8-modul (10-ma’ruza): Bozor segmentatsiyasi va haridorlar turlari Ma’ruzaning rejasi


-chizma. Milliy firmalar uchun bozor segmentatsiyasi variantlari


Download 50.91 Kb.
bet5/7
Sana25.02.2023
Hajmi50.91 Kb.
#1230860
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10 4 soatga

16-chizma. Milliy firmalar uchun bozor segmentatsiyasi variantlari
Yakka iste’molchilar va foydalanuvchilarga sotishga mo‘ljallangan bozor segmentatsiyalari — bular iste’molchi turiga, ommaviy kommunikatsiya vositalari yoki «hayot tarzi»ga mo‘ljallangan geografik, ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik segmentlar.
Tanlangan bozor strategiyasi bilan belgilanadigan bozor segmentlari, birinchi navbatda, ishlab chiqarish strukturasi, texnologiyalar, qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish, bozorni ishlab chiqarish usullari, tadbirkorlik afzalliklarining o‘z imkoniyatlaridan chiqqan holda asoslanadilar.
Keyingi vaqtlarda sotish strategiyasi bilan belgilanadigan bozor segmentlarida to‘g‘ri marketing degan sotish texnologiyasi tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. To‘g‘ri marketing deganda tovarlarni yetkazib berganga qadar haridorning u bilan har qanday aloqasini man etadigan texnologiya tushuniladi. To‘g‘ri marketing Assotsiatsiyasining ta’rifiga ko‘ra «To‘g‘ri marketing — bu interaktiv marketing tizimi, unda muayyan javobni olish yoki ixtiyoriy regionda bitimni tuzish uchun bitta yoki bir nechta kommunikatsiya vositasi qo‘llaniladi».
Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, asosiy zarba firma faoliyati turlaridan biriga bo‘lgan muayyan javobga qilinadi. Bu javobning natijasida iste’molchi tomondan biror buyurtma beriladi. Shuning uchun to‘g‘ri marketing to‘g‘ri buyurtmalar marketingi deb ham ataladi. Vaqtvaqti bilan kompaniyalarning maxsus xizmatlari o‘z mijozlariga tabriknomalar, umumiy ma’lumotlar bazasidan olingan har xil axborot beruvchi materiallar, alohida haridorlarga suvenirlar va sovg‘alar yuboradilar. Bularning hammasi haridor bilan doimiy uzviy aloqani ushlab turishga imkon beradi, aniq firmaning real faoliyati haqida unga zarur bo‘lgan axborotni ta’minlaydi.
To‘g‘ri marketing mos ismlar va manzillar ro‘yxatining mavjudligi va ochiqligi sababli amal qiladi — ular bo‘yicha kataloglar, reklama prospektlari va takliflarni yuborish oson. Vaholanki, bu ro‘yxatlar nafaqat yakka iste’molchi bilan bog‘liq segmentlar, shu bilan birga korxonalarga sotish uchun mo‘ljallangan segmentlarga ham tegishlidir.



Download 50.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling