korxonalarining ko‘pligi, aholining zich joylashganligi, transporttizimining yuqori darajada mujassamlanganligi, turar joy binolarining zichligi va ulardan atrof-muhitga turli chiqindi va iflos gazlar, oqava suvlarning chiqarib tashlanishi natijasida ekologik vaziyat o‘zgaradi.Aglomerasiyalarning tartibsiz rivojlanishi tabiatga xavf tug‘diradi. Nazorat yoki ekologik monitoringning yo‘qligi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni buzadi.SHA lar hududi ko‘plab qurilish va ekspluatasiya ishlari oqibatida doimiy o‘zgarishda bo‘ladi, shaharlarni rivojlantirish nuqtai nazaridan bu to‘g‘ri bo‘lsada, ikkinchi tomondan tabiiy geotizimlar buzilib, antropogen –shahar geotizimlari vujudga keladi (Djanaleyeva G.M., 2008).
nozogeografik muhit. Shahar aglomerasiyalarida ekologik vaziyatning keskinlashuvi, aholining nihoyatda zich to‘planishi va ular o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xosligi, transport vositalarining va shovqin-suronning ko‘pligi aglomerasiya doirasida yashovchi aholining sog‘ligiga salbiy ta’sir etadi.Transport vositalarining ko‘pligi natijasida, ayniqsa tig‘iz vaqtlarda yo‘llar tirband bo‘lib qoladi. Bu esa odamlarni asab tolalarining taranglashuviga olib keladi (Ahmedov A., 2002). Shahar va uning atroflarida shovqin-suron ko‘payadi. Markaziy shaharga qatnovchi migrantlar uchun shahar atrofi transporti va sarf-harajatlar muammolari kelib chiqadi. Ularning vaqti yo‘lda ko‘p sarf bo‘ladi, ishga layoqatisusayadi. Keskin ekologik vaziyat, transport, sosial va boshqa muammolar natijasida aholi o‘rtasida asab va ruhiy kasalliklar, yurak, qon-tomir, xavfli o‘sma kabi shaharlarga xos kasalliklar, o‘lim holatlari ortadi. Toshkent, Angren-Olmaliq, Navoiy shahar va uning atroflari kasallanish soniga ko‘ra respublikada birinchi o‘rinlarda turadi, har 100 ming kishiga kasallanish 60-70 mingni tashkil etadi.

Download 28.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling