8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa Matnni diqqat bilan o‘qing. ME’MOR SINON TADBIRI
97—98-darslar
NAZORAT ISHI 203-topshiriq Matnni diqqat bilan o‘qing. SA’VA Derazaga osib qo‘yilgan qafasdagi Sa’va kechasi bilan tinmay sayrab chiqardi. Uning xonishini eshitgan Ko‘rshapalak uchib kelib: «Nima uchun kun bo‘yi churq et- maysan-u, nuqul kechasi sayraysan?» — deb so‘radi. Sa’va unga javob berdi: «Buning sababi bor: men ilgari kunduzi sayrab yurgan chog‘imda nogahon to‘rga ilinib qolgandim. Shundan keyin esim kirib, faqat kechalari sayraydigan bo‘ldim». Ko‘rshapalak unga shunday tanbeh berdi: «Senilgari, to‘rga ilinmasingdan oldin shunaqa ehtiyotkor bo‘- lishing kerak edi. Esingning endi kirganidan foyda yo‘q». «Ezop masallari» Matnda tasvirlangan hodisaning sabablarini yozma bayon qiling. 89-mashq. Matnda ishora qilinayotgan jonivorlarning xatti-harakatiasosida ichki qiyofasini yozma tasvirlang. 190-mashq. Matnga yana bir nechta sarlavha toping. Savol va topshiriqlar 7. Masalda qaysi jonivorlar ishtirok etdi? 2. Sa ’vaning taqdiri nima kechdi? 3. Nega uni qafasga solishdi? 4. Ular hayotimizdagi qanday kishilar ramzi bo ‘lib kelgan ? Uyga vazifa Matnni diqqat bilan o‘qing. ME’MOR SINON TADBIRI M e’mor Sinon mashhur Salimiya minoralarini qurarkan, bir to‘da bolalar chug‘urlashib, nimanidir ko‘rsatayotganlarini ko‘rib qolibdi. Ularga yaqinlashib: «Nima gap?» — deb so'rabdi. — Amaki, — deyishibdi ular, — shu minorangiz biroz qiyshayibdi. — Ha, unday bo‘lsa, hozir minorani arqon bil'an torttirib to‘g‘rilaymiz. Sizlar, qarab turinglar, — deb arqon keltirishni buyuribdiM e’mor Sinon mashhur Salimiya minoralarini qurarkan, bir to‘da bolalar chug‘urlashib, nimanidir ko‘rsata- yotganlarini ko‘rib qolibdi. Ularga yaqinlashib: «Nima gap?» — deb so'rabdi. Me’mor Sinon, to bolalar to‘g‘ri bo‘ldi deyishmaguncha, minorani bir arqon bilan torttiraveribdi. Bolalar, to‘g‘ri bo‘ldi, deyishgach to‘xtatibdi. Shu orada bir kishi kelib: — Usta, bu arqon shunday katta minoraga hech bir ta’sir qilmasligini yaxshi bilasiz. Nega endi bolalarning gapiga kirib bunday qildingiz, — deganida, me’mor javob beribdi: — Shunday qilmasam, bu churvaqalar shahar bo'ylab minora qiyshiq, degan gap tarqatishadi. Minoraning egri emasligiga hech kimni ishontirolmaymiz. Endi esa, minora egri edi, arqon bilan torttirib to‘g‘rilatdik, degan gap tarqatishadi. Bu gapga esa aqli bor odam ishonmaydi! «Hikmatli latifalar» 206-topshiriq. M e’mor muammoli vaziyatdan chiqishda nimaga asoslandi? U zukkomi yoki firibgar? M e’morning xatti-harakatlari haqidagi fikringizni yozma bayon qiling. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling