8-mavzu: temperament- shaxs tuzilmasi sifatida
Download 211.29 Kb.
|
8-mavzu temperament- shaxs tuzilmasi sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temperament haqida tushuncha.
- Gippokrat (e.avv. 460-356 y)
8-MAVZU: TEMPERAMENT- SHAXS TUZILMASI SIFATIDA REJA :1.Temprament haqida tushuncha 2. Temprament va shaxs 3. Tempramentning turlari va xususiyatlari Tayanch so‘z va iboralar. Temperament, xolerik, sangvinnik, melanxolik, flegmatik. Temperament – shaxs harakatlarining asosini ifodalovchi sifatlar majmui. Xolerik – tez qo‘zg‘oluvchi qat’iy qarorli temperament sohibi. Sangvinnik – tez qo‘zg‘oluvchan, beqarorlikka yo‘l qo‘yuvchi temperament sohibi. Melanxonlik – vazmin, o‘ylab, donolik bilan ish ko‘ruvchi temperament sohibi. Flegmatik – harakatlari zaif, qarorlari tez o‘zgaruvchan, beqaror tip. Temperament haqida tushuncha. Temperament lotin tilidagi «temperamentum» so‘zidan olingan bo‘lib, aralashma, qorishiq degan ma’nolarni anglatadi. Psixologiya fani tarixida temperament haqidagi ta’limotni birinchi bo‘lib qadimgi grek olimi Gippokrat (e.avv. 460-356 y) yaratdi. Gippokrat (e.avv. 460-356 y) Temperament tiplarining nomlari ham ana shu suyuqliklardan kelib chiqqan. Masalan, xolerik grekcha «xole» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘t yoki safro, sangvinik «sandus» so‘zidan olingan bo‘lib, qon demakdir; melanxolik grekcha «melanxole» so‘zidan olingan bo‘lib, qora o‘t demakdir; flegmatik grekcha «plegma» so‘zidan olingan bo‘lib, balg‘am, shilimshiq modda demakdir. Yuqoridagi suyuqliklarning har biri o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, har birining o‘z vazifasi, o‘z ishi bor. Chunonchi, o‘tning xususiyati quruqlikdir. Uning ishi – organizmdagi quruqlikni saqlab turish – badanni quruq to‘tishdir. Qonning xususiyati issiqlik bo‘lib, ishi organizmni isitib turishdir. Qora o‘tning xususiyati namlik bo‘lib, ishi badanning namligini tutib turishdir. Balg‘amning xususiyati suyuqlik bo‘lib, ishi badanni sovutib turishdir. Gippokratning temperament va uning tiplariga oid ta’limoti qadiimgi zamonlardan bizning davrimizgacha saqlanib kelayotgan bo‘lsa ham hech qanday ilmiy asosga ega emas. Temperament va uning tiplari haqidagi mukammal ilmiy nazariyani mashhur rus psixologi, akdaemik I.P.Pavlov yaratgan va bu sohada «Nerv sistemasining tiplari» nomli ta’limotini kashf etdi. Download 211.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling