8-mavzu: ta’mirlash xo’jaligini tashkil etish
Ta‘mirlashni tashkil etish uslublari
Download 0.57 Mb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi mohiyati va normativlari.
Ta‘mirlashni tashkil etish uslublari:- Talab bo‘yicha ta‘mirlash-jihozlar tasodifiy ishdan chiqqanda amalga oshiriladi- Defekt vedomosti bo‘yicha ta‘mirlash -jihozlar davriy ko‘rikdan o‘tkaziladi va defekt vedomosti tuziladi- ROT yoki TXK (texnik hizmat ko‘rsatish) - reja asosida profilaktik nazorat va ta‘mirlashTa‘mirlash ishlarini tashkil etish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: markazlashgan, markazlashmagan, aralash. Markazlashgan tizim barcha ta‘mirlash ishlari va xizmat ko‘rsatishni markazlashgan ta‘mirlash mexanika sexi kuchi bilan amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ushbu sex korxona bosh mexanikiga bo‘ysunadi. Markazlashmagan tizimda barcha ta‘mirlash ishlari sexdagi ta‘mirlash uchastkalari kuchi bilan bajariladi. Ushbu bo‘linmalar sex mexanigiga bo‘ysunadi. Aralash tizimda kapital ta‘mirlashlar markaziy ta‘mirlash mexanika sexlarida, boshqa turdagi ta‘mirlash ishlari sexdagi ta‘mirlash bo‘linmalari yordamida bajariladi. Rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimi mohiyati va normativlari.Ta‘mirlash xo‘jaligining oldida turgan asosiy vazifalarni hal qilish rejaliogohlantiruvchi ta‘mirlash tizimini joriy qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. ROT tizimi – jihozlarni doimiy ravishda ishga tayyor turishlarini ta‘minlashga qaratilgan ta‘mirlash va xizmat ko‘rsatish tadbirlarining yig‘indisi. Bu jarayonlar oldin ishlab chiqarilgan rejalar asosida profilaktik ravishda amalga oshiriladi. ROT tizimi birinchi marta sobiq SSSRda ishlab chiqarilib, joriy etilgan, keyinchalik boshqa chet el davlatlarida ham qo‘llanila boshlagan. Qo‘llanish doirasiga ko‘ra ROT tizimining uch xil turi mavjud: Kuzatishlardan keyingi ta‘mirlash. Bunda ta‘mirlash turi mazmuni va muddati doimiy kuzatishlar asosida belgilanadi. Bu tizim ko‘proq yirik, og‘ir va unikal jihozlarning ta‘mirlashida, vaqti-vaqti bilan ishlaydigan jihozlarda qo‘llaniladi. Standart ta‘mirlashlar tizimi asosida belgilab qo‘yilgan muddatda, doimiy ishlaydigan jihozlarning ta‘mirlashi yotadi. Davriy ta‘mirlash esa ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda jihozlarning ish bilan ta‘minlanishi yuqori bo‘lganda qo‘llaniladi. Ushbu tizim ko‘proq mashinasozlikda qo‘llaniladi. ROT tizimi o‘z ichiga quyidagi ishlarni oladi: Jihozlarga ta‘mirlashlar orasida xizmat ko‘rsatish; Jihozlarni vaqti-vaqti bilan tekshirib, turli profilaktik operatsiyalar amalga oshirish; Turli ta‘mirlash turlarini amalga oshirish. Ta‘mirlashlar orasidagi xizmat ko‘rsatish jihozlarni kundalik kuzatib, kichik nosozliklarni vaqtida yo‘qotib borishdir (jihozlarning tozaligini saqlash, stanok qismlarini yog‘lab turish). Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling