8-синф ms excel dasturida diagramma va grafiklarni tahrirlash Darsning texnologik xarita
Download 173.5 Kb.
|
ms excel das dia va graf tahrirlash 2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nuqtali
- Mavzuni mustahkamlash va yakunlash: SJ
1–misol. ikki noma’lumli ikkita tenglamalar sistemasini grafik usulda yeching. Yechish. Berilgan tenglamalar sistemasini quyidagi ko’rinishga keltirib olamiz: . Demak, tenglamalar sistemasini yechimi ikkita to’g’ri chiziqning kesishgan nuqtasi bo’lar ekan. Bu to’g’ri chiziqlarning kesishish nuqtasi qaysi oraliqda bo’lishi noma’lum bo’lgani uchun A ustunda x ni qiymatini -100 dan 0 gacha 10 qadam bilan hosil qilib olamiz. Avvalgi darsda to’g’ri chiziq grafigini hosil qiligan edik. Shu kabi B va C ustunlarda x ning tanlangan qiymatlariga mos 1-funksiya va 2-funksiyani qiymatlarini aniqlaymiz. Hosil bo’lgan qiymatlar asosida nuqtali grafiklar hosil qilib, kesishish nuqtasi borligini va x ning qiymati -10 dan katta ekanligini ko’ramiz. Endi A ustundagi x ning qiymatini -10 dan 10 gacha 2 qadam bilan hosil qilib olamiz. Grafiklar ham mos ravishda o’zgaradi. Grafiklardan ko’rinadiki, kesishish nuqtasida x ning qiymati 0 dan katta va 5 dan kichik ekan. Shuning uchun, A ustundagi x ning qiymatini 0 dan 5 gacha 0,5 qadam bilan hosil qilib yangi grafiklarga ega bo’lamiz. Demak, kesishish nuqtasida x ning qiymati 1 dan katta va 2 dan kichik. Shu tariqa oraliqni va qadamlarni kichraytirib borib, quyidagi natijaviy grafiklarga ega bo’lamiz. To’g’ri chiziqlar grafiklari kesishish nuqtasi aniqroq ko’rinishi uchun quyidagicha tahrirlashni amalga oshirdik: afsonani olib tashladik; diagrammalarning standart turidan Nuqtali (Точечная) turi o’rniga Grafik (График) turini tanladik. Javob: (1,25; 3,75). Izoh. Grafik hosil qilishda OX toifalar o’qida kerakli ko’lamdagi qiymatlar aks etishi uchun avval nuqtali grafik turi tanlanib, tayyor grafikni tahrirlaganda oddiy grafik turini tanlash muhim. Mavzuni mustahkamlash va yakunlash: SJ Darslikdagi yoki qo’shimcha savol va topshiriqlar. K Diagramma obyektlari va misollar. MY Darslikdagi 1-2-mashqlar. BST Avvalgi mavzular yoki qo’shimcha testlar asosida. Uyga vazifa: 1. Darslikdagi 3-mashq. 2. Test tuzish (10 ta va undan ortiq). Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling