8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani bildiradigan so‘z yoki


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani bildiradigan so‘z yoki
birikma undalma deyiladi. Undalma grammatik jihatdan hech bir bo‘lakka
bog‘lanmaydi. Undalmaalohida ohang bilan ajratilib aytiladi. Uning gapdagi
o‘rni erkin: gap boshida ham, o‘rtasida ham, oxirida ham kelishi
mumkin.Undalma jonivor yoki jonsiz narsaga ham qaratiladi:
Qarg‘avoy, men seni yeyman. (Ertakdan); Seni unutolmas yuragim aslo, ey 0 
‘rta Osiyo, 0 `rta Osiyo. (G ‘.G ‘.) 
N Undalma uyushib kelishi ham mumkin: Muhtaram otalar, onalar, kelinlar, o ‘g 
‘illar, opa-singillar, sizga oila tinchligi hamma narsadan muhim. 
178-mashq. Berilgan gaplarga turli o ‘rinlarda undalmalar qo‘yib ko‘chiring. Tinish 
belgilarini qo‘ying. 
1. Yaxshilar,tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa
bo‘lmaydi. (Beruniy) 2. Yo‘qolgan narsangga ko‘p achinma,inson, achinish ila


qayta kelmas, netarsan. (Koshg‘ariy) 3. Odamlar, ishda oshiqqan ko‘p toyilur, ko‘p 
toyilgan ko‘p yiqilur. (A.Navoiy) 4. Garchi tavakkalsiz erur azmi sust,
mashvaratsiz qilma tavakkul durust. (A.Navoiy)5. Sabr qilsang, g‘o‘radin halvo
bitar, besabrlar o‘z ayog‘idin yitar. (Gulxaniy) 6. Tahammul aylakim, besabrlig‘ 
achchiq etti komingni, b o ‘lur, sabr etsang achchiq g‘o‘radin shirin-u shakar paydo.
(Nodira) 
179-mashq. Qatordagi gaplarning umumiy belgisini topib, unga uchinchi gapni 
kiriting. 
I. 1. Shoshmagin, ey, karvon, to‘xtagin biroz, chashmi zilol bo‘lib dardingni olay.
2. Dengizing qurisa, ne ham qilursan, qayga bosh urarsan, ey munglug`
ko‘ngil.3.E ,inson, suv hayot manbayi ekanligini unutma! 
II. 1. Azizim, dil qasriga beso‘roq kira ko‘rma...2. Boshing egma sira, xoksor

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling