8-mavzu: ta’mirlash xo’jaligini tashkil etish


Vaqti-vaqti bilan o‘tkazilib turuvchi ta‘mirlash ishlari ta‘mirlash brigadalari


Download 0.57 Mb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1515047
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu

Vaqti-vaqti bilan o‘tkazilib turuvchi ta‘mirlash ishlari ta‘mirlash brigadalari
tomonidan amalga oshirilib bunda stanokning ba‘zi bir butunlari sozlash, stanokning zaruriy joylarini yuvib tozalash, yog‘ini almashtirish kabi operatsiyalar bo‘ladi. Bundan tashqari stanokni tekshirib, mavjud nosozliklar aniqlanadi, navbatdagi ta‘mirlash muddati va hajmi belgilanadi. Jihozlarni ta‘mirlashning uch xil turi ajratiladi:
  • Kichik ta‘mirlash – jihozlarni tez almashtiriladigan qismlarni almashtirish, kichik nosozliklarni tugatish, jihozlarning mexanizmlarini regulirovka qilishdan iborat.
  • O‘rta ta‘mirlash – jihozlarni qismlarga ajratib ayrim yeyilib ishdan chiqqan qismlarini almashtirish, uning unumdorligini tiklash.
  • Kapital ta‘mirlash – rejali ta‘mirlashning eng katta turi bo‘lib, bunda jihozlarni turligicha qismlarga ajratib, undagi barcha nosozliklarni yo‘qotish, yog‘lash va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Kapital ta‘mirlash natijasida jihozlarning boshlang‘ich xususiyati to‘lig‘icha tiklanadi.

Ta‘mirlashlar orasidagi xizmatlar ko‘rsatish, davriy kuzatishlar va o‘rta ta‘mirlashlar korxonaning joriy xarajatlari hisobiga amalga oshiriladi va xizmatlarning tannarxiga kiritiladi.
Kapital ta‘mirlash va modernizatsiya amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
1. ROT tizimi asosida turli ta‘mirlash ishlarining tartibi va bajarish muddatini belgilovchi normativlar yotadi: ta‘mirlash sikli, ta‘mirlashlar orasidagi davr, kuzatishlar oralig‘idagi davr, ta‘mirlashning murakkablik kategoriyasi, jihozning ta‘mirlashda turib qolish davri, ta‘mirlash ishlarining mexanik sig‘imi normasi.
1. Ketma-ket kapital ta‘mirlash orasidagi davr ta‘mirlash sikli deyiladi. Ana shu davr mobaynida amalga oshiriladigan kuzatishlar, kichik va o‘rta ta‘mirlashlar ketma-ketligi, ta‘mirlash siklining tuzilmasi deyiladi. Ta‘mirlash sikli tuzilmasi ma‘lum bir turdagi jihozlar uchun yagona tarzda belgilanadi. Masalan: og‘irligi 10 tonnagacha bo‘lgan yengil va o‘rta metall qirqish stanoklari uchun ta‘mirlash sikli quyidagicha bo‘ladi.
T - K - M - K - M - K – O‘ - K - M - K - M - K – O‘ - K - M - K - M - K - T
T – kapital ta‘mirlash – 2
O‘ – o‘rta ta‘mirlash – 2
M – kichik ta‘mirlash – 6
K – kuzatish – 9
  • Gidravlik presslar uchun:

  • T-K-K-M,-K-K-M2-K-K-M3-K-K-O‘1-K-K-M4-K-K-M5-K-K-M6-K-K-K-T
    T-1,
    O‘-1,
    M-6,
    K-16
    2. Mexanik presslar uchun:
    T-K-K-M,-K-K-M2-K-K-O‘1-K-K-M3-K-K-M4-K-K-M5-K-K-O‘2-K-K-M6-KK-T
    K-2,
    O‘-2,
    M-6,
    K-18
    Ta‘mirlash siklining uzunligi jihozning murakkabligiga, ish tartibiga, materialga, ishlab chiqarish turiga, jihozning og‘irligiga, ishlatilish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. 2 ta ketma-ket ta‘mirlash orasidagi davr ta‘mirlashlar orasidagi davr deyiladi. Uning uzunligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
    Tr = Trs / (Ro‘ + Rm + 1)
    Trs – ta‘mirlash sikli uzunligi,
    Ro‘, Rm – o‘rta va mayda ta‘mirlashlar soni

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling