8-sinf darsligidagi muhim ma’lumotlar. Ozo Sayimov 93 609 99 55 Davriy qonun


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana25.10.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1718775
1   2   3   4
Bog'liq
8-SINF DARSLIGIDAGI MUHIM MA\'LUMOTLAR.

Mineral o’g’itlar. Ozo
 SAYIMOV 93 609 99 55
O‗simliklar uchun ko‗proq miqdorda zarur bo‗ladigan elementlar makro elementlar, ozroq
miqdorda kerak bo‗ladigan elementlar esa mikroelementlar deb ataladi:
Makroelementlar — C, O, H, N, P, S, Mg, K, Ca; Mikroelementlar — Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, Co.
Oddiy o‗g‗itlar tarkibida faqat bitta ozuqa elementi bo‗ladi (NaNO3, KCl, NH4NO3,
Ca(H2PO4)2 va boshqalar) kompleks o‗g‗it tarkibida ikki yoki uch xil ozuqa elementi uchraydi
(KNO3, NH4H2PO4 va boshqalar).


Fosforit talqoni - 
Ca3(PO4)2 , Oddiy superfosfat Ca(H2PO4)2* CaSO4*2H2O , qo‗sh superfosfat - 
Ca(H2PO4)2*2H2O , pretsipitat - CaHPO4 *2H2O , Ammofos — Ca(H2PO4)2, (NH4)2HPO4 va 
NH4H2PO4 lar aralashmasi. Silvinit — KCl *NaCl , Kainit — MgSO4*KCl *3H2O , K2CO3 –potash. 
Biogen elementlar. 
Inson tanasining 99,4 foizini H, O, C, N, Ca tashkil etadi. Ular ning barchasi makrobiogen elementlar 
deb ataladi.Tirik organizmda 0,01 % dan kam miqdorda uchraydigan 10 ta element: Fe, Mn, Co, 
Cu, Mo, Zn, F, Br, I, B mikrobiogen elementlar deb ataladi. 
Marganes, mis, molibden va bor -fotosintez jarayonining, borishiga, o‗simliklarning o‗sishi va
urug‗larining yetilishida muhim ahamiyatga ega. Mis - quritilgan botqoq yerlar, qumloq va mis
deyarli uchramaydigan yerlarda don hosildorligini ko‗paytirishda, Mo — dukkaklilar va yem-hashak 
ekinlari samaradorligini oshirishMn — qandlavlagi, bug‗doy yetishtirishda, Zn — makkajo‗xoridan
yuqori hosil olishda katta sa mara beradi. Co va I — hayvonlardan yuqori va sifatli mahsulot
olishda muhim omil hisoblanadi. Marganes -tirik organizmlarda siydik hosil bo‗lishida asosiy 
elementdir. Kobalt — gemoglobin sintezida katta ahamiyatga ega, DNK va aminokislotalar
almashinuvida muhim element hisoblanadi. Mis — teri pigmentatsiyasida, Fe ning o‗zlashtirilishida 
katta rol o‗ynaydi. Rux — organizmda CO2 hosil bo‗lishi va oqsillarni o‗zlashtirilishida muhim
ahamiyatga ega. Molibden — azotning o‗zlashtirilishida va organizmdagi oksidlanish-qaytarilish
jarayonlarida o‗z o‗rniga ega. Ftor — tirik organizmlar suyak to‗qimalarining hosil bo‗lishi
va o‗sishida juda zarur elementlardan biri hisoblanadi. Brom — oliy nerv faoliyatining normal 
kechishi uchun javob beruvchi elementlardan biri.Yod — organizmlarning normal o‗sishi, jinsiy 
yetilishi uchun zarur element. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling