8-sinf darsligidagi muhim ma’lumotlar. Ozo Sayimov 93 609 99 55 Davriy qonun
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
8-SINF DARSLIGIDAGI MUHIM MA\'LUMOTLAR.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biogen elementlar. Inson tanasining 99,4 foizini H, O, C, N, Ca tashkil etadi. Ular ning barchasi makrobiogen
- Marganes
- Molibden
Mineral o’g’itlar. Ozo
SAYIMOV 93 609 99 55 O‗simliklar uchun ko‗proq miqdorda zarur bo‗ladigan elementlar makro elementlar, ozroq miqdorda kerak bo‗ladigan elementlar esa mikroelementlar deb ataladi: Makroelementlar — C, O, H, N, P, S, Mg, K, Ca; Mikroelementlar — Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, Co. Oddiy o‗g‗itlar tarkibida faqat bitta ozuqa elementi bo‗ladi (NaNO3, KCl, NH4NO3, Ca(H2PO4)2 va boshqalar) kompleks o‗g‗it tarkibida ikki yoki uch xil ozuqa elementi uchraydi (KNO3, NH4H2PO4 va boshqalar). Fosforit talqoni - Ca3(PO4)2 , Oddiy superfosfat Ca(H2PO4)2* CaSO4*2H2O , qo‗sh superfosfat - Ca(H2PO4)2*2H2O , pretsipitat - CaHPO4 *2H2O , Ammofos — Ca(H2PO4)2, (NH4)2HPO4 va NH4H2PO4 lar aralashmasi. Silvinit — KCl *NaCl , Kainit — MgSO4*KCl *3H2O , K2CO3 –potash. Biogen elementlar. Inson tanasining 99,4 foizini H, O, C, N, Ca tashkil etadi. Ular ning barchasi makrobiogen elementlar deb ataladi.Tirik organizmda 0,01 % dan kam miqdorda uchraydigan 10 ta element: Fe, Mn, Co, Cu, Mo, Zn, F, Br, I, B mikrobiogen elementlar deb ataladi. Marganes, mis, molibden va bor -fotosintez jarayonining, borishiga, o‗simliklarning o‗sishi va urug‗larining yetilishida muhim ahamiyatga ega. Mis - quritilgan botqoq yerlar, qumloq va mis deyarli uchramaydigan yerlarda don hosildorligini ko‗paytirishda, Mo — dukkaklilar va yem-hashak ekinlari samaradorligini oshirish, Mn — qandlavlagi, bug‗doy yetishtirishda, Zn — makkajo‗xoridan yuqori hosil olishda katta sa mara beradi. Co va I — hayvonlardan yuqori va sifatli mahsulot olishda muhim omil hisoblanadi. Marganes -tirik organizmlarda siydik hosil bo‗lishida asosiy elementdir. Kobalt — gemoglobin sintezida katta ahamiyatga ega, DNK va aminokislotalar almashinuvida muhim element hisoblanadi. Mis — teri pigmentatsiyasida, Fe ning o‗zlashtirilishida katta rol o‗ynaydi. Rux — organizmda CO2 hosil bo‗lishi va oqsillarni o‗zlashtirilishida muhim ahamiyatga ega. Molibden — azotning o‗zlashtirilishida va organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida o‗z o‗rniga ega. Ftor — tirik organizmlar suyak to‗qimalarining hosil bo‗lishi va o‗sishida juda zarur elementlardan biri hisoblanadi. Brom — oliy nerv faoliyatining normal kechishi uchun javob beruvchi elementlardan biri.Yod — organizmlarning normal o‗sishi, jinsiy yetilishi uchun zarur element. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling