8-Mavzu. Shaharlarning hududiy tizimlari. O‘zbekiston shahar aglomerasiyalari. Reja


Download 28.66 Kb.
bet3/5
Sana20.01.2023
Hajmi28.66 Kb.
#1104435
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Ma\'ruza Shaharlar hududiy tizimlari

yagona mehnat bozori muhiti.Mazkur tizimlarda joylashgan aholi manzilgohlarining funksiyalari ortib boradi.Bir yerda to‘plangan turli markazlarda xilma-xil tarmoq va sohalar mujassamlashadi, rivojlanadi va ularning differensiyalashuvi, integrasiyalashuvi ro‘y beradi. Natijada aholi o‘z xohish-istaklari, mutaxassisliklariga mos keluvchi mehnat turlarini tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday imkoniyatlar ayniqsa aglomerasiya yadrosida mujassamlashadi.Aglomerasiya doirasida umumiy mehnat bozori shakllanadi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif yuqori bo‘ladi hamda undan umumiy holda foydalaniladi, aholini ish bilan ta’minlash muammolari nisbatan tez hal bo‘ladi;
yuqori urbanizasiyalashgan hudud.Kichik bir hududda ko‘plab shaharlar to‘planadi. Kiyev aglomerasiyasi va Minsk aglomerasiyalari 20 dan ortiq yo‘ldosh shaharlarni o‘z ichiga oladi. Toshkent aglomerasiyasida esa 27 yo‘ldosh shahar manzilgohlari to‘plangan bo‘lib, urbanizasiya darajasi 75 foizga yaqin (respublikada eng yuqori). Aglomerasiya markazi- yirik shahar ta’sirida yo‘ldosh shahar va qishloqlar rivojlanadi, qishloq-shahar migrasiyasi kuchayadi, shaharga xos bo‘lgan hayot tarzi, shahar madaniyati atrofga yoyiladi; shaharlarning yanada kengroq xududiy tizimlari-urbanizasiyalashgan zonalar vujudga keladi. Shaharlarning hududiy tizimlari aholi joylashuvini boshqarib boruvchi vositadir. Yirik shaharni tez o‘sib ketishida atrofidagi yo‘ldosh shaharlari uni himoyalovchi vazifani bajarib, "yadro"ga hududiy, ekologik va boshqa jihatlardan mos kelmaydigan funksiyalarni o‘z zimmasiga oladi. O‘z navbatida kichik shahar va qishloqlar ham rivojlanadi.Yo‘ldosh shaharlar uning tarkibida yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki o‘zgaradi, muammolari shu doirada hal bo‘ladi.
yuqori ilmiy-texnik muhit.Shahar aglomerasiyalari fan-texnika yutuqlari natijasidir. Bu yerda fan va texnikaning eng ilg‘or tarmoqlari: boshqaruv, ilmiy-tekshirish institutlari, konstruktorlik-loyihalash tashkilotlari, kadrlar tayyorlash, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari mujassamlanadi, mamlakatlarning o‘ziga xos “o‘sish qutblari” vujudga keladi. (Saliyev A.,Yanchuk S., 2006.) Shahar aglomerasiyalari yangiliklarni birinchi bo‘lib yaratadi, qabul qiladi va atrofga uzatadi, rayon hosil qiluvchi roli ortadi. Nafaqat o‘z atrofi, balki iqtisodiy rayonvadavlatni boshqarib borish qudratiga ega bo‘ladi.

Download 28.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling