8-sinf jahon tarixi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI
18-Toshkentda vabo isyoni (31) Savollar va javobi 1. Qachon Afg’onistonda vabo kasalligi tarqaldi? 1892-yil martida 2. 1892-yil bahor faslining oxirlarida qayerda vabo kasalligi qayd qilingan? Samarqand viloyatining Jizzax uyezdida 3. 1892-yilning 7-iyunida qayerda vabo kasalligi tarqaldi? Toshkentda 4. Toshkent shahar ma’muriyati vabo kasalligiga qarshi tadbirlar qatorida shahardagi necha qabristonni yopib qo’ydi? 12 ta 5. Toshkentning Eski shahridagi xalqparvar, mustamlakachilarga yoqmaydigan oqsoqolni aniqlang. Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev 6. Toshkentda ko’tarilgan «Vabo isyoni »ga sabablar xato berilgan javobni aniqlang. Toshkent oqsoqolining vabo kasali bilan og’rib vafot etgan odamni vabo uchun ochilgan shahar chekkasidagi qabristonga ko’mishni buyurgani 7. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, birinchidan.... mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mustamlakachilik jabr-zulmining tobora kuchayib borayotganligi 8. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, ikkinchidan.... xalq ommasining og’ir ahvoli, hunarmand kosiblar va mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi 9. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, uchinchidan.... istemol mahsulotlari narxlarining to’xtovsiz oshib borishi 10. 1892-yildagi Turkistondagi norozilik harakatlarini keltirib chiqargan asosiy sabab, to’rtinchidan.... amaldorlarning o’z mansablarini suiistemol qilishi, poraxo’rligi 11. « Vabo isyoni» qachon va qayerda bo’lib o’tdi ? 1892-yil-Toshkent 12. “Vabo isyoni”ning yana bir nomi qanday ataladi? “toshotar voqeasi” 13. “Vabo isyoni” nomini olgan qo’zg’alon Toshkentda qachon boshlandi? 1892-yil 24-iyun 14. “Vabo isyoni” qo’zg’alonchilari asosan kimlardan iborat edi? mardikorlar va hunarmand kosiblar 15. “Vabo isyoni” qo’zg’aloni qaysi voqeadan keyin boshlandi? mahalliy aholining noinsof, poraxo’r va so’dxo’rlarga, hokimiyatni suiistemol qilish bilan tanilgan Toshkent shahri bosh oqsoqoliga noroziligi bilan boshlandi 16. “Vabo isyoni” ni o’z ko’zi bilan ko’rgan zamondoshi bu voqea haqida aytgan gaplari xato berilgan javobni toping. “olomon taxminan 500 kishi atrofida edi” 17. “Vabo isyoni” boshlanishi davrida Toshkentning Eski shahrida oqsoqol kim edi? Muhammad Yoqub 18. Orenburgdan Toshkentga qadar temiryo’l qachon qurib bitkazildi? 1905-yil 19. 1888-yil dastlabki poyezd Turkistonning qayeriga keldi? Samarqand 20. Raim qal’asi qachon qurildi? 1847-yil 21. Raim qal’asining yana bir nomi? Orol 22. Xivada Muhammad Aminxon madrasasi qachon qurildi? 1851-1855-yillar 23. 1853-yil....... Orenburg general-gubernatori Perovskiy tomonidan Oqmachit qal’asi egallandi 24. “Vabo isyoni” boshlanishi davrida Toshkent shahar boshlig’i kim edi? Putinsev 25. Olomondan qo’rqib ketgan Eski shahar oqsoqoli Muhammad Yaqub yordam so’rab kimning huzurida bekinishga majbur bo’ladi? Putinsev 26. “Vabo isyoni” davrida Toshkent xalqi kimni do’pposlab, mahkamani ostin-ustun qilib tashlashadi? Putinsev 27. Toshkentdagi “Vabo isyoni”ni bostirish uchun qanday harbiy qismlar chaqirildi? kazaklar polki va 1 rota askar 28. Turkistonda kuchga kirgan “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” qachon joriy etildi? 1892-yil 18-iyun 29. Turkistonda kuchga kirgan “Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida” joriy etilgach Turkiston general-gubernatori ega bo’lgan vakolatlarni ko’rsating. 1.majlis-yig’inlarni tarqatish 2.savdo-sanoat korxonalarini yopish 3.matbuot organlarini taqiqlash 4.istalgan odamni surgun qilish 5.jarima solish 6.chet el bilan aloqa qilish 7.askar to’plash 8.savdo bojini ko’paytirish 9.aholini sud qilish 1,2,3,4,5 30. Turkistonda “favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan joylarda butun hokimiyat kimning qo’liga o’tdi? A va C 31. Qachon Ernazarbiy boshchiligida qoraqalpoqlar qo’zg’aloni bo’lib o’tdi? 1855-1856-yillar Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling