8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


) aniqlashtirish uchun ajratilgan bo‘laklar


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

2) aniqlashtirish uchun ajratilgan bo‘laklar 
1. Darvoqe, o‘tgan har bir lahza asli tarix, adabiyot esa, asosan, kechgan voqelik
— hodisalar tasviri bilan ish ko‘radi. –aniqlashtirish. 2. Ammo muallif bunda
o‘tmish umr sog‘inchi yoxud odatdagi qo‘msov — nostalgiyani maqsad qilgan
emas, boshqa dard, muddaolar ham borki,-ta`kid kitobni o‘qiganda anglaysiz. 3.
Dastlabgisi — elektron pochta orqali kelgan maktub Ravshan Akobirovdan edi. 4.
Otdoshing — Farhod maktabni bitiray deb qoldi, Londonga borib o‘qimoqchi, 
pasport olishi kerak. 5. Fikrni bir joyga jamlashga, ko‘p yillar burun kechgan
o‘sha voqealarni birma-bir nazardan o‘tkazib, qay o‘rinda yoshlik qilgani —
xatoga yo‘l qo‘y- ganini anglab yetishga kuch topolmayotir. 6. Atay sheriklaridan
qochib orqadagi bo‘sh o‘rindiqqa o‘tib olgan safar guruhining rahbari — san’at
arbobi Farhod Ramazonaf’atan bezovtalandi. 7. Ertaga kinofestivalda namoyish
etilajak filmdagi bosh qahramon — «qizlarning qorovuli» ham shu. 8. Bir nimalar
yozib tashlagisi keladi, ammo kunduzgi horg‘inlikmi, allaqanday qo‘rquv —
jur’atsizlikmi
qo‘lini chandib, o'rnidan qo‘zg‘atmay qo‘yadi. 
174-mashq. Gaplarni o‘qing. Tushirib qoldirilgan tinish belgilarini qo‘yib
uyushiq va ajratilgan bo‘lakli gaplarni ikki guruhga ajrating, tartib
raqamlari asosida jadvalga tushiring. 
1. Lablari tabassum bilan ochilib, uning ichki sirini ... bu she’rni yaxshi bilishini
va yoqtirishini sezdirib qo‘ydi.2. Mamlakat to‘la qiz, tangri mening peshonamga
birorta oqila-yu fozilasini bitmagani g‘alati! 3. Axir... Hamida Humoyunning go‘zal 
xotini Века begimni... olti yashar qiz- chasi Aqiqani ko‘rgan. 4. Agrada Hindol
mirzoga otasidan qolgan to‘rt bog‘ning bittasi ... mana shu Zarafshon berilgan edi.
5. Chunki uning bilishicha, Kabir dahshatli bir jodugar kofir bo‘lgan, el-ulusni


yo‘ldan ozdirib... dindan chiqargan, shuning uchun Iskandar Lodi degan podsho 
Kabirning bo ‘yniga tosh bog‘latib, Gang daryosiga cho‘ktirishni buyurgan. 6. To
shahar hokimi ... qutvol bundan xabar topib, ikki yuz navkari bilan yetib
kelguncha va qirg‘inni to‘xtatguncha ikki tomondan o‘n yetti kishi halok bo‘ladi,
yetmish-sakson odam yaralanadi. 7. Humo- yun mirzo kemaning yuqorigi qavatida
tillakori tolorda yasanib... jozibaga to‘lib o ‘ltirishini, Nizom esa pastdagi tor joyda
o‘n oltita eshkakchining orasida terlab-pishib eshkak eshishini ko‘z oldiga keltirdi.
8. Harakatlanib borayotgan ko‘shk ichida yolg‘iz o‘tirgan Humoyunning peshonasi
ustida ... sallasining old tomonida Ko‘hinur olmosi yaraqlab ko‘zni qamashtirgudek
bo‘ladi. 9. Humoyun bu gavharni yilda bir marta ... Navro‘z paytida
peshonasiga qadab el-ulusga ko‘rinish beradi. 10. Faqat bir joyda ellik-oltmishta
yosh-yalanglar bir-birini itarib... surib qo‘riqchilar zanjirini xiyobon ichiga egib
kirgiza
boshladi. 
E. A ’zam. «Shovqin» 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling