8-sinf darsligidagi muhim ma’lumotlar. Ozo Sayimov 93 609 99 55 Davriy qonun


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1718775
1   2   3   4
Bog'liq
8-SINF DARSLIGIDAGI MUHIM MA\'LUMOTLAR.

Kristall panjara turlari.
1. Ionli kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida musbat va manfiy ionlar joylashgan va ular
orasida ionli bog‗ lanish mavjud bo‗lgan tuzilmalar ionli kristall panjaralar deyiladi.
Masalan, tipik metallarning tuzlari (NaCl, KNO3, CuSO4), ishqorlar (NaOH, KOH, Ca(OH)2) va ba‘zi
oksidlar.
2. Atom kristall panjaralar. Kristall panjara tugunchalarida alohida atomlar joylashgan va ular orasida
kovalent bog‗lanish mavjud bo‗lgan tuzilmalar atom kristall panjaralar deb ataladi.
Masalan, olmos, grafit, kremniy, bor kabi oddiy moddalar.
3. Molekular kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida alohida molekulalar joylashgan tuzilmalar
molekular kristall panjaralar deyiladi. Masalan, molekular kristall panjara tugunlarida
kovalent qutb siz molekulalar joylashgan oddiy modda lar (qattiq holdagi H2, N2, O2, Cl2, P4,
S8), kovalent qutbli bog‗la nishli molekulalar (qattiq holdagi H2O, HCl, CO2, H2S).
4. Metall kristall panjaralar. Kristall panjara tugunlarida alohida atomlar va musbat ionlar joylashgan
va ular orasida metall bog‗lanish mavjud bo‗lgan tuzilmalar metall kristall panjaralar deyiladi.
Masa lan, barcha metallar (Na, Ba, Zn, Al, Cu, Au).
Oksidlanish darajasi.
• Oddiy moddalarda atomlarning oksidlanish darajasi nolga teng (N2, O2, cl2, O3, P, S, c, Na, Mg, Al,
Fe ...).
• Metall atomlarining barchasi elektron beradi, shuning uchun ular faqat musbat oksidlanish darajasini
hosil qiladi.
• Metallmaslardan ftor faqat –1 oksidlanish darajasiga ega. qolgan metallmaslar ham manfiy, ham
musbat oksidlanish darajasini namoyon qila oladi.
• Asosiy guruhcha elementlarining yuqori oksidlanish darajasi, shu elementning guruh raqamiga
teng: Na + , Mg +2 , Al +3 , Si +4 , P +5 , S +6 , Cl +7 .
• qo‗shimcha guruhcha elementlarining yuqori oksidlanish darajasi ham guruh raqamiga teng bo‗ladi
(ayrim hollarda mos kelmaydi).
• 
Elementning quyi oksidlanish darajasi sakkizdan uning valent elektronlarining ayirmasiga teng
bo‗lib manfiy ishorali bo‗ ladi va bu metallmaslarga xos.


Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida elektron olgan element yoki ion 
oksidlovchi
, elektron bergan 
element yoki ion 
qaytaruvchi
deb ataladi. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling