8-mavzu. Sharli tegirmonda kukunlash nazariyasi


–rasm. 3,2×15 m o‘lchamli trubali tegirmonni hisoblash chizmasi


Download 0.73 Mb.
bet11/12
Sana11.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1454055
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Sharli tegirmonda kukunlash nazariyasi

2–rasm. 3,2×15 m o‘lchamli trubali tegirmonni hisoblash chizmasi.

Ikkinchi aniq hisoblash uslubi shundan iboratki, baraban uzunligi bo‘yicha kesiladigan kuch va egiluvchan momentlar kuchi taqsimlanishi epyuralari chiziladi (2–rasmga qarang), undan keyin hamma yuklanish “Materiallar qarshiligi” kursida ifoda etilgan uslub bo‘yicha hisoblab chiqiladi.


Trubali tegirmonning tagini flanesli (gardishli) korpus bilan mahkamlovchi boltlarni hisoblash

Qurilma uzatmasi tomonidan boltlar eng ko‘p yuklangan. Boltlar bilan mahkamlash “yoyilgan holat (geometrik shaklning tekislikda yoyilgan holati) ostida” ular oldindan burab tortilish (taranglashtirilish) bilan bajarilgan. Boltlar qirqish va uzilishga ishlaydi.


Boltlarni qirqish markazdan qochma kuch inersiyasi, shuningdek aylanish momentidan yaratiladigan dvigateldan beriladigan aylanma zo‘riqish, tegirmonning aylanish qismiga teng ta’sir etuvchi Rr og‘irlik harakati ostida sodir bo‘ladi. Ishqalanish momenti qoidaga asosan chiqarilgan boltlarni burab tortishda hisoblashda qabul qilinmaydi.
Tegirmonning aylanish qismiga teng ta’sir etuvchi Rr og‘irlik tegirmon barabanini hisoblashda ifodalangan uslub bo‘yicha aniqlanadi. Aylanma zo‘riqish Rayl. aylana bo‘yicha yotqizilgan boltlar markazi orqali o‘tkazilgan ushbu aylanishga urinma (egri chiziqning biror nuqtasiga tegib o‘tgan to‘g‘ri chiziq) bo‘yicha yo‘naltirilgan va u quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Rayl. = Mayl. / Rb = N / 2πn Rb , n (12)
bu yerda: Mayl. aylanish momenti, nm;
Rb boltlar markazining aylana radiusi, n;
N uzatishning foydali ish koeffitsienti hisobi bilan dvigatel quvvati, vt;

  1. tegirmonning aylanish soni, ayl/sek.

Umumlashgan kuch qirqishi quyidagiga teng bo‘ladi:


Rum. = Rr + Rayl. . n (13)
Boltlarda kuchlanish kattaligi umumlashgan kuchlar ta’siri ostida qirqishi quyidagicha tashkil topadi:
τqir. = Rum. / mF , n/m2 (14)
bu yerda: τqir. – qirqish kuchlanishi, n/m2;
m zich moslab tushirib tirqishiga buralgan, boltlar soni;
F– boltlar kesimi, m2.
Qirqish kuchlanishi ruxsat etilishi quyidagiga teng deb qabul qilinadi:
τqir. = (0,2–0,3) σo‘z. , n/m2 (15)

bu yerda: σo‘z. – o‘zgartirish chegarasi, po‘lat uchun σo‘z. = 240 Mn/m2.








Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling