Ta‘mirlash ishlarining murakkabligini belgilash va mehnat sig‘imini aniqlash maqsadida shartli ta‘mirlash birligiga o‘tkaziladi. Ta‘mirlash ishlarining murakkabligini belgilash va mehnat sig‘imini aniqlash maqsadida shartli ta‘mirlash birligiga o‘tkaziladi. Konstruktiv va texnologik xususiyatiga ko‘ra, har bir jihoz uchun o‘z murakkablik kategoriyasi o‘rnatiladi. Murakkablik kategoriyasi ta‘mirlash qilinayotgan jihozni etalon sifatida qabul qilingan jihoz bilan solishtirish orqali aniqlanadi. Masalan: maishiy yengil metal qirqish stanoklari ta‘mirlash murakkablik kategoriyasini aniqlash uchun etalon qilib 1k 62 tokarlik vint qirqish stanogi (murakkablik kategoriyasi – 11), 22A kl tikuv mashinasi (ta‘mirlash murakkablik kategoriyasi – 1) elektrotexnik jihoz uchun – asinxron dvigatel (murakkablik kategoriyasi – 1) qabul qilingan. Shunga binoan har bir jihoz birligi ta‘mirlash murakkablik kategoriyasi bilan xarakterlanadi. Masalan, freon tarqatuvchi moslama RF-1 da 2 ga teng, 202 sinf tikuv mashinasining murakkablik kategoriyasi 2, kiyimlarni kimyoviy tozalovchi KX-011 mashinasi uchun – 16 ga teng. Har bir jihoz uchun ta‘mirlash murakkabligi birligi uchun vaqt sarfi normativlari belgilanadi. Ta’mirlash ishlari mehnat sig’imi normativi Ta’mirlash ishlari mehnat sig’imi normativi Ta‘mirlash ishlarini rejalashtirish tartibi quyidagicha: -ROT tizimi bo‘yicha ta‘mirlash sikli tizimi, ta‘mirlash sikli davomiyligi, ta‘mirlashlararo va kuzatishlararo davr davomiyligi, barcha jihoz murakkablik darajasi aniqlanadi; -ta‘mirlash ishlarining umumiy yillik hajmi aniqlanadi; -jihozlarni ta‘mirlashda turish vaqti aniqlanadi; -jihozlarni ta‘mirlash reja grafigi tuziladi. Ta‘mirlash xo‘jaligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari: jihozlarni markazlashgan tarzda ta‘mirlashni tashkil etish; tamirlashning ilg‘or texnologiyasi va usullarini qo‘llash;
Do'stlaringiz bilan baham: |