8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar


-dars  MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/125
Sana15.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1477410
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI

94-dars 
MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH 
192-topshiriq Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. 
BERUNIYNING DAM OLISH KUNLARI 
Beruniy yiliga ikki martagina dam olar ekan. Birinchisi — Navro‘zi olam
kirgan kuni, ikkinchisi — bug‘doyga o‘roq tushganda... Dillarni xushnud etib
Navro‘zi olam
yetib kelgan kuni erta tongdanoq o ‘rinlaridan turib, yuvinib-taranib, yaxshi
liboslarini kiyib, qarindosh- urug‘larni, keyin yor-u birodarlarni ziyorat qilib,
holidan xabar olar ekanlar, ular bilan birga boiib suhbatlashar, hazil-mutoyiba qilar,
askiyalar aytishar ekanlar. Keyin to qosh qorayguncha qo‘sh qo‘shishar, yerga
birinchi omoch
solishda qatnashar, nihol ekisharkan... Hol-ahvol so‘raganlarga: «Dam olib, hayot
lazzatini totib ko‘rmoqdaman», — deb javob berar ekanlar. Boshoqqa birinchi
o‘roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib, qo‘llariga o‘roq tutib azondan
to kechgacha bug‘doy o‘rar ekanlar. Olimni ko‘rgan-ketganlar bilan: «Horma, bor
bo‘l», —
qilishsa ham: «Dam olib, rizqimni teryapman», — deb javob berar ekanlar.
Qarang-a, ulug‘ alloma mutolaa, kitob yozish, tajriba o‘tkazishdan yiliga ikki kun
vaqt ajratibazondan to kechgacha qo‘sh qo‘shib, shudgor qilishni, o‘roq o‘rishni
o‘zi uchun dam olish deb bilar ekan.Ha, Beruniy: «Bir daqiqa vaqtni behuda
o'tkazganim,
halok bo‘lganim», — der ekan. 
193-topshiriq. Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini 
aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chirib yozing va eslab qoling: 
1) muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib sig‘inish; hurmat yoki rasmiyat 
yuzasidan tabarruk kishilar huzuriga tashrif buyurib, holidan xabar olish; 2) ulov
qo‘shib yer haydaladigan, m etall tishli qadimgi eng oddiy yog‘och yoki temir asbob.
193-topshiriq. : 
1) muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib sig‘inish;
hurmat yoki rasmiyat yuzasidan tabarruk kishilar huzuriga tashrif buyurib, holidan 
xabar
olish; -ziyorat qilish
2) ulov qo‘shib yer haydaladigan, metall tishli qadimgi eng oddiy yog‘och yoki temir 
asbob.-qo`sh qo`shish 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling