8-modul (10-ma’ruza): Bozor segmentatsiyasi va haridorlar turlari Ma’ruzaning rejasi


Bozorni segmentlashtirishning asosiy tamoyillari (geografik, psixografik, xulqiy, demografik)


Download 50.91 Kb.
bet3/7
Sana25.02.2023
Hajmi50.91 Kb.
#1230860
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10 4 soatga

Bozorni segmentlashtirishning asosiy tamoyillari (geografik, psixografik, xulqiy, demografik).

Iste’molchilar segmentatsiyasi turli xil belgilarga asosan amalga oshirilishi mumkin (15-chizma):





15-chizma. Bozor segmeyatatsiyasining belgilari
Geografik segmentatsiya — geografik kartani qo‘llashga asoslangan eng oddiy usul. Bu usulni aholining madaniy urfodatlarida va iqlimda farq bo‘lganda qo‘llash zarur. Geografik segmentatsiya reklamani tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Geografik belgi bo‘yicha segmentatsiyalash bozorning har xil geografik zonalarga bo‘linishini nazarda tutadi: davlatlar, shaharlar, tumanlar. Firmalar bitta yoki bir nechta geografik hududlarda faoliyat yuritish haqida qaror qabul qilishi mumkin, lekin geografiya bilan belgilanadigan ehtiyojlar va afzalliklarni hisobga olishi kerak.
Demografik segmentatsiya — uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan omillarga asoslanadi. Demografik segmentatsiya ikkita sababga ko‘ra keng tarqaldi. Bu sabablar quyidagilar:
1) demografik ko‘rsatkichlar oson tasniflanadi va miqdoriy baholanadi;
2) demografik ko‘rsatkichlarning tahlili va boshlang‘ich axborotni tashkil etish tizimi bozordagi iste’molchilar guruhining motivatsiyasi bilan, shuningdek, axloqiy belgi bo‘yicha bozor segmentatsiyasini tavsiflaydigan o‘zgaruvchi omillar bilan uzviy bog‘liqdir. Demografik ko‘rsatkichlar faqat bir-biri bilan bog‘liq holda qo‘llanadi.
Demografik belgi bo‘yicha bozorni segmentlarga ajratish bozorni jins, yosh, oilaning kattaligi, oila hayotining bosqichlari va shu kabi demografik o‘zgaruvchilar asosida guruhlarga bo‘lishdan iborat.
Demografik o‘zgaruvchilar — iste’molchilar guruhlarini bo‘lish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi segmentatsiyaning eng mashhur omillaridir. Bu, bir tomondan, ehtiyojlar, afzalliklar va tovarlarni iste’mol qilish intensivligi ko‘pincha demografik belgilar bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi; ikkinchi tomondan, demografik xususiyatlar boshqalarga qaraganda oson o‘lchanishidan kelib chiqadi.

Download 50.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling