8-mavzu to‘lqinlar. Ma’ruza rejasi
Download 421.13 Kb.
|
Tovushning intensivligi deb, tovush to‘lqinlarining yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan bir birlik yuza orqali vaqt birligi ichida o‘tgan tovush energiyasiga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi:
(115) bu yerda, – tovush to‘lqinining energiyasi, – to‘lqin o‘tgan yuza, – to‘lqinning o‘tish vaqti. Insonning qulog‘i juda sezgir bo‘lganligi sababli, u ancha keng diapazonli tovush intensivligini qabul qila oladi. Insonning qulog‘i chastotasi 1000 3000 Hz orasida bo‘lgan tebranishlarga nisbatan juda sezgir bo‘lib, bu chastota oralig‘ida eshitish bo‘sag‘asi intensivligi W/m2 ga tengdir. Tovushning intensivligini haddan tashqari katta bo‘lganda ham quloq uning tebranishlarini tovush sifatida qabul qilmaydi. Bu tebranishlar quloqda og‘riq tuyg‘usini uyg‘otadi. Tovushning qattiqligi matematik nuqtai nazardan tovush intensivligining logarifmiga proporsional. Tovushning qattiqlik darajasi quyidagi qonun asosida aniqlanadi: (116) bunda k – proporsionallik koeffitsienti. Agar k=1 deb olinsa, tovushning qattiqligi Bel (B) deb ataluvchi birlikda o‘lchanadi, ya’ni (117) Muhitdagi tovush tebranishlari garmonik bo‘lgandagina eshitish orqali baholangan tovushning balandligi ob’ektiv ravishda tebranish chastotasiga mos keladi. Agar muhitdagi tovush tebranishlari garmonik bo‘lmasa, ya’ni nogarmonik bo‘lsa, bu tebranishni chastotasi karrali bo‘lgan garmonik tebranishlarning yig‘indisi sifatida tasavvur qilish mumkin. Bu holda garmonik tebranishning eng kichik chastotasi bilan ifodalanadigan tashkil etuvchisiga asosiy ton deyilib va qolgan tashkil etuvchilariga esa obertonlar deyiladi. Tovush asosiy toniga mos keluvchi chastotaga ni quloq tovushning balandligi sifatida qabul qilinadi. Tovush asosiy tonining chastotasi qancha katta bo‘lsa, tovushning balandligi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Tovushning qattiqligi va balandligidan tashqari odam ajrata oladigan yana bir sifat belgisi uning tembridir. Inson tovushning tembriga qarab tovush manbalarini bir-biridan ajrata oladi. Masalan, tovush tembriga qarab kim gapirayotganini, kim kuylayotganini yoki qanday cholg‘u asbobida kuy chalinayotganligini aniqlash mumkin. Tebranish chastotalari 20000 Hz dan katta bo‘lgan mexanik tebranishlarni inson qulog‘i tovush sifatida qabul qilmaydi. Ularga ultratovush tebranishlari yoki Download 421.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling