8-sinf jahon tarixi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/79
Sana13.09.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1676572
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79
Bog'liq
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI

 
 
19-Andijon qo'zg'oloni (47) 
Savollar va javobi 
1. Rus hukumatining qaysi hujjatining asosiy maqsadi Turkiston o’lkasida yer masalasini rus 
mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish bo’lgan? 
 1886 yilgi “Nizom” 
2. Podsho ma’murlari mahalliy xalqqa tegishli yerlarning katta qismini tortib olib, Rossiyadan 
ko’chib kelganlar uchun yer fondi tashkil etdi.Bunday siyosat ayniqsa qaysi hududda aholining 
ahvolini yomonlashtirib yubordi? 
 Farg’ona 
3. Turkistonda aholi zich joylashgan, sug’orma ekin maydonlari kam bo’lgan hududni aniqlang. 
 Farg’ona vodiysi 
4. Qachon Rossiyadan Farg’onaga ko’plab aholi ko’chirib kelindi? 
 1891-yil 
5. XIX asr oxirida Turkistonda din peshvolarining keskin noroziligini keltirib chiqargan rus 
hukumatining siyosatini aniqlang. 
 A va B 
6. Andijon qo’zg’aloni qachon bo’lib o’tdi? 
 1898-yil 
7. 1898-yilgi Andijon qo’zg’aloni haqida xato ma’lumotni toping. 
 Dukchi Eshon 1845-1898-yillarda yashab o’tgan 
8. XIX asrda Turkistonda rus ma’murlariga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alon rahbarlaridan qaysi biri 
oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib, sodda xalq o’rtasida mo’jizalar ko’rsatgan? 


 Dukchi Eshon 
9. Qachon Farg’ona vodiysining turli joylarida Muhammad Ali boshchiligida qo’zg’alon bo’lishi 
haqida gaplar tarqaldi? 
 1898-yilning bahori 
10. Andijonda mahalliy aholining mustamlakachilik jabr-zulmiga qarshi norozilik harakatlarining 
oshkora qo’zg’alon ko’rinishida boshlanib ketishiga nima sabab bo’ldi? 
 1898-yil 17-may kuni Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib
qo’zg’alon ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qilishi sabab bo’ldi 
11. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqdagi telegraf simlarni qirqib 
tashlashdi? 
 Tojikqishloq 
12. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qayerning pristavini o’ldirdilar? 
 Asaka 
13. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar ikkiga bo’linib, ularning biriga kim rahbarlik 
qiladi? 
 Ziyovuddin mahsum 
14. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqqa borganlarida ularning 
saflariga yana 200 kishi qo’shildi? 
 Qutchi 
15. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qaysi qishloqqa borganlarida ularning 
saflariga mingboshi G’oyibnazar o’z odamlari bilan qo’shildi? 
 Qo’yli 
16. Qachon Muhammad Ali o’z odamlari orqali atrofidagi qishloqlarga xabar tarqatib, qo’zg’alon 
ko’tarish vaqti kelganligini e’lon qildi? 
 1898-yil 17-may 
17. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar Qutchi qishlog’iga borganlarida ularning 
saflariga qancha kishi qo’shildi? 
 200 kishi 
18. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar Qo’yli qishlog’iga borganlarida ularning 
saflariga kim o’z odamlari bilan qo’shildi? 
 mingboshi G’oyibnazar 
19. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilar qayerdagi rus harbiy kazarmasiga hujum 
qilishdi? 
 Andijon 
20. Muhammad Ali boshchiligidagi qo’zg’alonchilarning Andijondagi rus harbiy kazarmasiga 
hujumi tafsilotlari xato berilgan javobni toping. 
 qo’zg’alonchilarning 9 tasi yarador qilindi 
21. Muhammad Ali qo’zg’aloni Andijonning qaysi qismida ayniqsa vahima uyg’otdi? 
 Yangi shahar 
22. Muhammad Ali qo’zg’alonidan qo’rqib, ko’chaga chiqmay o’z uyidan telefon orqali harbiy 
kuchlarni chaqirgan tumanboshi kim? 
 Konshevskiy 
23. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirish uchun rus harbiy qismlari necha soat ichida Andijonga 
yetib kelishdi? 
 3 soat 
24. Muhammad Ali qo’zg’aloni boshlangan paytda Turkiston general-gubernatori kim edi? 
 Vrevskiy 
25. Andijondagi 1898-yil qo’zg’alonidan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-
leytenant …….ni lavozimidan chetlatdi? 
 Vrevskiy 
26. Andijondagi 1898-yil qo’zg’alonidan keyin Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-
leytenant Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, bu vazifani vaqtinchalik kimning zimmasiga yukladi? 


 Korolkov 
27. Quyidagi xato javobni toping. 
 1898-yilgacha Korolkov Samarqand viloyatining harbiy gubernatori edi 
28. Korolkov 1898-yil 20-may kuni qo’zg’alon ko’tarilishining oldini ololmagani uchun qaysi 
viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarini lavozimidan bo’shatdi? 
 Farg’ona 
29. Korolkov qachon qo’zg’alon ko’tarilishining oldini ololmagani uchun Farg’ona viloyat harbiy 
gubernatori va bir qancha amaldorlarini lavozimidan bo’shatdi? 
 1898-yil 20-may 
30. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirilgach qancha kishi hibsga olindi? 
 2000 kishi 
31. Muhammad Ali qo’zg’alonini bostirilgach qo’zg’alonchilardan qancha kishi o’lim jazosiga 
hukm qilindi? 
 380 kishi 
32. Qaysi harbiy vazir Turkiston general-gubernatori Duxovskoyga qo’zg’alonchilarni o’ldirish 
ko’paymasligi to’g’risida telegramma jo’natdi? 
 Kuropotkin 
33. 1898-yilda vaqtinchalik Turkiston general-gubernatorlik vazifasi topshirilgan Korolkov kim 
edi? 
 Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori 
34. Dukchi Eshon qo’zg’alonchilar safida qancha kishiga o’lim jazosi berildi? 
 22 kishiga 
35. Duxovskoyga Andijon qo’zg’alonchilariga berilgan o’lim jazosini katorga va qamoq jazosiga 
almashtirish haqida ko’rsatmani kim bergan? 
 harbiy vazir 
36. Quyidagi xato javobni toping. 
 Andijon qo’zg’alonchilaridan 3 ming kishi hibsga olindi 
37. Muhammad Ali qo’zga’lonidan keyin yana qachon Farg’ona vodiysida yangi qo’zg’alon bo’lib 
o’tdi? 
 1899-yil 20-iyul 
38. Rossiya imperiyasi uchun eng notinch, to’xtovsiz norozilik harakatlari va qo’zg’alon bo’lib 
turgan hududni aniqlang. 
 Turkiston 
39. Dukchi Eshon qo’zg’aloni yengilish sabablari xato berilgan javobni aniqlang. 
 zamonaviy qurollar bo’la turib, undan foydalana bilishmadi 
40. Chibil bo’lis qayerdagi qo’zg’alonchilarga boshchilik qildi? 
 Ketmontepa va Ko’gart 
41. Dukchi Eshon qo’zg’aloni yengilish sabablari xato berilgan javobni aniqlang. 
 qo’zg’alonda barcha tabaqa ishtirok etsa ham , ba’zi tabaqalarning ruslar tomoniga o’tib ketishi 
42. Dindorlar orasida obro’ qozongan diniy rahnamo unvoni bu..... 
 eshon 
43. Forscha yig, dug ma’nolarini anglatadigan so’z bu…. 
 dukchi 
44. Kazarma so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi? 
 italyancha-uycha 
45. Jinoyatlar uchun og’ir mehnat sharoitida jazoni o’tash joyi bu…. 
 katorga 
46. Harbiy qism joylashtirilgan maxsus bino bu…. 
 kazarma 
47. Charxning yigirilayotgan ,ip o’rab boriladigan qismi.Duk yasovchi hunarmand …..deyilgan. 
 dukchi

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling