8 mavzu: Superfosfat


Download 74.9 Kb.
bet19/24
Sana28.10.2023
Hajmi74.9 Kb.
#1728611
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
8 маърузага

Apatitni kislota bilan aralashtirish uchun uzluksiz ishlaydigan uch yoki to‘rt kamerali vertikal aralashtirgichlar qo‘llaniladi (12.7 – rasm). Suspenziya (bo‘tqa) hajmi shiber (ishchi organi tekis shakldor plastinka) orqali tartibga solinadiki, bunda uning aralashtirilishi 5-7 min (Qoratog‘ fosforiti bilan ishlanganda esa – 2-3 min) davom ettirilishi ta’minlanadi. Suspenziya aralashtirgichdan superfosfat kamerasiga oqib tushadi (12.8 – rasm). U po‘lat g‘ilofli va ichki qismi futirovka qilingan vertikal temir-betonli silindrik korpus 1 dan iborat. Kamera 16 rolikli tirgakka tayantirilgan, ular vositasida kamera ostidagi mustahkam salniklar orqali o‘tuvchi qo‘zg‘almaydigan cho‘yan quvur 2 atrofida aylanadi. Aylantirish reduktor 4 orqali elektromotor 3 yordamida amalga oshiriladi; 1-2 soat mobaynida kamera bir marta aylanadi (aylanish yo‘nalishi tasvirda strelka bilan ko‘rsatilgan). Kameraning temir-betonli qopqog‘i 5 qo‘zg‘almasdir, kamera va qopqoq orasida rezinali zichlashtirgich bor. Qopqoqqa vertikal holatda markaziy quvurga tegib turuvchi qo‘zg‘almas cho‘yanli to‘siq 6 mahkamlangan va u yuklash zonasini chiqarish zonasidan ajratib turadi. Shu to‘siq atrofida, chiqarish zonasi tomonida frezer 7 joylashgan. Bu tik o‘qda aylanuvchi po‘lat moslama («karusel») ga xromli cho‘yandan tayyorlangan pichoqli qanotlar mahkamlangan. Frezer kamera qopqog‘iga osilgan holatda bo‘lib, kamera aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda 0,13-0,17 s-1 (8-10 ayl/min) chastotada aylanadi.

  • Apatitni kislota bilan aralashtirish uchun uzluksiz ishlaydigan uch yoki to‘rt kamerali vertikal aralashtirgichlar qo‘llaniladi (12.7 – rasm). Suspenziya (bo‘tqa) hajmi shiber (ishchi organi tekis shakldor plastinka) orqali tartibga solinadiki, bunda uning aralashtirilishi 5-7 min (Qoratog‘ fosforiti bilan ishlanganda esa – 2-3 min) davom ettirilishi ta’minlanadi. Suspenziya aralashtirgichdan superfosfat kamerasiga oqib tushadi (12.8 – rasm). U po‘lat g‘ilofli va ichki qismi futirovka qilingan vertikal temir-betonli silindrik korpus 1 dan iborat. Kamera 16 rolikli tirgakka tayantirilgan, ular vositasida kamera ostidagi mustahkam salniklar orqali o‘tuvchi qo‘zg‘almaydigan cho‘yan quvur 2 atrofida aylanadi. Aylantirish reduktor 4 orqali elektromotor 3 yordamida amalga oshiriladi; 1-2 soat mobaynida kamera bir marta aylanadi (aylanish yo‘nalishi tasvirda strelka bilan ko‘rsatilgan). Kameraning temir-betonli qopqog‘i 5 qo‘zg‘almasdir, kamera va qopqoq orasida rezinali zichlashtirgich bor. Qopqoqqa vertikal holatda markaziy quvurga tegib turuvchi qo‘zg‘almas cho‘yanli to‘siq 6 mahkamlangan va u yuklash zonasini chiqarish zonasidan ajratib turadi. Shu to‘siq atrofida, chiqarish zonasi tomonida frezer 7 joylashgan. Bu tik o‘qda aylanuvchi po‘lat moslama («karusel») ga xromli cho‘yandan tayyorlangan pichoqli qanotlar mahkamlangan. Frezer kamera qopqog‘iga osilgan holatda bo‘lib, kamera aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda 0,13-0,17 s-1 (8-10 ayl/min) chastotada aylanadi.

12.7 – rasm. To‘rt kamerali aralashtirgich:
1 – kameralar; 2 – aralashtirgichlar; 3 – suspeziya yig‘gich quti; 4 – kirish tuynugi; 5 - qopqoq; 6 – cho‘yanli shiber; 7 – shiberni ko‘tarish va tushirish uchun mexanik chig‘ir trosi.

12.8 – rasm. Uzluksiz ishlaydigan superfosfat kamerasi:
1 – kameraning silindrik korpusi; 2 – markaziy quvur; 3 – elektromotor; 4 – reduktor; 5 – kamera qopqog‘i; 6 – to‘siq; 7 – frezer; 8 – suspeziya tushish joyi; 9 – ekssentrik.

Download 74.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling