8-mavzu: ta’mirlash xo’jaligini tashkil etish
Download 0.57 Mb.
|
8-mavzu
8-mavzu: TA’MIRLASH XO’JALIGINI TASHKIL ETISHReja:
Ta’mirlash xo’jaligini tashkil etish vazifalari, funksiyalari,shakllari.Mexanizatsiya Ta’mir Xo’jalik Mexanizasiyalashtirish yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish sharoitida korxonaning faoliyat natijasi ishlab chiqarish vositalarining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki, jihozlarning nosozligi natijasida paydo bo‘ladigan uzilishlar (tanaffuslar) ishlab chiqarish siklining uzayishiga, mahsulot sifatiga, bergan hajmiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.Jihozlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida ular moddiy va ma‘naviy eskiradi. Buning natijasida uning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘zgaradi: quvvati pasayadi, unumdorligi va aniqligini kamaytiradi. Ana shularni hisobga olib, jihozlarni yaxshi ish sharoitida ushlab turish uchun doimiy ravishda texnik xizmat ko‘rsatish va ta‘mirlash ishlarini yo‘lga qo‘yish lozim. Bu ishlarni tashkil qilish uchun korxonada ta‘mirlash xo‘jaligi tashkil etiladi.Ta‘mirlash xo‘jaligi – jihozlar holatini nazorat qilish,xizmat ko‘rsatish,ta‘mirlash bilan bog‘liq tadbirlar majmuasini amalga oshiruvchi umumkorxona va sex bo‘linmalaridir Ta‘mirlash xo‘jaligi ham mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi bo‘lim bo‘lib, uning tarkibiga asosiy va yordamchi uchastkalar kiradi. Asosiy uchastka mexanika (stanochniy), tayyorlov, slesarlik, yig‘uv, termik, sinov uchastkalari hisoblanadi. Yordamchi bo‘limlarga esa metall zaxiralar, zaxira qismlarni saqlash ombori, instrument tarqatuvchi bo‘lim va boshqalar kiradi. Ta‘mirlash xo‘jaligining ishlab chiqarish tuzilmasi ishlab chiqarish turlari, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga, sexlardagi jihozlarga, ishlab chiqarishni tashkil etilishiga bog‘liqdir. Ta‘mirlash xo‘jaligining vazifalari: 1. Jihozlarni ekspluatatsiya qilish va ta‘mirlashning ratsional tizimlarini tashkil etish. 2. Jihozlardan foydalanish muddatini oshirish maqsadida jihozlardan foydalanish madaniyatini oshirish. 3. Ta‘mirlash ishlarining mehnat sig‘imi hamda tannarxini kamaytirish va sifatini oshirish. 4. Jihozlarni modernizatsiya qilish Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling