8-Mavzu Tarbiya turlari. (ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy, mehnat, ekologik, estetik, aqliy, jismoniy) Reja
Download 55.96 Kb.
|
8-Mavzu
Mehnat tarbiyasi. Insonning asosiy burchi, vazifasi mehnat qilishdir, chunki istalgan narsaga ishlash bilan, mehnat qilish bilan erishiladi. A.Beruniy.
«Bola o’z mehnati bilan o’zini boqish qurbiga ega bo’lgandan keyingina otaning o’g’liga (yoki qiziga) bergan mehnat tarbiyasi yakunlangan hisoblanadi» deb hisoblagan Ibn Sino. (A.Irisov. Ibn Sio ma’rifatparvar adib. T: 1962 y. 10-bet). Qaysi narsaga ko’p mehnat qo’shilsa, O’sha narsa sevimli, hammadan aziz. Qaysi narsaga kishi umrini sarf qilsa, O’sha narsa shirin jon barobarida sevimli bo’ladi. Biror ishni qilishga qasd qilgan bo’lsang, butun zehning, butun vujuding bilan tirishib, bitirmaguncha undan qo’l tortma, - deb o’git qilgan Amir Temur. K.D.Ushinskiy «Tarbiyaning o’zi, agar kishining baxtli bo’lishini istasa, uni baxt uchun tarbiyalamasligi, balki hayotdagi mehnatga tayyorlashi kerak», - degan. Umrni zoye etma, mehnat qil, Mehnatni saodatning kaliti bil. (A.Navoiy) Mehnat tarbiyasi tarbiyaning tarkibiy qismini tashkil etadi. Haqiqatdan ham, kishining eng birinchi, zaruriy ehtiyoji – mehnatdir. «Buning uchun mehnat zarur, - deb uqtiradi Beruniy, faqat aql-idrok va mehnatning jonlanishigina kishilar hayotini belgilab beradi». Insonning asosiy burchi va vazifasi – mehnat qilishdir, chunki istalgan narsaga mehnat sarflash orqali erishiladi. A.N.Forobiy inson o’z ijtimoiy vazifasini bajarish uchun unga, birinchidan, kundaliy hayotda odamlar bilan muloqotda bo’lish zarurligini, ikkinchidan esa, u mehnat va kasb-hunar ko’nikmalarini va axloqiy fazilatlarni hosil qilishi lozimligini ta’kidlaydi. Va yana «Har bir kishiga berkitilgan ma’lum bir ish bo’lishi kerak, toki u kishi o’ziga berkitilgan ishni kechiktirmasdan o’z vaqtida bajarsin», - deydi. (A.N.Forobiy. Risolalar. T., 1975 yil, 17-bet). Ali Abu ibn Sino «Kitob ush-shifo» asarida ideal davlat tuzumi ko’rinishini chizib beradi. Uning fikricha, bu davlatning har bir a’zosi jamiyat uchun foyda keltiruvchi biron bir ish bilan shug’ullanishi kerak. Odamni shundagina odam deyish mumkinki, qachonki u o’z manfaati uchungina emas, balki xalq va umumjamiyat manfaatlari uchun foydali mehnat qilishi bilandir. Birovlar halol mehnat qilib jamiyat uchun foyda keltirsa, boshqalar tekinga yashasa – bu adolatsizlik, deb ta’kidlaydi, Ibn Sino «Tadbiral manozil» asarining «Afsofiy bahtarin zanho» bo’limida barcha jamiyat a’zolari ishlab chiqarish mehnati bilan shug’ullanishi zarur, - degan g’oyani ilgari suradi. Kaykovus «Qobusnoma»ning «Hunarning afzalligi va qadri baland, oliy tabiatli bo’lish haqida» degan bobida farzandlarni mehnat qilishga undar ekan, agar mehnat qilib badanni o’zingga bo’ysindirmasang sog’lom va baland martabali bo’la olmaysan. (Qobusnoma. T., 1973 y. 33-bet). Pahlavon Mahmud «Inson yuksak kamolotdir, lekin u ana shu sharafga loyiq bo’lish uchun, avvalo, foydali mehnat bilan shug’ullanishi va o’z manfaatini xalq manfaatidan yuqori qo’ymasligi lozim», - degan g’oyani ilgari suradi. Abdulqodir Bedilning fikricha «Insonda o’z hayotini yaxshilash uchun imkoniyat mavjuddir. Bu imkoniyat, uning nuqtai nazaricha, kishining hafsalasida, harakatchan bo’lishida, ilm, kasb-hunar o’rganishi va mehnat qilishidadir». (I.M.Mo’minov. Tanlangan asarlar. I-tom, T., «Fan», 1969 y, 103-bet.). Yu.X.Xojib «Qutabg’u-bilik» dostonida «Inson faqat jamiyatdagina, boshqa kishilar bilan muloqatda va o’zaro munosabatda, ijtimoiy foydali mehnatdagina chinakam kamolotga yetishadi», - deb ta’kidlaydi. Mehnat tarbiyasi haqida mashhur pedagog V.A.Suxomlinskiy quyidagi fikrlarni bildiradi: «O’zi yaxshi ko’rmaydigan ish bilan shug’ullanmaydigan kishini hyech qanday madaniy boyliklar, xazinalar bilan shod etib bo’lmaydi», «Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatni qo’shib olib borish – bu aqliy mehnatdan keyin mexaniq tarzda jismoniy mehnat bilan mashg’ul bo’lish degan so’z emas, balki aqliy mehnatda hosil qilingan bilimni jismoniy mehnat vaqtida muttasil qo’llab borish demakdir», «Mehnatdagi muvaffaqiyat – bu muvaffaqiyat qozongan kishining faxri. O’z mehnatidan faxrlanmaydigan haqiqiy insonning o’zi yo’q», «Kam qayg’uradigan, kam o’ylaydigan kishi, birdan mehnatsevar bo’lib qolishi mumkin emas», «Bola mehnatga o’z-o’zidan qiziqib qolmaydi, modomiki qiziqishi bo’lmas ekan, demak mehnatga muhabbat ham bo’lmaydi, albatta. Bolalar mehnatini noto’g’ri uyushtirish uni mantiqsiz bir ishga aylantiradi va u mehnatdan bezib qoladi». Islom dinida mehnat qilish ibodat qilish bilan barobarligi, mehnat qilishdan uyalmaslik kerakligi aytiladi. Zero mehnat – inson hayotining ko’rki, bezagi. Mehnat insonga baxt saodat, farovonlik baxsh etadi. Halol mehnat ma’naviy hayotning mezonidir. Mehnat insonni uch balodan: yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan saqlaydi. Yana «Ishni puxta va yaxshilab qilgan kishini Alloh yaxshi ko’radi» (Hadis) deb musilmonlarni sidqi dildan mehnat qilishga chorlaydi. Sh.Sa’diy insoniy qadr-qimmatni mehnatda, hunarga tayanishda deb tushunadi va shunday deb ta’lim beradi. O’z mehnatidan non yegan kishi Hotam minnatidan ozod yosh-qishi (Guliston. T., G’.G’ulom nashriyoti. 1968 yil, 6-bet). Bolalarga mehnat quvonchi, o’qishdagi yutuq quvonchini berish ular qalbida faxrlanish hissini, o’z izzat-nafsi hissini uyg’otish – bu tarbiyaning eng asosiy birinchi vazifasidir, degan Suxomlinskiy. Avestoda «Bolalar yosh paytdanoq daraxt ko’chati o’tqazish, uy-ro’zg’or qurilmalarini yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug’ullanishga o’rgatish kerakligini» - ta’kidlagan. Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o’z qo’llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratishi lozim. ...Mehnat qilmaydigan odamlar! Sen haqiqatdan ham tilanchilar qatorida, yot eshiklarga ta’zim qilib, abadul-abad bosh egib turajaksan! Haqiqatdan ham sening yoningdan turli xil ziroatlarni olib o’tadilar, bu noz-ne’matlarning barchasi mehnat qilayotgan, to’g’ va farovon yashayotgan xonadonga nasib qiladi. Abadul-abad shunday bo’lajak! Inson butun umr davomida suv, tuproq, olov, umuman inson, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Chorvador to’g’ bo’lsin uchun chorvani muttasil parvarish qilmoq lozim, kabi g’oyalar ta’kidlangan. Har qanday odamga uning qilgan ishlariga qarab baho berish kerak, - degan Servantes. Agar inson biron kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi, baxt keltiradi, degan Andre Morda. Madaniy jamiyat shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod hamma bab-barobar bo’ladi, har kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo’ladigan – deb ta’kidlagan A.N.Forobiy. «Mehnatdan tashqari va mehnatsiz tarbiya yo’q va bo’lishi ham mumkin emas, chunki murakkab va ko’p qirrali mehnatsiz haqiqiy insonni tarbiyalab bo’lmaydi» va yana «Mehnatsevarlik – bu obrazli qilib aytganda, uchta tushuncha: zarur, qiyin va go’zal degan tushunchalar yig’indisidan iborat». Mehnat kishining va jamiyatning eng zarur yashash shartidir. Inson nima bilan faxrlansa va u nima bilan e’zozlansa, ularning hammasi mehnatning natijasidir. Mehnat barcha boyliklarning manbai bo’lish bilan birga, u inson hayotining mazmuni hamdir. Buning ma’nosi shundaki, insonning o’zini inson sifatida shakllantirgan (narsa) ham, insonning qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish qilgan ham ana shu mehnatdir. Mehnat – butun moddiy va ma’naviy madaniyatning, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyotning negizidir. Mehnat tarbiyasining vazifalari ko’p qirralidir. U o’quvchilarni mehnat faoliyatiga amaliy tayyorlashning juda ko’p tomonlarini qamrab oladi. Mehnat tarbiyasining eng muhim vazifasi yosh avlodni mehnat qilish xohishini, havasini, intilishini, ko’nikma va mahoratni ularda shakllantirishdan iborat. Eng muhimi mehnat qilayotgan kishi o’zi bjarayotgan ish natijalarini ko’rgan taqdirdagina uning uchun mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Eng zaruri mehnat uning uchun moddiy va ma’naviy qimmatga ega bo’lishi shart. Busiz mehnatning natijasi bo’lishi mumkin emas. Hozir mehnat tarbiyasining maqsadi mulkka munosabatni shakllantirishga qaratilmog’i zarur. Umuman mehnat insonni ijodiy fikrlashga, fidoiylikka, mustaqillikka da’vat etmog’i shart. O’quvchilarda mehnatsevarlikni tarbiyalash eng asosiy muammo. Shaxsning ma’naviy qiyofasini tarkib toptirishda mehnatning roli nihoyatda kattadir. Mehnatda shaxsan qatnashmay turib, degan edi Ushinskiy, inson o’zining axloqiy rivojlanishida olg’a qarab borolmaydi, bir joyda ham turolmaydi, u orqaga ketadi. O’quvchilarda mehnat tarbiyasini tashkil etishda shaxsiy, oilaviy va jamiyat manfaatlarini uyg’un shakllantirishga o’qituvchilar alohida e’tiboni qaratishlari shart. O’quvchilarni mehnatga axloqiy, psixologik va amaliy tayyorlash jarayonida mehnatsevarlik, mehnat intizomiga bo’ysinish odati, maqsadni amalga oshirishda tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik singari irodaviy fazilatlar shakllantirib borilsa foydali bo’ladi. O’quvchilarni mehnatda tarbiyalash dastlab oilada, maktablarda – o’quv-tarbiya ishining tizimida, bolalar tashkiloti faoliyatida, ishlab chiqarish jamoalari mehnatida ishtirok etishlari orqali amalga oshiriladi. Maktab o’quvchilari mehnatning mazmuni O’zbekiston Respublikasi oldida turgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy rivojlanish istiqbollari ehtiyojlaridan, maktabning ichki sharoiti, imkoniyatlari va talablaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu masalada jahon ishlab chiqarishi, tovarlarning sifati – umumiy raqobat eng asosiy mezon hisoblanadi. Fan va texnikaning toboro uyg’unlashib borishi, xalq xo’jaligi tarmoqlarida amalda qo’llanishi o’quvchilar mehnat ta’limi va tarbiyasini takomillashtirishni, o’zgartirishni, ijtimoiy hayotning o’zi taqozo etmoqda. O’quvchilarning mehnat tarbiyasi shakllari xilma-xildir. Ular asosan o’quv mehnati, sinfdan tashqari ishlar jarayonidagi mehnat, ijtimoiy foydali mehnat, uy mehnati va ishlab chiqarish mehnatlarini tashkil etadi. O’quv mehnati asosida barcha o’quv fanlari mazmuni asosida mehnatning nazariy asoslari va mehnatga munosabat, uning amaliy ahamiyati singari vazifalar o’quvchilarga o’rgatiladi. O’z-o’ziga xizmat, sinfdan tashqari va otaliq tashkilotlarning mehnat maydonlarida, sexlarda mehnatning amaliy ko’nikmalari bilan qurollantirish ta’minlanadi. Ijtimoiy foydali mehnat maktab binosi va maydonlarini ozoda saqlash, bog’ va sport maydonlari bunyod etish, tirik burchaklar tashkil etish, o’quv tajriba uchastkalarida, issiqxonalar, ustaxonalardagi mashg’ulotlarda, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yig’ishda, Vatan urishi qaxramonlari xotirasiga o’rnatilgan tarixiy yodgorliklarga qarash, temir-tersak va dorivor o’simliklar to’plash singarilar bilan shug’ullanadi. Hozirgi umumta’lim maktablarida mehnat tarbiyasi o’quvchilarga mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashga shakllantirish kabi yo’nalishlarni qamrab olmog’i darkor. Akademik liseylar, kasb-hunar kolleji o’quvchilarining kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olgan ixtisoslikni egallashga imkon beradi. O’quvchilar mehnatiga qo’yiladigan pedagogik talablar: Aqliy va jismoniy mehnatni bir-biri bilan almashlab turish. Oilada uy-ro’zg’or ishlariga jalb qilish. Bola mehnatda bevosita ishtirok etsa va mehnatga qanchalik erta jalb etilsa, uning mehnat tarbiyasi shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi. Mehnat bola uchun zaruriyat, burch va odatga aylanmog’i kerak. Mehnat oson va qo’lidan keladigan bo’lishi, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga, tayyorgarligiga mos bo’lishi kerak. Mehnat dam olish bilan almashlanib turishi kerak, chunki qattiq mehnat kishini, ayniqsa o’quvchini charchatib qo’yishi mumkin. Bolalarning mehnat faoliyati ijtimoiy ahamiyatga va iqtisodiy-ma’naviy asosga ega bo’lishi kerak. Har qanday mehnat topshirig’i foydali va imkoni boricha yaqqol natija bilan tugallanishi lozim. Mehnat faoliyatini tashkil qilish aqliy, estetik, iqtisodiy, ekologik tarbiyalar bilan mustahkam bog’lanishi foydali. Mehnat amaliy xarakter kasbetishi, ijtimoiy jihatdan kerakli va foydali bo’lishi, jamoaning va butun jamiyatning manfaatlariga muvofiq kelishi muhim. Mehnat o’quvchildarda ijodiylikni, faollikni, tashabbuskorlik va mustaqillikni hamda manfaatdolikni o’stirishi kerak. Mehnatda sanitariya-gigiyena, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish darkor va hokazi. Download 55.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling