8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Afzal-yaxshi, durust,tuzuk


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

Afzal-yaxshi, durust,tuzuk 
Madh qilmoq—maqtamoq, olqishlamoq, ko`klarga ko`tarmoq,ulug`lamoq 
Qusur-ayb,gunoh,xato 
Masrur-shod,xursand, mast 
 
37-darsKESIM.FE`L KESIM VA OT KESIM 
 
Kesim ifodalanishiga ko‘ra fe’l kesim va ot kesimga ajraladi. Fe’l- kesim sof fe’l va 
ba’zan ravishdosh bilan ifodalanadi: 
1. Hasad bilan g‘azab ikki qanot bo‘lib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni 
xira va kuduratli qilib yuboradi. (Abu Rayhon Beruniy) 2. Ishning boshi – 
boshlanguncha. Eslatma: -guncha qo‘shimchasini olgan ravishdoshgina kesim bo‘lib 
kelishi mumkin.  
Fe’ldan boshqa so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so‘z) bilan, 
shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot kesim 
deyiladi:
1) ot bilan: Axloqi zamimalarning eng zararligi hasaddur. (A.Avloniy);
2) sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. (Maqol);
3) son bilan: (Maqol);
4) olmosh bilan: O‘zim har joydaman, ko‘nglim sandadur. (Qo‘shiq);
5) ravish bilan: Savobning eshigi ko`p. (Maqol);
6) modal so‘z bilan: So`zdan so`zning farqi bor, O`ttiz ikki narxi bor. (Maqol);
7) harakat nomi bilan: Burchimiz – a’lo o‘qish.  
8) sifatdosh bilan: Yigit kishining uyalgani – o‘lgani, eman daraxtining egilgani – 
singani. (Maqol)
9) taqlid so‘z bilan: Ko‘chada odam g‘ij-g‘ij.
10) undov so‘z bilan: Endi uning holiga voy.  
Fe’l kesim ish-harakatni, ot kesim predmetning turi yoki belgisini ifodalaydi.
90-mashq. Gaplarning kesim bilan bog`liq umumiy belgisini topib, shu belgi asosida 
yangi gaplar tuzing:
1.Olov o`tinni kuydirib kul qilgani kabi hasad savob amallarni yeb tugatadi. (Hadis) 
2.Hasad etgan kishi dun-u dag`aldur, Bu so`z xalq aro eski masaldur. (So`fi Olloyor) 
3.Aql ojizlansa, hasad kuchga kiradi. (T.Malik) 4.Odam hamisha yashiradigan, 
yashirishga urinadigan illat hasaddir. (T.Malik) 
91-mashq.“Niyating – yo`ldoshing” mavzusida matn yarating. Matnda fe’l kesimli va ot 
kesimli gaplar navbat bilan almashib kelishiga erishing.   
354-mashq. Fe’l kesimli gaplarni ot kesimli gaplarga almashtirib, ko‘chiring. 
Almashtirib bo‘lmasa, sababibi tushuntiring.


1.Dunyodagi eng og‘ir yuk hasad yukidir. Chunki hosid butun dunyodagi shod va 
masrur odamlarning qayg`ularini o’z ustiga yuklab yuradi. (Aristotel) 2. Hasad o`sib-
o`sib g`arazga, g`araz fitnaga aylanadi. Fitna esa har qanday razolatning onasidir. 
(O`.Hoshimov) 3. Olimlar orasidagi hasad jamiyat uchun ofatdir. (T.Malik)
351-topshiriq. Berilgan so‘zlardan so‘zlarining antonimlarini aniqlang: mehnatkash, 
g‘olib, andishali, uyatsiz, chorasizlik, hujum, azob-uqubut, xunuk, kambag‘al. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling