8 mavzu: Superfosfat


Download 74.9 Kb.
bet17/24
Sana28.10.2023
Hajmi74.9 Kb.
#1728611
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
8 маърузага

Ammoniylashtirish. Superfosfat sifatini yaxshilashning usullaridan yana biri bu uning ammoniylashtirilishidir, ya’ni erkin fosfat kislotani ammiak gazi bilan neytrallashdir. Ammoniylashgan superfosfat gigroskopik bo‘lmagan, quruq, yopishmaydigan kukundir. Uning tarkibidagi azot esa kerakli ozuqa elementidir. Superfosfat tarkibidagi erkin fosfat kislotani gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash jarayonida dastlab monoammoniyfosfat hosil bo‘ladi:

  • Ammoniylashtirish. Superfosfat sifatini yaxshilashning usullaridan yana biri bu uning ammoniylashtirilishidir, ya’ni erkin fosfat kislotani ammiak gazi bilan neytrallashdir. Ammoniylashgan superfosfat gigroskopik bo‘lmagan, quruq, yopishmaydigan kukundir. Uning tarkibidagi azot esa kerakli ozuqa elementidir. Superfosfat tarkibidagi erkin fosfat kislotani gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash jarayonida dastlab monoammoniyfosfat hosil bo‘ladi:
  • H3PO4 + NH3 = NH4H2PO4
  • Neytrallanish issiqligining ajralishi hisobiga massaning xarorati 80-90OS gacha ko‘tariladi va buning hisobiga superfosfat birmuncha quriydi. Bunda suvda eriydigan R2O5 miqdori kamaymaydi.
  • Nisbatan kuchliroq ammoniylashtirish natijasida hosil bo‘lgan diammoniyfosfat kalsiy sulfat bilan ta’sirlashib, dikalsiyfosfatga aylanadi:
  • H3PO4 + 2NH3 = (NH4)2HPO4
  • (NH4)2HPO4 + SaSO4 = CaHPO4 + (NH4)2SO4
  • Monokalsiyfosfat ham dikalsiyfosfatga aylanadi:
  • Ca(H2PO4)2*N2O + CaSO4 + 2NH3 = 2CaHPO4 + (NH4)2SO4 + N2O

Bunday chuqur ammoniylashtirish natijasida superfosfatdagi suvda eriydigan P2O5 miqdori anchagina kamayadi, ammo o‘zlashadigan R2O5 miqdori sezilarli o‘zgarmaydi. Ammoniylashtirishni yanada davom ettirish R2O5 retrogradatsiyasiga olib keladi – dikalsiyfosfat o‘simliklar qiyin o‘zlashtiriadigan trikalsiyfosfat shakliga aylanadi:

  • Bunday chuqur ammoniylashtirish natijasida superfosfatdagi suvda eriydigan P2O5 miqdori anchagina kamayadi, ammo o‘zlashadigan R2O5 miqdori sezilarli o‘zgarmaydi. Ammoniylashtirishni yanada davom ettirish R2O5 retrogradatsiyasiga olib keladi – dikalsiyfosfat o‘simliklar qiyin o‘zlashtiriadigan trikalsiyfosfat shakliga aylanadi:
  • 2CaHPO4 + CaSO4 + 2NH3 = Ca3(PO4)2 + (NH4)2SO4
  • Shuning uchun superfosfatning ammiak bilan neytrallash natijasida tarkibida 2% atrofida azot bo‘lgan mahsulot olinadi. Tarkibida ko‘p miqdorda (8% gacha) azot tutgan ammoniylashtirilgan superfosfat olishda neytrallovchi vosita sifatida suyuq ammiakatlar qo‘llaniladi.
  • Superfosfatni ammoniylashtirish aylanuvchi barabanli ammoniylashtirgichga uzluksiz ravishda superfosfat kiritish va uning yo‘nalishi bo‘yicha oqimda gaz holatdagi ammiak yuborish orqali amalga oshiriladi. Ammiakning me’yori superfosfat massasining 2% ini, uning yutilish darajasi esa 97-99% ni tashkil etadi. Ammoniylashtirishda hosil bo‘ladigan guvala holatdagi superfosfat elanadi va maydalanadi.
  • Qoratog‘ fosforitidan olinadigan superfosfatni ammoniylashtirish ayniqsa samarali hisoblanadi. Bunda kalsiy va magniy fosfat tuzlarining eritmadan to‘la ajralishi kuzatiladi va 25OS gacha sovutilganda nafaqat monokalsiyfosfat kristallanadi, balki magniy va ammoniy fosfatlari ham turli xil ikkilamchi va uchlamchi tuzlar kristallogidratlari holatida ajralib chiqadi. Shuning uchun Qoratog‘ fosforitidan olinadigan superfosfatni ammoniylashtirish natijasida yaxshi fizik xossaga ega bo‘lgan mahsulot olinadi.

Download 74.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling