8 mavzu: Superfosfat


Sulfat kislotaning me’yori


Download 74.9 Kb.
bet10/24
Sana28.10.2023
Hajmi74.9 Kb.
#1728611
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
8 маърузага

Sulfat kislotaning me’yori. Fosfatni parchalashga sarflanadigan sulfat kislotaning stexiometrik me’yori 7H2SO4:3P2O5 nisbat orqali aniqlanadi va u 1 qism P2O5 ga 1,61 qism H2SO4 to‘g‘ri keladigan miqdorga teng (bu yerda va keyinchalik ham massa nisbatida bo‘ladi). Apatit konsentratida 39,4% P2O5 bo‘lsa, 100 qism xom ashyoga to‘g‘ri keladigan H2SO4 ning stexiometrik me’yori 39,4x1,61 = 63,4 qismni tashkil qiladi. Parchalanishni tezlashtirish maqsadida va begona qo‘shimchalar borligini hisobga olgan holda kislotaning amaliy me’yori nisbatan yuqori – 68 dan 72 qismgacha olinadi.

  • Sulfat kislotaning me’yori. Fosfatni parchalashga sarflanadigan sulfat kislotaning stexiometrik me’yori 7H2SO4:3P2O5 nisbat orqali aniqlanadi va u 1 qism P2O5 ga 1,61 qism H2SO4 to‘g‘ri keladigan miqdorga teng (bu yerda va keyinchalik ham massa nisbatida bo‘ladi). Apatit konsentratida 39,4% P2O5 bo‘lsa, 100 qism xom ashyoga to‘g‘ri keladigan H2SO4 ning stexiometrik me’yori 39,4x1,61 = 63,4 qismni tashkil qiladi. Parchalanishni tezlashtirish maqsadida va begona qo‘shimchalar borligini hisobga olgan holda kislotaning amaliy me’yori nisbatan yuqori – 68 dan 72 qismgacha olinadi.
  • Fosforitlardan oddiy superfosfat olishda sulfat kislotaning stexiometrik me’yorini hisoblash – xom ashyoning kimyoviy va mineralogik tarkibini hamda reaksion muhit kislotaliligining kamayish darajasi bo‘yicha uning parchalanish jarayonida sodir bo‘ladigan ikkilamchi reaksiyalarni ham e’tiborga olingan holda amalga oshiriladi. Ajralib chiqadigan kislotalar (H3PO4, HF) ham boshlang‘ich xom ashyo komponentlarini parchalaydi. Boshlang‘ich xom ashyo tarkibidagi kalsiyning bir qismigina monofosfatga aylanadi, qolgan asosiy qismi esa sulfat kislota sarflanishi hisobiga kalsiy sulfatga aylanadi. Fosfatli anionlarning bir qismi kationli qo‘shimchalar – Mg2+, Fe3+, Al3+ bilan birikadi, natijada monofosfatga aylanadigan kalsiyning ma’lum ulushini kamayishiga, ya’ni hosil bo‘ladigan CaSO4 miqdorining ortishiga olib keladi; bu esa sarflanadigan H2SO4 me’yorini orttirishni talab etadi.

Download 74.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling