8-Mavzu Tarbiya turlari. (ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy, mehnat, ekologik, estetik, aqliy, jismoniy) Reja


Download 55.96 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi55.96 Kb.
#1540127
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-Mavzu

Ekologik tarbiya. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumbashariy muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, rivojlanishning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog’liqdir, - deb ta’kidlagan I.A.Karimov (O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. 115-bet).
Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbo»sini ochib, birinchi so’zni hijjalab o’qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» - deb ta’kidlaganidek, bu borada barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublika «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning ekologik va sanitariya-gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish zarur» - deb alohida ta’kidlangan.
«Ekologiya» yunoncha so’z bo’lib, tirik mavjudodlarning yashash sharti va tevarak atrofdagi muhit bilan o’zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o’rganadigan fandir. «Ekologiya» atamasi 1866 yilda nemis zoolog olimi E.Gekkel tomonidan kashf etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida: «Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar» va 55-moddasida esa: «Yer va yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumiy boyliklardir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat mudofaasidadir» - deb juda o’rinli ta’kidlangan.
Fuqarolarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo’lishni o’rgatish ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi.
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuni, «Sog’lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta’lim-tarbiya konsepsiyasi» ning ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg’armasining tuzilishi va 2000 yilning «Sog’lom avlod yili» va 2005 yilning «Sihat-salomatlik yili» deb e’lon va davlat dasturi ishlab chiqilishi ekologik tarbiyaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilganligini ko’ramiz.
Aholi sonining tez o’sib borishi natijasida ekologik ijtimoiy muammolar ham tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, aholini yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muammolar butun dunyo ijtimoiy muammolariga aylanib bormoqda. Yer kurrasida insoning farovon yashashi endi ekologik muammolarni yechishga bog’liq bo’lib qolmoqda. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigiyenik, yuridik, estetik, pedagogik va psixologik yo’nalishlari mavjud. Pedagogik yo’nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko’zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda aholiga berilishi lozim bo’lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham turli yoshdagi kishilarda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
Fuqarolarda ekologik savodxonlik va madaniyat ijtimoiy ta’lim-tarbiya muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, mehnat jamoalari, mahalliy boshqaruv organlari, ichki ishlar xodimlari, prokuratura, sud, ommaviy axborot vositalari singari shakllarda amalga oshiriladi. Ekologik muammolarni hal etishda aholining g’alla maydonlarini, mevali va manzarali daraxtlarni mudofaa qilish sohasida ko’plab muammolar mavjud.
Fuqarolarga ekologik tarbiya berishda milliy xususiyat va tomonlarga asosiy e’tiborni qaratish foydali. Bular: suv, yer, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Ota-bobolarimiz: «Suv – tabiat in’omi, hayot manbai», - deb bejiz aytishmagan. Ma’lumki hozir faqat 500 ming km3 ga yaqin chuchuk suv bor xolos.
Ma’lumki, barcha yoshdagi kishilarda tabiatni muhofaza qilish haqida qimmatli hayotiy g’oyalar xalq donishmandligida asoslangan. Masalan, «Soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do’zaxga mahkum etur», «Dehqonchilik bilan shug’ullaninglar, dehqonchilik muborak kasbdir. Unga qo’riqchilarni ko’paytiringlar», «Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o’tqazsa, so’ng uning mevasidan qush yoki hvyvon yesa, uning ekinidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi», «Ekmoq niyatida qo’lingizda ko’chat tutqazgan paytda bexosdan qiyomat qoim bo’lish aniq bo’lganda ham ulgursangiz, uni ekib qo’yavering», «Kim suv toshqinini to’xtatsa yoki yong’inni o’chirsa, unga shohidlik ajri yeriladi» va hokazo.
«Tafakkur buyuk fazilatdir va odamning donoligi haqiqatni aytisha, tabiatga quloq solgan holda unga muvofiq harakat qilishda» - deb ta’kidlagan Geraklit.
Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir. 1911-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqta bo’lib, 53,4 metrni, shu darajalar 1994 yilda 32,5 metrga, suvning hajmi 1064 kub kilometrni (400 kub kilometrni) suvning yuzasi 66 ming kvadrat kilometrni (32,5 ming kvadrat kilometr) va minerallashuvi darajasi bir litr suvda 10-11 gramm (u ikki barobar oshganligining guvohimiz) ga yetgan.
Orolning qurib qolgan tubidan chang bo’ronlari 1975 yildayoq kosmik tadqiqotlar natijasida aniqlangan. 1980 yillarning boshlaridan buyon bunday to’fonlar bir yilda 90 kun davomida kuzatilmoqda. Chang-to’zon uzunligi 400 km va eni 40 km maydonga yetib bormoqda. Chang bo’ronlarining ta’sir doirasi esa 300 kmgacha yetmoqda. Mutaxassislarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, bu yerda har yili atmosferaga 15-75 mln tonnagacha chang ko’tariladi.
Orl dengizining qurib borishi munosabati bilan xalqaro, keng ko’lamli ahamiyatga molik bo’lgan ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va desografik muammolarning murakkab majmui vujudga keldi. Dengizning qurib borishi va mintaqaning cho’lga aylanib borishi bilan bog’liq fojea bu havzada yashayotgan barcha xalqlarning ijtimoiy fojeasidir.
Maktabda o’quvchilarni ekologik tarbiyalashda bunday ma’lumotlarni berib borish o’qituvchilarning asosiy vazifasi bo’lsog’i darkor.
Endilikda atrof-muhitga, tabiat boyliklariga e’tiborsiz bo’lish butun sayyoraga jiddiy zarar yetkazishi ma’lumligi aniq bo’lib qoldi. Inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlar muammolarini yechish zaruriyati tug’ildi. O’quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo’lishni o’rgatish pedagogika nazariyasi va amaliyotida dolzarb muammoga aylandi.
Ayniqsa, umumta’lim maktablarida maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida tarbiya berishga astoydil kirishi zarurligini ko’rsatadi.
Tabiatni muhofaza qilish hozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo’lib qolganligi o’quvchi ongiga singdiriladi. Haqiqatdan ham tabiiy boyliklardan haddan tashqari ko’p darajada foydalanish, yangi yerlarni rejasiz o’zlashtirish oqibatida, ekologik muvozanat keskin o’zgardi, atrof-muhit ifloslandi. Ayniqsa, paxta yakka hokimligi, qishloq xo’jaligi ishlarining noto’g’ri rejalashtirilganligi, kimyoviy o’g’itlardan me’yordan ortiq ishlatilishi tabiat kushandalarining ko’payishiga sabab bo’ldi. Bu hol hayvonot olami va o’simlik dunyosiga ham o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi.
Ekologik tarbiya insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta’lim-tarbiya maktabda barcha fanlarni o’qitishda amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Bizningcha, umumiy o’rta ta’lim va boshqa muassasalarda ekologik tarbiya berishni tarbiyalashning mazmuni quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

    • atrof-muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’siri;

    • tabiat va uning ahamiyatini anglash;

    • tabiatga muhabbatni shakllantirishda maktab va oilaning hamkorligi;

    • o’z tumani, shaharini, qishloq va maktab hovlisini ko’kalamzorlashtirishda, hatto sinf xonasidagi o’simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini;

    • oiladagi, maktabdagi tabiatni, o’simliklar va hayvonot dunyosini e’zozlashga o’rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;

    • tabiatga ongli munosabat jarayonda o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish;

    • yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e’tiborni kuchaytirish.

«Avesto»da kishilarni ekologik tarbiyalash bo’yicha quyidagi tadbirlar belgilangan:

    • Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir.

    • Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga mahkumdir.

Ota-bobolarimiz azal-azaldan tabiatga yuksak mehr ko’rsatishgan. Yurtni obod etishgan, ko’chalarni, haylilarni sarishta qilishgan. Xalqimizning tabiatga munosabati: urug’ qadash, qovun sayli, suv sayli, uzum sayli, hosil bayrami, gul bayrami, Navro’z bayrami kabi an’ana, udum va odatlarida o’z aksini topgan. Mazkur an’ana, urf-odat va qadriyatlarni takomillashtirish bugungi kunning eng asosiy vazifalaridandir.
Maktab o’quvchilari ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur:

    • tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog’lanish;

    • tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza qilish;

    • atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlash;

    • tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.

Umuman umumiy ta’lim maktab o’quvchilarining ekologik ta’lim-tarbiyasi quyidagi tuzilish va tizimda olib borilsa uning samaradorligi ta’minlanadi: ekologik his-tuyg’u, ekologik idrok, ekologik tasavvur, ekologik tushuncha, ekologik bilim, ma’lumot, ko’nikma, malaka, odat, ekologik madaniyat (mahorat) va hokazo.

Download 55.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling