8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

Bilib oling 
Kiritma so‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikriga munosabati (ishonchi,
gumoni, tasdig‘i, inkori va h.), fikrning birovga nisbatlanishi (mansubligi,
aloqadorligi), o‘z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi
(birinchidan, ikkinchidan va h.), fikri va uning tarkibiy qismlariga doir bayon
etadigan qo‘shimcha axboroti yoki izohi kabi rang-barang ma’nolarni
i'fodalaydi. 
186-topshiriq Gaplarni o ‘qing. Bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalanayotgan 
kiritmalarni aniqlang. 
1. Qaysi ishni qilmoqchi bo‘lsang, eng avvalo, o ‘z ko‘ngling bilan kengashib
ko‘rgin. (Yusuf Xos Hojib) 2. Naqlqilibdilarki, yo‘ldan uzoq, o‘tkinchidan xoli bir
yerda ko‘l
bor edi. («Kalila va Dimna») 3. Kimga pand-u nasihat qilsang, unga, avvalo, o 
‘zing amal qil. (Luqm oni Hakim)4. To‘g‘ri, qulog‘ini burasang bas, gazlamasi
ham ichida.
(A.Qahhor) 5. Biz (Men harbiy kiyim — leytenant formasida edim) — ko‘z doktori
Muhtarama Hamidova (hozir u kishi professor) ikkalamiz Hamza nomidagi 0 ‘zbek
Davlat
akademik drama teatrining eski binosiga, Uyg‘unning «Qaltis hazil» komediyasini
tomosha qilgani borgan edik.(K.Qahhorova) 6. Otinoyi, ko‘pincha, o‘z ishi bilan 
shug‘ullanar, darsda, asosan, xalifa (hozirgi til bilan aytganda, sinf boshlig‘i)
rahbarlik qilar, sho‘xlik qilgan qizlarga ham xalifaning o‘zi jazo berar edi.
(K.Qahhorova) 
Bilib oling 
Kiritma barcha bo‘laklar kabi sodda va murakkab bo‘ladi. Sodda kiritmalar
so‘zlar va so‘z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar esa so‘z birikmasi, kengaygan
birikma va gaplar bilan ifodalanadi. 


177-mashq. Gaplardagi kiritmalarni aniqlab, tinish belgilarini o ‘rniga qo‘ying.
Kiritmalarni qanday ma’no anglatayotganiga ko‘ra tasniflang. 
1. Zero , sen mening emas, o‘z qorningning g‘amini yeyapsan. 2. Hayotda ham
shunday, yomon niyatli kishilar, agar oqil odamlarga biror bir yovuzlik qilmoqchi
bo‘lsalar, ko‘zlagan barcha makr-u hiylalari, baribir ,albatta, fosh bo‘lgay. 3.
Demak agar odam bir-biriga zid bo‘lgan ikkita ishga baravar kirishsa, uning hech
qanday samaraga
erisha olmasligi muqarrar. 4. Shuningdek ko‘p odamlar ham birovning shohona
ziyofatida mehmon bo‘lishdan o‘z uylarida kam tarona kun kechirishni afzal
ko‘radilar. 
5. Alqissa yaxshi odamlar uchun foydali bo‘lgan har qanday amalni yovuz niyatli
kishilar manfur ish deb biladilar.6. Binobarin bizlar ham o‘zimizda boriga shukur
qilmog‘i-
miz va ochko‘zlik tufayli bor-budimizdan mosuvo bo‘lishimiz mumkinligini
unutmasligimiz kerak. 
«Ezop masallari» 
Savol va topshiriqlar 
1. So'zlovchi o ‘zfikriga munosabatini qanday ifodalaydi? 
2. Yo ‘l-yo ‘lakay gapdan о ‘rin olgan qo ‘shimcha fikr ifodasi qanday nomlanadi? 
3. Kirish va kiritmaning о ‘xshash va farqli tomonlari nimada ? 
4. Kirish va kiritmalar qaysi bo'laklarga tobelanadi? 
Uyga vazifa 
187-topshiriq. Quyidagi gaplarning har biriga kirish va kiritma qurilmaiarni 
qo‘yib gaplarni ko‘chiring. 
1. Mehmoni yo‘q qora uydan,shubhasiz, dala-tuz yaxshi. («Komillik o ‘gitlari») 2.
Teran fikrni doim keksalardan qidirginzero, bahor suvi kuzda musaffolik topadi.
(Termiziy) 3. Odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham sadaqa
hisoblanadi. (Hadis) 4. Nosihi sodiq erurki beg‘araz, bil anga olamda topilmas
evaz. (Alisher Navoiy) 5. Mehmonsiz uy suvi quri- gan tegirmonga o‘xshaydi.
(«Komillik o ‘gitlari») 6. Kishi- larning qadrlisi saxovatli kishilardir. (Yusuf Xos
Hojib) 
188- topshiriq. Nosih, tizgin, nuqson, tama, tamiz, raso, xalifa so‘zlarining 
ma’nolarini izohlardan aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va qo‘llash uchun eslab 
qoling: 1) nasihatgo‘y; 2) kishi nomiga nomunosib, uni salbiy jihatdan ko‘rsatadigan 
belgi; kamchilik, illat, qusur, ayb; 3) hayvonlarni bog‘lash yoki qantarib qo‘yish 
uchun xizmat qiladigan, uchi suvliqqa yoki boshvoqqa biriktiriladigan uzun tasma yoki 
chizimcha; boshqarish vositasi
4) o ‘z bilim i, aqli, farosati bilan tegishlicha ish tutish qobiliyati; fahm, farosat; 5) 
birovdan bir narsa undirish hissi, o‘ziniki qilish, olishga bo'lgan intilish; umidvorlik, 
umid, ilinj; 6) kami yo‘q, to ‘liq, but; 7) aqliy jihatdan to ‘la rivojlangan, kamolotga 
erishgan; yetuk, barkamol; 8) musulmonlar jamoasi va musulmon davlatining diniy,
ayni bir paytda dunyoviy boshlig'i.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling