8-sinf ona tili darsligidagi mashqlar, matnlar, lug`atlar
Fozila- ilm-fan asoslarini yaxshi egallagan ayol; olima
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
8-Sinf O\'QITUVCHI KITOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ko ‘shk- qadimda baland, bahavo qilib solingan yengil imorat mehrob - masjid ichida uning qibla tomonidagi devorida taxmon shaklida
Fozila- ilm-fan asoslarini yaxshi egallagan ayol; olima;
Kutval- shar hokimi Navkar- o'tm ishda harbiy xizmatkor, askar; Tolor- yog'och yoki yengil metall panjaradan qilingan ayvon; Eshkakchi- odam va yuklarni daryodan o'tkazishni o ‘ziga kasb qilib olgan kishi; qayiqchi ko ‘shk- qadimda baland, bahavo qilib solingan yengil imorat mehrob - masjid ichida uning qibla tomonidagi devorida taxmon shaklida qurilgan joy (namoz shu tomonga qarab o‘qiladi chodir –matodan vaqtincha yashash uchun tiklangan qo`nalg`a haram-xon, amir saroylarida xon uchun tegishli xonadon ayollari isti`omat qiladigan joy 89—90-darslar. NAZORAT ISHI VA TAHLILI 91-dars KIRITMALAR (KIRISH SO‘Z) 184-topsh: Berilgan gaplarda ajratilgan so‘zlar qanday vazifa bajarib kelayotgani, qanday ma’no ifodalashi va qaysi turkumga mansubligini aniqlang. 1. Asli qiyofangni ko‘rsatishdan qo‘rqishing, demak, o‘zingdan nafratlanishingni bildiradi. (J.Massiyon) 2. Ko‘pdan ko‘p baxtsizliklarning ildizi shundaki, yoshlikdanoq bolani o‘z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin, bunisini, albatta, qilish kerak, buni qilish esa mumkin emas, degan tushunchalarga to ‘g‘ri yondashishga o‘rgatilmaydi. (V.Suxom linskiy) 3. Mehnat ijodga aylangan joyda, tabiiyki, o‘lim dahshati, hatto, fiziologik jihatdan ham yo‘q bo‘lib ketadi. (A.Tolstoy) 4. Sernuqsonlik, shubhasiz, yomon, ammo undan ham yomonrog‘i, o‘zingda ularni tan olmaslik istagi, bunda mazkur nuqsonlarga o‘z- o‘zini aldash ham qo‘shiladi. (Paskal) 5. Izzattalablik o‘z holicha, ehtimol, nuqsondir, biroq u ko‘p hollarda qadr- qimmat manbayidir. (Kvintilian) 6. Safsata va quruq gap, haqiqatan ham, nafratga loyiq. Gapdan ko‘ra ish qilish kerak. (V.Suxomlinskiy) 176-mashq Berilgan gaplardagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarinio‘rniga qo‘yib ko‘chiring. 1. Aqlli bo‘lsang, johil va nodondan hazar qil. Aqalli biroz bilimi bor kishi ulardan, ,albatta, yuz chaqirim uzoqlashadi. (Majididdin Xavofiy) 2. Aqalli bir mushukka bo‘lsang mehribon, demak, salomatdir sendagi iymon. (Xusrav Dehlaviy) 3. Qo‘y tamani, bor esa senda tamiz, shubhasiz el ichra bo‘lg‘aysan aziz. (Farididdin Attor) 4. Agar adolat himoya qilinmasa, zaif va kuchli odamlar yo‘qolib ketadi. Modomiki zaiflar qirilib ketar ekan, kuchlilar ham omon qolmaydi. (Husayn Voiz Koshifiy) 5. Birovga sog‘insa har kim yomonlik, nihoyat ul o ‘zi topmas omonlik. (Abulqosim Firdavsiy) Bilib oling Yuqoridagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan qismlar kiritma deyiladi. Kiritma gapning, xususan, matnning umumiy mazmuniga daxldor bo‘lsa-da, gapdagi biror bo‘lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirmaydi, shuning uchun ular gapdagi boshqa bo‘laklardan yozuvda vergul, tire, ba’zan qavslar bilan, talaffuzda esa kichik to ‘xtamlar bilan ajratiladi. 185-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring. Kiritmalar qanday ma’no anglatayotganini aniqlang. 1. Iqtidorli odamlar bilan tenglashmoqchi bo‘lganlar hech nimaga erisha olmaydilar, aksincha,-inkor- ularning noshudligi boshqalarning kulgisini keltiradi. 2. Ha, shunday odamlar borki, ular o‘z foydalarini ko‘zlab, har qanday yolg‘on- yashiq gaplarni qasam ichib tasdiqlashdan ham toymaydilar. 3. Shuningdek, aqli raso odam ham bir ishni boshlashdan oldin uning oqibati qanday tugashi haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. 4. Demak, bu bilan masal aqlning teranligi jismning ko‘rkamligidan afzal ekanligini bildiradi. 5. Ta’kidlanishicha, kuch-qudratdan ko‘ra e’tiqod salmoqli samara berarkan. 6. Maqtanchoqlik dardiga uchragan odam ham ba’zida bu dardidan xabardor bo‘lgan do‘stlari oldida maqtana boshlaydi va ularga kulgi bo‘ladi, albatta. «Ezop masallari» Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling