8-Mavzu: Sovun va yuvuvchi vositalarni qadoqlash. Reja


Xo’jalik sovuniga ishlov berishning texnologik sxemasi


Download 1.55 Mb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1623353
1   2   3   4
Bog'liq
8 мавзу

2. Xo’jalik sovuniga ishlov berishning texnologik sxemasi.
Xo’jalik sovuni asosiga ishlov berishning texnologik chizmasi (2.11-rasm). Davriy (bevosita yoki bilvosita) yoki uzlyuksiz usul bilan tayyorlangan xo’jalik sovuni asosi ta’minlovchi idish 1 dan filtr 2 orqali va 0,3MPa bosim ostida me’yorlovchi nasos 3 yor damida issiqlik almashuv kolonkasi 4 ga uzatiladi.



5-rasm. Xo’jalik sovuni asosiga ishlov berishning texnologik sxemasi.
Bu erda 800-900 C dan 120-1400 C gacha isitiladi. So’ngra issiq sovun vakuumquritish kamerasi 5 ga beriladi. Bu erda sovun vakuum-quritish kamerasining valiga mahkamlangan ikkita purkagich orqali sochiladi. Bunda sovun tezlik bilan biroz namligini yo’qotib soviydi va qisman quriydi. Kameraning devorlariga yupqa qatlam bo’lib yopishib qolgan sovun valga o’rnatilgan pichoqlar yordamida qirib olinadi. Qirindi holidagi sovun ikki engli bunker 6 da ikki vakuum shnek-press 7 orasida taqsimlanadi. SHnek-pressda sovun plastifikatsiyalanadi, zich massa hosil qilib presslanadi va mashinadan sovun to’rt qirrali brus shaklida belgilash-kesish avtomat 8 dan o’tadi. U erda sovun yuzasiga aylanuvchi valiklar yordamida zarur belgi-shtamp qo’yiladi. So’ngra bo’laklarga kesiladi. Tayyor sovun avtomat taxlagich 9 ga borib tushadi, yog’och yashiklarga taxlanadi va transportyor 10 yordamida omborga yuboriladi.
Vakuum-kameradan chiqayotgan suv bug’i siklon-separator 11 da sovunli changning asosiy qismidan ajratiladi. U shnek-press
12 yordamida chiqarilib yuboriladi. So’ngra suv bug’i ikkinchi
siklon 13 da sovunli changning qoldiqlaridan tozalanib, bug’ ejektor 14 orqali barometrik kondensator 15 ga yuboradi. U erga suv sig’im 16 dan beriladi. Barometrik kondensator 15 dan chiqayotgan suv quvur orqali barometrik quduqqa tushadi, u erdan tozalash tizimiga yuboriladi.
Kondensasiyalanmagan bug’ va gazlar tomchi-ajratgich 17 va tomchi tutgich 18 orqali vakuum-nasos 19 bilan so’rib olinadi. Vakuum-nasos sovituvchi suvning harorati 200 C gacha bo’lganda qurilmada 2-4 kPa (15-20 mm sim.ust.) qoldiq bosimni ta’minlaydi. Bu tarkibida 78%gacha yog’ kislotasi bo’lgan sovun ishlab chiqarishga etarli bo’ladi. Vakuum quritish kamerasining unumdorligi xo’jalik sovuni uchun soatiga 2 t. ga teng.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling