8-sinf Geografiya


Download 22.83 Kb.
bet2/3
Sana02.05.2023
Hajmi22.83 Kb.
#1420532
1   2   3
Bog'liq
8 sinf geografiya dunyo okeani

I.Tashkiliy qism;
Salomlashish, davomatni aniqlash,o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
O’quvchilar sinfga kirganlarida guruhlar nomi yozilgan qog’ozchalarni tanlab, guruhlarga bo’linadilar.
1-guruh; 2-guruh;

AL-Xorazmiy Abu Rayhon Beruniy


II.O’tilgan mavzuni so’rash:
2.Guruhdan 4nafar o’quvchi mavzuni tushuntirib beradi.
III.O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
a.topshiriq.
1)Sirdaryo viloyati qaysi viloyatlar bilan chegaradosh?
2)Sirdaryo viloyatida mamlakat aholisining necha foizi yashaydi?
3)Viloyatning asosiy sanoat tarmoqlari?
4)Viloyatda bugungi kunda nechtadan ortiq sanoat korxonalari mavjud?
5)Sirdaryo viloyatida nechta shaxar bor?
6)Yaniyer shaxri nechanchi yilda bunyod bo’lgan?
b.topshiriq.
“Eng , eng ,eng , o’yini tashkil etiladi.Guruhlar slaydda ko’rsatilgan Dunyo tabiiy xaritasi foydalanidi.
1.Dunyodagi eng katta cho’l –Sahroyi Kabir.
2.Eng katta sun’iy kanal-Suvaysh.
3.Eng katta yarim orol-Arabiston yarim oroli
4.Eng katta ko’l-Kasbiy
5.Eng sersuv daryo-Amazonka
6.Eng katta orol-Grelandiya
7 .Eng katta daryo-Nil.
8.O’zbekistonning eng baland nuqtasi-4643m Hazrati Sulton
IV.Yangi mavzu bayon
Reja:
1.Jizzax viloyatining geografik o’rni .
2.Jizzax viloyat axolisi.
3.Jizzax viloyatining qishloq xo’jaligi.
4.Jizzax viloyatining shaxarlari.
Jizzax viloyati Mirzacho’l iqtisodiy rayoning janubi g’arbida joylashgan.Viloyat hududi Sangzor daryosi hamda Janubiy Mirzacho’l Kanalining suvi bilan sug’oriladi.Uning hududi shimol tomonga nishab
bo’lib, sun’iy sug’orish uchun qulay.
Viloyat hududidan ko’p tarmoqli xo’jalikka asos bo’ladigan xilma-xil tabiiy boyliklar topilgan.Turkiston tizmasining shimoliy yonbag’rida Zomin tog’-o’rmon qo’riqxonasi tashkil qilingan.Bu yerda tog’ o’simlik va hayvonot olamining rivojlanishi bo’yicha tadqiqot olib boriladi.Ushbu so’lim mintaqaga dam olish maskani-“Zomin’’sanatoriyasi qurilgan. `Jizzax viloyatida mamlakat aholisining 4 foizi jamlangan . Aholining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi. Viloyat aholising 81 foizidan ko’prog’ini o’zbeklar tashkil qiladi .
Sanoatning asosiy tarmoqlari : rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat.
Qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari : paxtachilik , donchilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik, go’sht-sut chorvachiligi.
Viloyatning o’zining yoqilg’i-energetika majmuasiga ega emas. Unga tabiiy gaz Buxoro viloyatidan, elektr quvvati esa Sirdaryo viloyatidan keltiriladi.Tog’-kon sanoati Qo’ytoshda rivojlangan.Shimoliy Nurota tog’larida volfram-molibden konlari ishlab turibdi.
Viloyat hududida qishloq xo’jaligi ekinlari ekiladigan 1,2mln gektar yer bor .Buning 1/3 qismdan dehqonchilikka foydalanilmoqda. Jizzax shaxri viloyatining ma’muriy markazidir.U dengiz sathidan 450 m balandda , Sangzor daryosi bo’yida qad ko’targan.Toshkent Samarqand temiryo’li va Katta O’zbek trakti shahar yaqinidan o’tadi.

Download 22.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling