Apatitni davriy sharoitda 63% H2SO4 dan yuqori konsentratsiyali sulfat kislota eritmasi bilan parchalanganda kalsiy sulfatning yarimgidrat va angdrit shaklining uzunligi 5-7 va eni 1-2 mkm bo‘lgan mayda ignasimon kristallari hosil bo‘ladi. Ignasimon kristallar fosfat donachalari sirtida qalin quyqali parda hosil qiladi. Bu esa reaksiyani to‘xtatadi, natijada superfosfat massasi yomon qorishadi, undagi suyuq faza qattiq zarracha sirtida qoladi va fizik xossasi yomon bo‘lgan – sochiluvchanligi kam ho‘l «ifloslangan» mahsulot olinadi. Parchalanish jarayonini 63% H2SO4 dan quyi konsentratsiyali sulfat kislota eritmasi bilan o‘tkazilganda esa kalsiy sulfatning nisbatan yirik (10-15 mkm) kristallari hosil bo‘ladi. Ular fosfat sirtida unga kislotaning diffuziyalanishini kam darajada qiyinlashtiradigan yoriqli g‘ovak qobiq hosil qiladi; shuning uchun reaksiya tezroq ketadi va quruq sochiluvchan mahsulot olinadi. - Apatitni davriy sharoitda 63% H2SO4 dan yuqori konsentratsiyali sulfat kislota eritmasi bilan parchalanganda kalsiy sulfatning yarimgidrat va angdrit shaklining uzunligi 5-7 va eni 1-2 mkm bo‘lgan mayda ignasimon kristallari hosil bo‘ladi. Ignasimon kristallar fosfat donachalari sirtida qalin quyqali parda hosil qiladi. Bu esa reaksiyani to‘xtatadi, natijada superfosfat massasi yomon qorishadi, undagi suyuq faza qattiq zarracha sirtida qoladi va fizik xossasi yomon bo‘lgan – sochiluvchanligi kam ho‘l «ifloslangan» mahsulot olinadi. Parchalanish jarayonini 63% H2SO4 dan quyi konsentratsiyali sulfat kislota eritmasi bilan o‘tkazilganda esa kalsiy sulfatning nisbatan yirik (10-15 mkm) kristallari hosil bo‘ladi. Ular fosfat sirtida unga kislotaning diffuziyalanishini kam darajada qiyinlashtiradigan yoriqli g‘ovak qobiq hosil qiladi; shuning uchun reaksiya tezroq ketadi va quruq sochiluvchan mahsulot olinadi.
- Boshlang‘ich sulfat kislotaning konsentratsiyasi qanchalik katta bo‘lsa, mahsulotning namligi ham shunchalik kam bo‘ladi va undagi P2O5 miqdori ortadi. Lekin, sulfat kislota konsentratsiyasining yetarli darajadan yuqori bo‘lishi yuqorida izohlangan holatni keltirib chiqaradi. Shunday qilib, kislota konsentratsiyasining optimal doirasi bo‘lib, uning chegarasi xarorat va aralashtirish sharoitiga bog‘liqdir. Optimal konsentratsiya, xarorat va sulfat kislota me’yori fosfat xom ashyosining xar bir navi uchun tajriba sharoitidan kelib chiqib aniqlanadi.
- Ishlab chiqarish jarayonida reagentlarning uzluksiz aralashtirishda qisman ta’sirlashgan reaksion aralashma – suspenziya (bo‘tqa) kiritiladi, bunda 50-60OS xaroratdagi 68-69% li sulfat kislota ishlatiladi. Bu holda suyuq fazada sulfat va fosfat kislotalarning ma’lum nisbati o‘rnatiladi, kalsiy sulfatning kristallanishi yaxshilanadi va qorishuvchi (qotuvchi) massa g‘ovak holatda hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |